www.ziyouz.com
kutubxonasi
60
— Xojamning ko‘rsatgan iltifotlari uchun tashakkur aytishga tilim ojizdir.
— Hali shuni iltifot deb hisoblaydigan bo‘lsang, kelajakda sen uchun mo‘ljallab qo‘yilgan
haqiqiy in’omlarimga nima derkinsan?
Zirg‘om sukut etdi. Xalifa so‘zida davom etdi:
— Sen hali uylanmaganingni va onang bilan birga istiqomat etayotganingni bildim.
Shuning uchun bu qasr yonida maxsus bir hovlida tursanglar, deyman. Sening uylanish
vaqting ham yetib qolibdi, ha, shunday emasmi?
Zirg‘om odob bilan boshini yerga solib turarkan:
— Xojam o‘zlari biladilar, — dedi.
— Men senga g‘oyatda chiroyli, ziyrak bir turkiy cho‘rini mo‘jallab qo‘ydim. Bundan bir
yildan ziyodroq men uni bu Zirg‘omga loyiq qiz ekan, deb ko‘nglimdan o‘tkazib
qo‘ygandim.
Xalifadan bu gapni eshitgan Zirg‘om barmog‘ini tishlab qoldi. Chunki uning ko‘nglida
butunlay boshqa sevgi chechak yozgan edi. U Jahonni sevgan, undan boshqaga ko‘ngil
berishni aslo istamasdi. U xalifaga qarshi chiqishdan ham, uning taklifini qabul qilishdan
ham ojiz edi. U nima deyishini bilmay, gangib jim turib qoldi.
O‘z taklifidan Zirg‘omning tortinishini hech o‘ylamagan xalifa uning xayolga cho‘mib
turganini ko‘rib so‘radi:
— Nega indamaysan? Yoki mening taklifim ma’qul tushmadimi?
— Yo‘q, aslo! Amiralmo‘’mininning soyai panohlarida istiqomat etish men uchun eng
yuqori istak-ku axir! — Lekin Zirg‘om uylanish ustida gap ochmadi. «Uyalib buni
aytmagandir», deb o‘ylagan xalifa:
— Ha, uylanish-chi, balki sen boshqa kishilardek emasdirsan? Askarlarim ichida
uylanishni istamaydigan biror odam yo‘q-ku. Shuning uchun ham men Turkistondan
cho‘rilar sotib olib kelishga kishilar yubordim. Men turklarni Bag‘dod yoki boshqa yerdagi
kishilarga aralashib, ersifat bo‘lib ketishlarini istamayman. Yoki bu safar olib kelingan
cho‘rilardan birortasiga uylanish niyating bormi? Lekin har qancha o‘ringaningda ham
butun Turkistonda men tanlagan qizdan chiroylirog‘ini topa olmaysan. Uning menga
ma’qul bo‘lgani bejiz emasdir, albatta. Uning tengsiz husnini ko‘rgan qo‘mondonlarim
yo‘lida jon fido qilishmoqda, lekin men qizni ulardan birontasiga ham berdirmay, faqat
senga ravo ko‘rdim.
Zirg‘om va xalifaning taklifini qabul qilishga, na ko‘nglidagi fikrini ochiq-oydin aytishga
yo‘l topolmay qoldi. Shunday bo‘lsa ham o‘zini dadil tutib, dedi:
— Hozir biz urush holati yoki unga tayyorgarlik ko‘rish paytidamiz. Shu vazifadan
bo‘shagach, amiralmo‘mininning amr-farmonlaridaman.
Mu’tasim qanoat hosil qilganday bo‘ldi. Zirg‘omning urushga tayyorlanayotgani unga
ma’qul tushdi:
— Xo‘p, mayli, biz urush holatidamiz. Lekin sen mening qasrimdan qimirlamasligining
kerak. Borib onang va ro‘zg‘orlaringni bu yerga oldirib kel, shu bugundan boshlab
noming «Sohib» bo‘lganini onangga aytib qo‘y. Men saroydagi maxsus kishilarimga,
qo‘mondonlarimga va arkoni davlatga bu xususda shipshitib qo‘yaman.
Xalifa o‘rnidan qo‘zg‘oldi. Zirg‘om ham turishga otlandi:
— Bo‘lmasa, farmoningizni volidamga yetkazish uchun uyga borishga ijozat bersangiz.
— Mayli, istasang, bor! Xodima shu bugunning o‘zida sizlar uchun joy tayyorlab qo‘yadi.
Zirg‘om ta’zim qilib, orqasi bilan yurib, xalifaning oldidan chiqdi. U eshikka chiqib, otni
olib kelish uchun Vardonga kishi yubordi. Zirg‘om xayolga cho‘mganicha Vardon bilan
otga minib, uy tomon jo‘nadi. Xalifaga yoqib qolgani va o‘zi bilan birga istiqomat etishiga
taklif etgani uchun u har qancha mamnun bo‘lsa ham, uylanish ustidagi gapidan hayron
Farg‘ona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Do'stlaringiz bilan baham: |