www.ziyouz.com
kutubxonasi
45
o‘pkangizni bosib oling, gapingizni o‘ylab gapiring! Qilgan bu noma’qulchiligingizni men
kechiraman, boshqalarga yoyib yurmayman. Meni odamlar: «Afshindan ko‘ra aqlliroq
ekan, o‘zini tuta bilarkan», deb yursa, siz uchun yaxshi bo‘lmaydi».
Jahonning bu gaplari Afshinning yuragiga o‘qdek qadaldi. U tishlarini g‘ijirlatib, o‘rnidan
turdi:
— Sen o‘z o‘jarliging bilan meni tiriklay o‘ldirding. Meni aytganini qila olmaydi deb
o‘ylama. Hali ham kech emas. «Sen uchun baxt-saodat eshigini lang ochib beraman»,
degan taklifimni yaxshilab o‘ylab ko‘r, nodon kishilar ishini qilma. Shuni yaxshi bilki,
sening o‘zing ham, butun mol-mulking ham mening qo‘limda. Agar so‘zimga unasang,
aytganimni qilsang, o‘zim ham, hamma topgan-tutganlarim ham seniki.
Jahonning jahli chiqib, butun vujudi o‘t bo‘lib yondi. Afshinni battarroq koyimoqchi
bo‘ldi-yu, lekin o‘ylab qoldi: har qalay u podshoh, qo‘lida askar-anjomlari bor, xususan u
otasi belgilab ketgan vasiy. Unga bas kelolmasligini, agar u yomonlikka ko‘chsa, na
hokim va na amir o‘zining tomoni bo‘la olmasligini tushundi. Buning dastidan faqat
xalifalik poytaxti Bag‘dodda xalifaga shikoyat qilish va shu yo‘l bilangina qutulish
mumkin. Faqat xalifagina Jahonning shikoyatiga quloq solib, Afshinning tanobini tortib
qo‘yishi mumkin edi.
Jahon endi boshqa bir tadbir ko‘rish lozim ekanligini o‘yladi. Zo‘r irodasi bilan o‘zini
mahkam tutib, yumshoq ohangda dedi: «Siz gapirgan gaplaringizni o‘ylab ko‘rishimga
fursat bering. Mening aytganlarimni siz ham o‘ylab ko‘rishingizga vaqt beraman. Ikkimiz
ham obdan o‘ylashib ko‘rib, keyin bir bitimga kelamiz. Sizning bu gaplaringizni sir
tutishga, boshqalarga oshkor qilmaslikka tirishaman. Ha, Afshin hokimning do‘sti va
vasiyi bo‘la turib, qizning sha’niga shunday gaplarni aytibdimi?» — deydigan kishilar
malomatidan sizni saqlashim kerak. Mening shu taklifimni qabul qilasizmi, yo‘qmi? Qabul
qilmaydigan bo‘lsangiz, u vaqtda beodoblik va sharmsizlikni mendan ko‘rasiz. Bu ojiz
qizning qo‘lidan nima kelardi deb o‘ylamang, janob!»
Qizning zo‘r jasorat egasi ekaniga yana bir marta ishonch hosil qilgan Afshin uning
yuziga qarashga ham yuragi dov bermadi. G‘azabdan Jahonning ko‘zlari yana ham
qattiqroq chaqnab ketdi. Jahonning gaplari Afshinning miyasiga yashin tushgandek ta’sir
qildi:
— Sen ojiz qiz emassan, men ham aqldan toygan kishilardan emasman. Lekin sen
boshqalarga o‘xshab muhabbat faqat yoshlarga yarashadi, deb o‘ylaysan. Men esa
keksalar ishq yo‘lida yoshlardan ham sobitroq ekanini senga amalda ko‘rsatib beraman.
Men sevgilisi yo‘lida hamma bor-yo‘g‘ini, hatto hayotini ham qurbon qilib yuboradigan
kishiman. Qani, qaysi yigit shunday qila oladi? Ular yengil tabiatlilik tufayli, ko‘ziga qon
to‘lganlik tufayli muhabbat qo‘yadilar. Yoshlar muhabbatda barqaror turolmaydi, o‘z
mahbubasiga keragicha vafo qilolmaydi. Endi sen gaplarimni o‘ylab ko‘rish uchun muhlat
so‘rayapsan. Xo‘p, muhlat beraman, ehtimol, shu asnoda aql-hushingni yig‘ishtirib
olarsan. Birodarim — otangning ta’ziyasi ham hali tugagani yo‘q, unga qadar mening
umidim yuzaga chiqib qolar. Mening xayrixohligimni ochiq bilganingdan keyin gaplarim
xususida asta-sekin fikr yuritib ko‘rarsan, albatta.
Afshinning balandparvoz orzusi haqidagi uzundan-uzoq gaplarini eshitib bo‘lib, Jahon
bosiq, lekin qat’iy ohangda dedi:
— Mening ishonchli vasiyim sifatida quloq berishingiz kerak bo‘lgan bitta gapim bor:
vasiylik vazifangizni ado qilish uchun saroy va saroy ahllari ishini tartibga solish ustida
hech bosh qotirib ko‘rdingizmi?
— Ha, hamma ishlarni o‘rinlatib qo‘ydim, dehqonlar dalada ishlashyapti, saroy boshlig‘i
saroy ishlarini bajarib turibdi. O‘zim esa sening mol-mulkingni o‘zingdan ko‘ra ham
Farg‘ona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Do'stlaringiz bilan baham: |