www.ziyouz.com
kutubxonasi
64
— Ey Sohib, Armanistondagi o‘sha majusiy to‘g‘risida kelgan xabarlarni biz qozi bilan
muhokama qilayotgan edik.
Xalifa Ardabildagi davlat boshlig‘i Bobak al-Xurramiyni ko‘zda tutayotganini sezgan.
Zirg‘om: «Bu odam biror voqea sodir qildimi?» — deb so‘radi. Uning xalifa bilan tuzilgan
bitimni buzganidan, musulmon askarlari bilan o‘rtalarida yuz bergan voqealardan va
Bobakni qo‘lga tushira olmaganlari tufayli uning ishi avj olib ketganidan Zirg‘om
xabardor edi. Qozi gapga aralashdi:
— Bobak al-Xurramiyning Armanistonda xalifaga itoat etmagani, u goh Afshin
askarlarini, goh boshqalarni xalifaga qarshi gijgijlatgani sizga ayon. Biz bilan Armaniston
orasi olis, urush ba’zan bizning foydamizga, ba’zan uning foydasiga hal bo‘lib kelmoqda.
Bobak u yerda mustahkam o‘rnashib olgan. Xalifa esa... — u jim bo‘lib Mu’tasimga
qaradi. Mu’tasim uning so‘ziga qo‘shimcha qildi:
— Ey Sohib, Afshindan ko‘nglim to‘q emasligini, undan qanday qutulishga hayronligimni
senga aytgan edim. Sen uni o‘z yurti, o‘z fuqarosi, qavm-qarindoshi, urug‘-aymoqlari
ichida ko‘rding. Xo‘sh, uning xususida qanday mulohazaga kelding?
— Afshin u yurtlarda katta hukmdor. Uni yo‘lboshchi deb hisoblashar, shahanshoh deb
atasharkan, qay bir kishilar uni «xudolar xudosi» deb yuborishdan ham toymas ekan. U
musulmon diniga kirishdan avval shunday nomga ega bo‘lgan ekan. Hozir u «xudolar
xudosi» deb atalishini istamasa kerak. Ey xalifam, u shu qadar katta nufuzga egaki, bir
marta xitob qilsa, son-sanoqsiz kishilari uning chaqirig‘iga tayyor bo‘ladi. Xalifa istasalar,
uni vazifasidan bekor qila oladilar. Meni uning o‘rniga tayinlamoqchi bo‘lsalar,
xizmatlarida qonimni ham, jonimni ham ayamayman. Men o‘zimni Afshindan qudratliroq
deb o‘ylamayman, lekin xalifaning sodiq qullariman. Qaysi xizmatga munosib ko‘rsalar,
men tayyorman, tangrining o‘zi madadkor bo‘lsin.
Qozi Mu’tasimga qarab:
— Sohib o‘z sadoqatini va davlat xizmatiga fidokorligini ochiq aytyapti. Bunday
o‘zgarishlardan kelib chiqadigan xatarli natijaga, albatta, uning idroki yetadi. Men Afshin
yoki boshqa biror kishi bizning fikrlarimizdan voqif bo‘lmasligini lozim ko‘rardim. Agar
ijozat bersangiz, menda bir mulohaza bor, shuni o‘rtaga tashlasam, balki biror manfaati
tegib qolsa ajab emas.
— Qani, eshitaylik, — dedi-da, xalifa Zirg‘omga qaradi: — Men qozini vazir va
maslahatchilarim maqomida hisoblayman. Vazirlarim va xos kishilarim ko‘p, lekin
ulardan bittasiga ham qozichalik ishona olmayman. Gapiring, qozi afandi!
— Afshin o‘z yurtida podshoh, uning askar va yordamchilari yetarli. U sizga faqat mol-
mulk orttirish, boyish maqsadida xizmat qilyapti. Ba’zilarning aytishicha, uning
musulmonlarga xizmati faqat mol-mulki uchun, o‘z holiga qo‘yilsa, albatta, Bobak bilan
birlashib, biz musulmonlarga qarshi jang qiladi. Bordi-yu, uning musulmon bo‘lgani rost
bo‘lsa ham, har qalay sinalmagan-da. Biz unga qattiqqo‘llik qilsak, to‘nini teskari kiyib
olsa ajab emas. Bobak bilan bir yoqadan bosh chiqargudek bo‘lsa, o‘zingizga ma’lum, biz
uchun ancha xatarli ish bo‘ladi. Menimcha, uni aldashimiz, «sen davlatimiz uchun eng
ishonchli kishisan», deb ishontirishimiz, istaganicha pul-mol berib, o‘zini va askarlarini
sotib olishimiz va Armanistondagi o‘sha majusiyga qarshi urushga solishimiz kerak.
Yengib chiqsa, Bobakdan qutulgan bo‘lamiz. Shundan keyin Afshinning xoinligi xalifaga
ochiq-oydin ayon bo‘lsa, jazosini berish hech gap emas. Chunki u yakkalanib,
suyanchig‘i qolmagan bo‘ladi. Agar uning bizga chin ko‘ngildan xizmat qilayotgani
aniqlansa, u vaqtda tegishli hurmat ko‘raveradi.
Qozining so‘zini eshitgach, Zirg‘om uning fikri oqilona fikr ekanligiga ishonch hosil qildi.
Zirg‘omning o‘ziga qolsa, u bunday hukm chiqara olmasdi, chunki u qahramon bo‘lsa
Farg‘ona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Do'stlaringiz bilan baham: |