SAHOBALARDAN BIRONTASINI HAQORAT QILISH
Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh
taolo: «Kimki Mening do‘stimga dushmanlik qilsa, unga qarshi urush e’lon qildim»,
dedi», deganlar» (Buxoriy rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sahobalarimdan birontasini ham so‘kmanglar.
Zero, sizlardan biron kishi Uhud tog‘icha tillo ehson qilsa ham, ulardan birining (ehson
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
154
qilgan) muddiga (o‘lchov birligi), uning yarmiga ham yetmaydi», deganlar (Muttafaqun
alayh).
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan: «Sahoblarim xususida Allohdan qo‘rqinglar.
Mendan keyin ularni (so‘kish va haqorat qilish uchun) nishon qilib olmanglar. Kimki
ularni yaxshi ko‘rsa, meni yaxshi ko‘rgani uchun yaxshi ko‘ribdi. Kimki ularni yomon
ko‘rsa, meni yomon ko‘rgani uchun yomon ko‘ribdi. Kimki ularga ozor bersa, batahqiq,
menga ozor beribdi. Kimki menga ozor bersa, batahqiq, Allohga ozor beribdi. Kimki
Allohga ozor bersa, hech qancha vaqt o‘tmay, uni Alloh jazolaydi», dedilar (Termiziy
rivoyati).
Mazkur hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalarni so‘kish, haqorat qilish
va ularga ozor berishdan qattiq qaytarganlar hamda ularni yaxshi ko‘rish o‘zlarini yaxshi
ko‘rishning, shuningdek, ularni yomon ko‘rish o‘zlarini yomon ko‘rishning alomati ekanini
bayon qilganlar. Bu narsa sahobalarning fazilatlari va darajalarining naqadar ulug‘
ekanligini ko‘rsatib beradi.
Boshqa bir sahih hadisda esa: «Ansorlarni yaxshi ko‘rish – iymon alomati, ularni yomon
ko‘rish – munofiqlik alomati», deyilgan (Buxoriy, Muslim, Nasoiy rivoyati).
Buning sababi ansorlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qo‘l ostilarida Allohning
dushmanlariga qarshi jihod qilganlari va din uchun jonkuyar bo‘lganlaridir.
Shuningdek, Ali roziyallohu anhuni yaxshi ko‘rish yaxshilik alomati, u zotni yomon
ko‘rish munofiqlik alomatidir. Imom Muslim Ali roziyallohu anhuning bunday deganlarini
rivoyat qilgan: «Urug‘ni yorib chiqargan, jonni yaratgan Zotga qasamki, ummiy
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam meni faqatgina iymonli kishi yaxshi ko‘rishini va
meni faqatgina munofiq kimsa yomon ko‘rishini menga bildirganlar».
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bu gapni agar Ali roziyallohu anhu haqida aytgan
bo‘lsalar, Abu Bakr roziyallohu anhu bu martabaga Alidan ko‘ra loyiqroq va
haqdorroqdir. Chunki Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu payg‘ambarlardan keyingi eng
afzal insondirlar. Umar va Ali roziyallohu anhumolar biron kishini Abu Bakrdan afzal deb
bilgan kimsaga tuhmatchiga beriladigan jazo qo‘llanadi, ya’ni, darra uriladi, deganlar.
Sahobalarning hayot yo‘llari, turmush tarzlari bilan yaqinroq tanishgan inson ularning
nima sababdan bu darajalarga yetganini anglaydi. Ular Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam hayotlik chog‘larida ham, vafot etganlaridan keyin ham iymonga shoshilishdi –
intilishdi, kofirlarga qarshi jihod qilishdi, dinni yoyib, Islom marosimlarini zohir etishdi,
Alloh va Rasulining kalimasini oliy qilib, farz va sunnatlarini ta’lim berishdi. Agar ular
bo‘lmaganida dinning asli-yu, tarmoqlari bizga yetib kelmagan, farzlaru sunnatlar,
hadislaru xabarlardan birontasini bilmagan bo‘lardik.
Kimki sahobalarni yomon otliq qilsa yoki haqorat etsa, u dindan chiqib, islom millatidan
yuz o‘girgan bo‘ladi. Chunki ularni yomon otliq qilgan kimsa o‘zini ularga teng deb
bilgan, ularga nisbatan dilida kek saqlagan va Alloh taolo Kitobida ularni maqtab, suyib
zikr qilgan martabalari, fazilatlarini inkor qilgan bo‘ladi. Zero, ular dinni yetkazishga,
vositachilik qilishga eng munosib, eng haqli zotlar edilar (Alloh ulardan rozi bo‘lsin).
Ularga ta’na qilish dinga ta’na qilish, ularni mensimaslik dinni mensimaslik bilan
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy
Do'stlaringiz bilan baham: |