Microsoft Word ernest xeminguey chol va dengiz lot ziyouz com doc



Download 243,15 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/43
Sana15.07.2021
Hajmi243,15 Kb.
#119373
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
Chol va dengiz

www.ziyouz.com kutubxonasi 

6

— Uni boshqalardan ko‘proq ko‘rgani uchun shunday deydi. Agar Dyuroshe ham biz tomonlarga 



har yili kelib turganda, otang uni ham dunyoda eng ulug‘ trener, deb maqtagan bo‘lardi. 

— Seningcha, eng ulug‘ trener kim? Lyukmi yoki Mayk Gonsalesmi? 

— Menimcha, ular bir-birlaridan qolishmaydi. 

— Dunyoda eng chapdast baliqchi bo‘lsa — sensan. 

— Unday emas. Mendan ham zo‘r baliqchilarni ko‘rganman. 

— Qu e Va!

1

 — dedi bola.— Dunyoda yaxshi baliqchilar kam emas, juda ajoyiblari ham bor. 



Lekin sening oldingga tushadigani yo‘q. 

— Rahmat. Sen shunday deb o‘ylasang, xursandman. Menga judayam katta baliq tushmaydi, deb 

umid qilaman, aks holda, ishni do‘ndirolmay qolib hafsalangnn pir qilib qo‘ymasam, deb qo‘rqaman. 

— Haqiqatan ham avvalgi kuching bo‘lsa, dunyoda sen eplolmaydigan baliq topilmasa kerak. 

— Balki, ilgarigi kuchim qolmagandir. Lekin menda g‘ayrat bor, chidamim ham yetarli. 

— Endi sen yotib uxla, ertalab tetik bo‘lib turishing kerak. Men bo‘lsam idishlarni olib borib 

beraman. 

— Mayli. Xayrli kech. Ertalab men seni uyg‘otaman. 

— Sen men uchun naq qo‘ng‘iroq soatning o‘zisan,— dedi bola. 

— Men uchun qarilikning o‘zi qo‘ng‘iroq soat. Chollar nega juda barvaqt turisharkin-a? Nahotki, 

buni qolgan umrlaridan bir kunini bo‘lsa ham cho‘zish niyatida qilishsa? 

— Bilmadim. Faqat shuni bilamanki, yoshlar qattiq va ko‘p uxlashadi. 

—  Boshimdan o‘tgan, bilaman,— dedi chol.— Men seni vaqtida uyg‘otaman. 

— Negadir meni anovi uyg‘otganini yoqtirmayman. Xuddi men undan qolishadigandek. 

— Tushundim. 

— Xayrli kech, Santyago. 

Bola ketdi. Ular chiroq yoqmasdan ovqatlanishganidan, chol qorong‘ida yechinib yotdi. U 

kiyimlariga gazetani ham qo‘shib o‘rab, yostiq o‘rniga boshiga qo‘ydi. Chol odeyaliga burkanib

karavotning quruq prujinalariga tashlab qo‘yilgan eski gazetalar ustiga cho‘zildi. 

U yotdi-yu, uxlab qoldi. Uyqusida yoshlik chog‘lari o‘tgan Afrika, uning uzun, oltin qirg‘oqlari va 

ko‘zni qamashtirgudek oppoq sayozliklar, yuksak qoya va hay-batli qo‘ng‘ir tog‘lar tushiga kirdi. Endi 

u yana har kecha uyqusida shu qirg‘oqlarga qo‘nar, uvvos bilan otilgan to‘lqinlarning shovqinini 

eshitar va yerlilar tushgan qayiqni to‘lqin qirg‘oqqa qanday surib borayotganini ko‘rib turardi. Tushida 

u hamon palubadan chiqayotgan los va smola isini tuyar, dimog‘iga ertalabki shamol qirg‘oqdan olib 

kelgan Afrika nafasi urilardi. 

Odatda shu bo‘y dimog‘iga kirdi deguncha, chol uyg‘onib ketar va kiyinib, bolani uyg‘otgani 

jo‘nardi. Ammo bugun o‘sha qirg‘oq hidi juda erta dimog‘iga urildi va bu tushida bo‘layotganini 

bilgach, dengizdan turtib chiqqan qoyalarning oq cho‘qqilarini, Kanar orollarining gavan va 

ko‘rfazlarini yana bir bor ko‘rish uchun uyqusidan bosh ko‘targisi kelmadi. 

So‘nggi paytlarda uning tushiga na to‘fonlar, na xotinlar va na buyuk voqealar, na ulkan baliqlar va 

na janjal-suronlar, na kuch sinash musobaqalari va na o‘z xotini kirardi. Endi tushida uzoq o‘lkalar va 

qirg‘oqqa chiqayotgan sher bolalarinigina ko‘rardi, xolos. Ular xuddi mushukchalar singari g‘ira-shira 

tun qo‘ynida g‘ujg‘on o‘ynashar va chol bolaga qanchalik muhabbat qo‘ygan bo‘lsa, bularni ham 

shunchalik sevar edi. Ammo bola hech qachon tushiga kirmasdi. 

Chol uyg‘onib ketdi, ochiq qolgan eshikdan oyga nazar tashladi va kiyinib tashqariga chiqdi, 

yozildi, bolani uyg‘otish uchun yo‘ldan yuqoriga qarab ketdi. Tonggi salqindan junjikdi. Ammo bu 

vaqtincha ekanini va tezda qayiqqa o‘tirib, eshkak esha boshlashi bilan isib ketajagini chol bilar edi. 

Bola yashaydigan uyning eshigi ochiq edi, chol oyoq uchida ichkari kirdi. Bola old xonadagi 

karavotda.uxlab yotar, oyning siniq nurida chol uni tanib ola bilardi. U bolaning oyog‘idan ohista 

                                                      

1

Qo‘ysang-chi!  




Ernest Xeminguey. Chol va dengiz (qissa) 

 

 




Download 243,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish