www.ziyouz.com kutubxonasi
88
Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
aytdilar: «Mo‘minlarning iymoni eng mukammali xulqi go‘zalroq bo‘lganidir.
Yaxshilaringiz xotinlariga yaxshi bo‘lganlaringizdir» (Termiziy, Ibn Hibbon rivoyati).
Asarda kelganki: «Qaysi erkak xotinining yomon xulqiga sabr qilsa, Alloh unga Ayyubga
(a.s.) balolari evaziga berilgan miqdorda ajr beradi. Qaysi ayol erining yomon xulqiga
sabr qilsa, Alloh unga Fir’avn xotini Osiyo binti Muzoximga berilgan miqdorda ajr
beradi».
Rivoyat qilishlaricha, bir kishi Umar ibn Xattob roziyallohu anhuga xotinining xulqi
yomonligidan shikoyat qilish uchun keldi. Umarning eshigi yoniga kelib, chiqishini kutib
turdi. Shu payt Umarga xotini qattiq-qattiq gapirayotganini eshitdi. U kishi esa hech bir
so‘z qaytarmay, jim turardi. Haligi kishi: «Amiral mo‘minin bo‘laturib, yana shunchalik
shiddati va salobati bilan Umarning holi shu bo‘lsa, mening ahvolim nima bo‘lardi?» deb
iziga qaytdi. Shu vaqt Hazrati Umar uyidan chiqdilar va haligi kishining qaytib
ketayotganini ko‘rib yoniga chorladilar-da: «Nima ehtiyojing bor?» deb so‘radilar. U «Ey
amiral mo‘minin, xotinimning xulqi yomonligidan, tili uzunligidan sizga shikoyat qilish
uchun kelgan edim. Qarasam, sizning xotiningiz ham shunday ekan. O‘zimcha, amiral
mo‘mininning holi shu bo‘lsa, mening ahvolim nima bo‘lardi, dedim», deya javob berdi.
Shunda Umar: «Ey birodar, xotinimning menda bir qancha haqlari bo‘lgani bois bu
qilig‘iga sabr qildim. Zero, u ovqatimni pishiradi, nonimni yopadi, kiyimlarimni yuvadi,
bolamni emizadi. Holbuki, bularning barchasi ham unga vojib emas. U sababli qalbim
taskin topadi, haromdan saqlanaman. Shu bois sabr qildim», dedilar. U: «Ey amiral
mo‘minin, mening xotinim ham shunday», degan edi, Umar roziyallohu anhu: «Ey
birodar, sabr qil. Bu ozgina muddat, xolos», dedilar.
Hikoyat
Hikoya qilishlaricha, bir solih kishining Alloh yo‘lida solih do‘sti bo‘lib, uni har yili bir
marta ziyorat qilar edi. Bir kuni birodarini ziyorat qilish uchun kelib, eshigini taqillatdi.
Xotini: «Kim?» deb so‘radi. U: «Eringning Alloh yo‘lidagi birodariman. Uni ziyorat qilish
uchun keldim», dedi. Shunda xotini: «O‘tin terishga ketgandi. Alloh uni sog‘
qaytarmasin, salomat qilmasin, undoq qilsin, bundoq qilsin», deya qarg‘ay ketdi. U kishi
eshik oldida turgan vaqtda tog‘ tarafdan birodari sherga bir quchoq o‘tin ortib kelib
qoldi. Birodari bilan salomlashib, xush kelibsiz deb, o‘tinni ichkariga kirgizdi-da, sherga:
«Barakalloh, endi boraqol», dedi So‘ng birodarini ichkariga taklif qildi. Xotini hanuz
qarg‘anar, tili bilan ozor berar, eri esa bir so‘z qaytarmay, sukut saqlar edi. Solih kishi
birodari bilan bir oz tamaddi qilgan bo‘ldi. So‘ng uyiga qaytdi. U birodarining shunday
bema’ni xotiniga sabr qilib yashayotganiga ajablangan edi.
Oradan bir yil o‘tgach, u kishi odatiga binoan, birodarini ziyorat qilish uchun kelib
eshigini taqillatdi. Xotini: «Kim?» dedi. U: «Eringizning Alloh yo‘lidagi birodari,
falonchiman», degan edi, xotini: «Marhabo, xush kelibsiz. O‘tira turing, u kishi,
inshaalloh, sog‘-salomat kelib qoladilar», dedi. Kishi xotinining shirinsuxan va
odobliligidan ajablandi. Shu payt birodari o‘tin orqalab kelib qoldi. Kishi bundan ham
hayratga tushdi. Birodari kelib u bilan salomlashib, ichkariga taklif qildi. Xotini ularga
taom hozirladi va ularni shirinsuxanlik bilan taomga taklif qildi. Kishi ketishi oldidan
birodariga: «Sizdan bir narsa so‘ramoqchi edim», dedi. Birodari: «Nima?» degan edi, u
kishi: «O‘tgan yili kelganimda xotiningiz beodob, ko‘p qarg‘anar edi, siz esa o‘tinni
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy
Do'stlaringiz bilan baham: |