Microsoft Word fargona kelini ziyouz com doc



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/151
Sana13.07.2022
Hajmi0,55 Mb.
#792868
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   151
Bog'liq
fargona kelini roman. jorjiy zaydon

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
65
ham, bunday nozik fikrlay olmasdi. Bir kishi ayni vaqtda ham qahramon, ham o‘tkir fikrli 
bo‘lishi juda kam uchraydi. 
Xalifa bu fikrga e’tiroz bildirdi: 
— Qozi, bu eronlik yoki ushrusanalikning kuchiga ortiqcha baho beryapti, undan 
qo‘rqyapti. Askarlarimiz ichida ulug‘ sarkardalar borligini bu kishi unutganga o‘xshaydi. 
Ularning har biri o‘z kishilari va qurol-yarog‘i bilan davlatimizni himoya qilishga qodir. 
— Xalifamiz rost aytyaptilar. Chindan ham farmonlarida Ashnos, Itox, Bag‘o, Sumo va 
boshqa bahodirlar bor. Lekin ular oddiy xalqdan chiqqan, ularning birortasi ham askarlar 
ichida Afshindek nufuzga ega emas. U o‘zining behisob xalqi orasida qancha hokimiyatga 
ega ekanligini hozir eshitib turibmiz. Agar biz uni xafa qilsak, yuqorida zikr etgan 
kishilarimiz uning o‘rnini bosishga ojizlik qilib qolar. Bobakning qarshi chiqishi o‘rtaga 
suqilmasa, biz na Afshinning, na boshqalarning kuch-qudratini pisand etmagan bo‘lardik. 
Siz xalifam, shijoatli va tadbirkor kishisiz. Tangri sizni xalifalik bilan siylaydi. Binobarin
hiylakorlik yoki sabrpeshalikka yurmaysiz. Ammo hadisda: «Urush hiylakorlik — 
makrdan iboratdir», deyilgan. Mening ra’yim shu. Yana hamma ish o‘z ixtiyoringizda. 
Hamma a’yonlar qatori men ham sizning irodangizga bo‘ysunaman. Sizga itoat etish 
yo‘lida qonimizni ham, jonimizni ham ayamaymiz. 
Xalifa: «Qozining so‘zlariga nima deysan», degandek Zirg‘omga qaradi. Zirg‘om: «Men 
qozining gaplarini qaytarishga botinmayman. Yaxshi siyosat bobida u kishi o‘ylagan 
fikrlarni men xayolimga keltirishdan ojizman. Mening javobimni o‘zingiz eshitdingiz. Men 
qilichbozman, binobarin, farmoningizni tugal bajarish burchimdir. Xoh Ozarbayjonga
xoh Turkistonga, xoh Armanistonga qo‘shin tortishga amr qilsangiz, butun kuch-
qudratimni, g‘ayrat-shijoatimni sarflab otlanaman. Ammo qozining andishalari, bergan 
maslahatlari ancha ma’qul. Shunday bo‘lsa ham xalifamizning oliy tadbir va ra’ylariga 
itoat etamiz», — dedi. 
— Ikki ish sababli ikkalangizdan maslahat so‘radim,— dedi xalifa, — birinchisi, 
Afshinning yetib kelishi yaqin qolgani to‘g‘risidagi xabar, ikkinchisi esa Armanistondan 
kelgan ayg‘oqchimizning so‘ziga ko‘ra, la’nati Bobakning kuchayib borayotgani va biz 
tomonga qo‘shin tortishi ham ehtimoldan uzoq emasligi masalasidir. Bobakning kelishini 
beparvo kutib o‘tira olmaymiz. 
Qozi unga dalda berdi: 
— Bobak mamlakatimizga qadam bosishga jur’at qilishiga sira aqlim bovar qilmaydi. O‘zi 
«xalifa bizning ustimizga qo‘shin tortib kelib qolmasmikin» degan xavotirda. Menimcha, 
hozir Afshinni yaxshilab kutib olish, undan keragicha foydalanib qolmoq uchun «sen 
yaxshi», deb turish kerak. 
* * * 
Ular shu suhbatda ekan, asr namoziga aytilayotgan azon tovushi eshitildi. Xalifa o‘rnidan 
turishga otlanib, qo‘lini qo‘liga urib, xojibni chaqirdi-da: «Xalifa asr namozini o‘qish 
uchun masjidi jomega kelarmishlar» deb jamoatga xabar qilib qo‘yishini buyurdi. 
Zirg‘om ham, qozi ham xalifa bilan o‘sha masjidga borishi lozim bo‘ldi. Bu masjidni xalifa 
Mu’tasimning o‘zi bino qildirgan. U shu qadar mustahkam qurilgandiki, islom 
mamlakatlarida yagona edi. Uning devor va mehrobi oynavandlik qilib ishlangan bo‘lib, 
mehrobda turib namoz o‘qiydigan kishi tashqaridan masjidga kirib kelayotganlarni 
bemalol ko‘ra olardi. Masjid xalifaning qasriga yaqin bo‘lgani uchun u namozni ko‘pincha 
shu yerda o‘qirdi. Xalifa o‘rnidan qo‘zg‘alayotganda qozi bilan Zirg‘om uylariga borib 
tahorat olib kelishga ruxsat so‘rab, tashqari chiqishdi. 


Farg‘ona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish