www.ziyouz.com
kutubxonasi
57
— ovchilarga ayt, sherni anavi qafasga olib kelishsin», — dedi. Keyin boqchaning bir
tomonidagi hayvonlar turadigan joyga qarab yurdi. Yonida Zirg‘om. U bilan so‘zlashib
bora turib, xalifa safari to‘g‘risida gap ochdi: «Bu safardan bizning istagimizni yaxshilab
bajarib kelgan bo‘lsang kerak, albatta». — Xojamning farmoyishlarini bosh ustiga oldim,
u kishining madadi bizga yor bo‘ldi. Cho‘rilarni sotib oldik.
Xalifa uning gapini bo‘ldi:
— O‘zing sotib oldingmi?
— Yo‘q, mening oldi-sotdi ishlarda uquvim kamroq. Lekin kerakli cho‘rilarni sotib olishda
kishilarga ko‘maklashdim. Yaqinda ular bu yerga yetib kelib qolishadi. Men
farmoningizga muvofiq tezroq, ulardan oldinroq jo‘nayverdim.
Zirg‘omning so‘zini eshitib Mu’tasimning chehrasida boshqa bir holat ro‘y berdi, boshini
yerga egdi. Keyin u: «Mayli, bu haqda bafurja so‘zlasharmiz», — dedi-da, boqchaning
eshigiga ko‘z tashladi. Xalifaning chakkasidagi taram-taram tomirlariga qon yugurdi.
Zirg‘omga imlab, xodachalar ustiga qo‘yilgan temir qafasni ko‘tarib kelayotgan kishilarni
ko‘rsatdi. Qafas ichida ko‘zidan o‘t chaqnab bahaybat bir sher turardi. Yirtqich
hayvonning shijoati Zirg‘omga allanechuk ko‘rindi-yu, xayoliga bir narsa kelgandek
yuragi o‘ynab, qovoqlarini chimirdi.
Xalifa tik qarab turardi. Qafas ko‘targanlar yaqinlashishi bilan uni qo‘llaridan yerga
qo‘yishga buyurdi. Sher quloqlarni kar qilgudek baland ovozi bilan bo‘kirardi: «Sher
jarohati qattiqligidan bo‘kiryapti. Ko‘kragining tepasidan otgandim. O‘lib qolmasa edi deb
qo‘rqaman, lekin har ko‘rganda bir shodlanishim uchun o‘lmay yurishini istardim». Xalifa
shunday dedi-yu, qafas tomonga qadam tashladi. Uning hurmatini saqlab Zirg‘om
orqasidan yurdi. Sherning oldiga yetishlariga bir necha qadam qoldi.
Xalifaning qo‘lida faqat bitta o‘q yoydan bo‘lak quroli yo‘q edi, chunki kiyim-boshiga
qarab turuvchi xizmatchisi u kelgan vaqtda shundan bo‘lak hamma qurollarini yig‘ishtirib
olgan edi. Xalifa qafasga yaqin keldi-da, sherning jig‘iga tega boshladi: urmoqchi
bo‘lgandek qo‘lidagi o‘q yoyni unga o‘qtalar, sher esa bo‘kirar va tipirchilardi. Sher
ko‘kragining yuqorisidan tinmay qon oqar, qon tomchilari uning ko‘kragi va oyoqlarida
qotib qolgandi, ko‘zlariga qon to‘lgan, yumilay deb qolgan edi. Mu’tasim uni hozir o‘lib
qoladi deb o‘ylab, tegajaklik qilib, unga o‘q yoyni otgandi, u sherning naq ko‘ziga borib
tegdi. Sher jon achchig‘ida unga hamla qilaman deb bir sakragandi, boshi temir
panjaraga urildi. Uning g‘azabi yana battarroq oshib, o‘zini bilmay orqasiga qaytdi.
Mu’tasim bilan Zirg‘om xavotir ichida sherning harakatlariga qarab turishardi. Axir, u
sher emasmi? O‘lim oldida ham vahimasi bor-da.
Xalifa yonida Zirg‘om sherning shu achinarli ahvoliga rahmi kelib, tikilib turarkan, u
birdan qafasning bir chekkasini boshi bilan qattiq urib, ikkita panjarani sindirdi va u
yerdan boshini tashqari chiqarib oldi. Zirg‘om bilan xalifadan boshqa hamma bir-birini
bosib-yanchib tumtaraqay bo‘lib ketishdi. Sher «hap» etib xalifaga tashlandi-da,
tirnoqlari bilan uning bilagiga yopishdi. Uni butunisicha yutib yuborguday bo‘lib, og‘zini
katta ochdi. Mu’tasim holdan ketib, o‘zini o‘lganga chiqarib qo‘ydi. Chunki o‘zini mudofaa
qilishga va sherning changalidan qutulib chiqishiga biror chora qolmagan edi. Odamlar
bo‘lsa allaqachon hammasi chekka-chekkaga yashiringandi. Ammo Zirg‘om joyidan
siljimay sherga tashlandi, u bir qo‘li bilan sherning pastki, ikkinchi qo‘li bilan yuqori
jag‘ini yirib: «Mavlono, xizmatingizga tayyorman, xudoning amri bilan salomat
qoldingiz», — dedi. Xalifa shu onda sherning ikkala jag‘i ajrab ketganini ko‘rdi va bilagini
uning changalidan bir amallab tortib oldi. Shunga qaramay, sher Zirg‘omga hamla
qilishga urinmoqda edi. Zirg‘om yonidan xanjarini chiqarib uni sherning ko‘ksi, biqini va
qo‘ltig‘i ostiga sancha boshladi. Uning qattiq jahli chiqqanidan, butun vajohati
Farg‘ona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Do'stlaringiz bilan baham: |