www.ziyouz.com
kutubxonasi
53
Ona: «Farg‘onada uzoq turdingmi?» — deb so‘radi. U Farg‘onani tilga olishi bilan
Zirg‘omning ko‘nglida ko‘p narsalar kechdi:
«U yerda bir necha kun turdim», — dedi-da, hokimning vafot etganini unga aytish-
aytmaslikni o‘ylab, jim bo‘lib qoldi. Zirg‘omning o‘yga tolganini payqab ona:
— Ha, gapiraver, bolam, u yerda nimalar ko‘rding, nima yangiliklar bor? — dedi.
— Nima desam ekan, hammalari sizni so‘rashdi, juda yaxshi qo‘shnimiz edilar, deb
maqtashdi.
— Hokimning uy ichi tinch ekanmi? — Zirg‘om qanday javob berishini bilmasdi.
— Hokimdan boshqa hammalari yaxshi, sog‘-salomat o‘tirishibdi, ammo hokimning o‘zi
og‘ir xasta, tabiblar ham, ularning dori-darmoni ham u kishiga shifo bo‘lmayapti.
— Olamdan o‘tganga o‘xshaydilar, shunday emasmi? — dedi ona.
— Hali vafot etmagan bo‘lsalar ham, har holda o‘sal bo‘lib yotibdilar, kasallari ko‘pdan
beri davom etyapti. U kishi juda olijanob odam, sizni ko‘p hurmat bilan tilga oldilar.
— Chamamda hokimning vafot etganini aytishga tiling bormayotganga o‘xshaydi. Xudo
rahmat qilsin. Kelayotganingda bola-chaqalarining ahvoli qanday edi?
Zirg‘om onasi hokimning o‘lganini sezib qolganidan ajablanmadi, chunki uning shunday
o‘tkir sezgiga egaligini ko‘p marta tajribadan o‘tkazgandi. U Jahon to‘g‘risida so‘z
ochishga bahona qidirdi:
— Bola-chaqalari durust, ularga ko‘p mol-mulk qoldirib ketdi.
—Ehtimol, butun merosi Jahonga qolgandir?
Zirg‘om onasining Somonni yoddan chiqarganidan taajjublandi:
— Somon yodingizdan chiqdimi?
Oftob yashirib yurgan sirni o‘zi oshkor qilayotganini sezib, yuzlarida ikkilanish paydo
bo‘ldi. Ko‘zlari alang-jalang bo‘lib, boshini quyi egdi:
— Somonni unutganim yo‘g‘-a, lekin otasi uni merosdan mahrum qildimikin, deb
o‘ylayman.
Onasi bir gapni bilmay aytmasligini tushunadigan Zirg‘omning taajjubi yana oshdi:
— Bu gapni o‘zingizcha aytyapsizmi, yoki biror narsani yashiryapsizmi?
— Bordi-yu, biror narsani yashirdim deylik, agar uni senga aytish mumkin bo‘lganda,
albatta aytardim. Hozircha Somonni bir yoqqa qo‘yib, menga Jahon to‘g‘risida —
Farg‘ona malagi ustida gapir. Uning holi ne kechyapti? Men uni jonimdan ham yaxshi
ko‘raman, biram ziyrak, biram xushchaqchaqki, asti qo‘yaverasan.
Onasidan Jahonning rosa maqtovini eshitgan Zirg‘om Somon to‘g‘risida bilmoqchi
bo‘lgan gaplaridan voz kechib, onasi bilan faqat o‘z sevgilisi to‘g‘risida suhbatlashishni
ma’qul ko‘rdi:
— Jahonni so‘rasangiz arziydi, butun Farg‘ona ahli unga mahliyo. Men umrimda unaqa
qizni ko‘rmaganman, aql-idrokini, husnda tanholigini aytmaysizmi? Xudoyim sizga
qaytadan ko‘z bersa-yu, uni o‘z ko‘zingiz bilan bir ko‘rsangiz...
Jahon haqida jo‘shib-toshib gapirayotganini eshitgan ona o‘g‘lining unga bir olam
muhabbati borligini sezdi va: «Qancha maqtasang ham oz. Senga e’tiroz bildirishga sira
o‘rin yo‘q. Ey xudo, ko‘zi ochiq kishilar dunyoda istagan narsalarini ko‘rganda, men
bechora sen bilan Jahonni ko‘ra olsam nima bo‘lardi», dedi-da, bir xo‘rsinib qo‘ydi:
«Mayli, bu dunyoda baxtim shu ekan, o‘ziga ming qatla shukurki, ko‘zimning nurini
olgan bo‘lsa ham, aqlimni nurli qildi, baxtimga seni qoldirdi. Seni ko‘zim bilan
ko‘rmasam ham, qalbim bilan ko‘raman. Jahonni esa, hammadan yaxshi ko‘raman, u
ham qalbimning to‘ridan joy olgan». Ona quchoqlamoqchiday qo‘lini Zirg‘omning
ko‘kragiga uzatdi. Yuragining qattiq urishidan Jahonni chindan ham sevishini aniqlab
oldi. Ammo Zirg‘om onasining maqsadini tushunib yetmagandi. Oftob: «Men Jahonni
Farg‘ona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Do'stlaringiz bilan baham: |