www.ziyouz.com kutubxonasi
41
olish hech gap emas edi.
«Shamol — bu, so‘zsiz, bizga birodarku-ya,— deb o‘yladi u va keyin qo‘shib qo‘ydi:—Darvoqe,
har doim ham shunday emas. Ko‘z ilg‘amas dengizni olsak — u ham do‘stu dushmanlarimizga to‘la.
To‘shak-chi...— o‘ylardi u,— to‘shak — birodarim. Ha-ha, xuddi shunday, oddiy to‘shak. O’ringa
oyoq cho‘zish ayni hikmatning o‘zi. Yengilib bo‘lganingdan keyin yelkangdan tosh ag‘darilganday
yengil tortasan-qo‘yasan! — xayol qildi u.— Men buning shunchalik oson bo‘lishini bilmasdim... Kim
ham seni yenga qoldi o‘zi, chol?—so‘radi u o‘zidan.— Hech kim,— javob berdi u.— Aybim shuki,
men dengizda haddan tashqari uzoq ketib qoldim».
U kichik ko‘rfazga kirgan mahalda, Terras chiroqlari o‘chgan ediki, bundan chol hamma uyquga
ketganini tushundi. Shamol to‘xtovsiz zo‘rayib borar, shu tobda bo‘lsa, ayniqsa kuchli esa boshlagan
edi. Lekin gavan osoyishta edi. Chol qoyalar ostidagi toshloqda to‘xtadi. O’ziga yordam beruvchi hech
kim bo‘lmaganidan, u qayiq-ni sohilga imkoni boricha yaqinroq olib keldi. Keyin qayiqdan chiqib, uni
qoyaga qantarib bog‘lab qo‘ydi.
Machtani sug‘urib oldi-da, unga yelkanni o‘rab bog‘ladi. So‘ng machtani yelkasiga ortib, tepalikka
ko‘tarila boshladi. Mana xuddi shunda u o‘zining qanchalik holdan toyganini bildi. Bir zum to‘xtadi-
da, orqasiga o‘girilib qarab, ko‘cha fonarining yorug‘ida haybatli baliq dumining qayiq quyrug‘i
orqasidan nechog‘lik yuksalib turganini ko‘rdi. Ko‘zi baliq umurtqasining oppoq yalang‘och chizig‘i
bilan tig‘i oldingga turtib chiqqan boshining quyuq soyasiga tushdi.
Chol yana yuqoriga chiqishda davom etdi. Tepalikdan o‘tgach, behol yiqildi va shu ko‘yi yelkasida
machta bilan bir muddat cho‘zilib yotdi. Keyin oyoqqa turishga urindi, ammo bu oson emas edi va u
shu holicha yo‘lga termilgancha, o‘tirib qoldi. O’z kori bilan chopib mushuk o‘tdi, chol uning
orqasidan uzoq qarab turdi, so‘ng bo‘m-bo‘sh yo‘lga ko‘z tikdi.
Nihoyat u machtani yerga uloqtirib tashlab, o‘rnidan turdi. Uni yana yelkasiga olib, yo‘l bo‘ylab
yuqoriga qadam bosdi. To kulbasiga yetguncha yo‘l-yo‘lakay besh marta dam olishga to‘g‘ri keldi.
Uyga kirgach, u machtani devorga suyab qo‘ydi. Qorong‘ida suvli shishani topib, to‘yib ichdi.
So‘ng karavotga cho‘zildi. U odeyalni yelkasiga tortib orqasini va oyoq-larini yopdi-da, yuzi bilan
gazetaga muk tushib, kaftlari yuqoriga qaragan qo‘llarini uzatgancha uxlab ketdi.
Erta bilan bola kulbaga ko‘z tashlagani kirganda u uxlab yotardi. Shamol shunday ham kuchaygan
ediki, bundan qayiqlar dengizga chiqolmay qolgan, shundan bo‘lsa kerak, bola qonib uxlab, keyin
odati bo‘yicha kanda qilmay, chol kulbasiga kelgan edi. Cholning nafas olayotganiga o‘z ko‘zi bilan
ko‘rib ishonch hosil qildi-yu, ammo nazari uning qo‘llariga tushgandan keyin yig‘lab yubordi. U kofe
keltirish uchun kulbadan ohista qadam tashlab chiqdi va butun yo‘l bo‘yi yig‘lab bordi.
Qayiq tevaragiga juda ko‘p baliqchilar to‘plangan, ularning bari qayiqqa bog‘log‘liq narsani
tomosha qilishardi; baliqchilardan biri pochasini shimarib qo‘yganicha suvda turar va chizimcha bilan
baliq suyagini o‘lchar edi.
Bola ularning yoniga tushib o‘tirmadi; u bu yerda bo‘lishga boya ulgurgan va baliqchilardan biri
qayiqqa qarab turishga va’da bergan edi.
— Qalay, ahvoli tuzukmi?— qichqirdi baliqchilardan biri bolaga.
— Uxlayapti,— javob berdi bola. O’zining yig‘layotganini ko‘rayotganlari ham endi bari bir edi.—
Uni bezovta qilmaslik kerak.
— Buning tumshug‘idan , dumigacha o‘n sakkiz fut chiqar ekan!— qichqirdi o‘lchayotgan
baliqchi.
— Chiqmay ham ko‘rsin,— dedi bola.
U Terrasga kelib, bir banka kofe so‘radi:
— Menga qaynoq kofe bering, suti va shakari ko‘proq bo‘lsin.
— Yana biron narsa olgin.
— Kerak emas. Uning nima yeyishi mumkinligini keyin qarab ko‘raman.
— Oh, ana balig‘-u, mana baliq!—dedi xo‘jayin.— Tengi yo‘g‘-a, tengi. Ammo sen ham kecha
Ernest Xeminguey. Chol va dengiz (qissa)
Do'stlaringiz bilan baham: |