Suv xo‘jaligi obyekti – suv resurslarini to‘plash, boshqarish, yetkazib
berish, ulardan foydalanish, ularni iste’mol qilish, ajratib berish va
muhofaza qilish maqsadida suv xo‘jaligi faoliyati amalga oshiriladigan suv
obyekti.
Suvdan foydalanish – yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan suv
resurslarini suv obyektidan olmagan holda ulardan o‘z ehtiyojlari uchun
foydalanish.
Suvdan maxsus foydalanish – yuridik va jismoniy shaxslar
tomonidan suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi maxsus
inshootlar va qurilmalarni qo‘llagan holda amalga oshiriladigan suvdan
foydalanish. Ayrim hollarda suvdan maxsus foydalanishga maxsus inshoot-
lar va qurilmalarni qo‘llamagan holda, ammo suvlarning va suv obyekt-
larining holatiga ta’sir etadigan suvdan foydalanish ham kiritilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |