Microsoft Word экология лотин doc



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/106
Sana29.12.2021
Hajmi1,31 Mb.
#78764
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
Bog'liq
2014-xolmominov-ekologiya-huquqi-lot-unlocked

Tabiiy  resurslar  kamayishi  –  kishilarning  xo‘jalik  va  boshqa  hayotiy 
faoliyati  manbai  bo‘lgan  tabiiy  obyektlarning  yo‘qola  borishidir. 
Mutaxassislarning  ma’lumotlariga  ko‘ra,  «insoniyat  sivilizatsiyasi» 
davrida,  to‘g‘rirog‘i  iqtisodiy  madaniyatlashgan  kishilarning  izchil 
faoliyati  davrida  Yer  kurrasidagi  o‘rmonlarning  2/3  qismi  kesilib  ketdi, 
250 xil turdagi hayvon va o‘simliklar yo‘q bo‘lib ketdi, 3-4 mlrd. gektar 
yer  qishloq  xo‘jalik  oborotidan chiqarib yuborildi, atmosfera havosidagi 
kislorodning zaxirasi 10 mlrd. tonnaga kamaydi. Keyingi 100 yil ichida, 
fransuz  olimi  A.Gerrenning  ma’lumotlariga  ko‘ra,  tuproq  eroziyasi  va 
texnogen  buzilishi  2  mlrd.  gektar  yerni  unumdorligini  yo‘qotib 
yuborgan.  Shu  kunlarda  Yer  kurrasida  1  daqiqada  20  ta  o‘rmon  kesil-
moqda,  kuniga  bir  turdagi  hayvonot  yoki  o‘simlik  turi  qizil  kitobga 
kiritilmoqda. 
Tabiiy  resurslarning  kamayib  borishidan  tashqari  atrof  tabiiy 
muhitning  ifloslanishi  ekologik  tizimlarning  buzilishiga,  modda  va 
energiya almashuvining tabiiy holatda kechishiga keskin ta’sir qilmoqda. 
Atrof  tabiiy  muhitning ifloslanishi deb tabiiy  moddalar  (tuproq, suv,  yer 
osti  boyliklari,  atmosfera  havosi)  tarkibining  fizik  va  kimyoviy 
o‘zgarishiga aytiladi. Agarda bunday  o‘zgarish inson hayotining faoliyati 
bilan  kechsa  –  antropogen  ifloslanish,  uning  ishtirokisiz  kechsa  –  tabiiy 
ifloslanish deyiladi. 


 
10
Ekologik  inqiroz  –  jamiyat  va  tabiat  o‘rtasidagi  o‘zaro  munosabat 
muvozanatining  barqaror  ravishda  buzilishi natijasida  atrof  tabiiy  muhit 
holatining  yomonlashib  borishi,  davlat  boshqaruv  va  huquqni  muhofaza 
qiluvchi organlarning yuzaga kelgan holatdan chiqa olmasliklari, ekologik 
tizimlarni tiklash imkoniyatlarining yo‘qolishi, tabiiy muhit inqirozi yoki 
ijtimoiy  muhitning  falokatidir.  Ekologik  inqirozga  misol  qilib,  Orol 
dengizi  va  uning  atrofidagi  holatini  olsak  bo‘ladi.  Qirq  yil  mobaynida 
Orol dengizi akvatoriyasi 7 baravar qisqardi, suv hajmi 13 marta kamay-
di,  uning  minerallashuvi  esa  o‘nlab  baravar  oshib,  dengizni  tirik  orga-
nizmlarning  yashashi  uchun  yaroqsiz  ahvolga  keltirdi.  Natijada  qariyb 
barcha hayvonot va nabotot olami tanazzulga uchradi va yo‘qoldi
1
.  
Aholi soning ko‘payishi va suvga bo‘lgan ehtiyojning ortishi, yangi 
yerlarni  jadal  o‘zlashtirish,  sug‘orma  dehqonchilikni  yanada  rivoj-
lantirish, suv taqchil bo‘lgan yillarning muntazam takrorlanib turishi eng 
yangi tarixdagi yirik global ekologik halokatlardan biri sodir bo‘lishiga – 
sayyoramizdagi  eng  chiroyli  suv  havzalaridan  birining  qurib  borishiga 
olib keldi. Qachonlardir dunyoda eng katta ko‘llar toifasiga kirgan Orol 
dengizi insoniyat ko‘z ongida halokatga yuz tutib bormoqda.  
Mustaqil  O‘zbekiston  Respublikasi  va  Markaziy  Osiyo  davlatlari-
ning  birgalikdagi  sa’yi-harakatlari  tufayli  1995-1997-yillarga  kelib, 
Orolga suv quyilishi 15-17 kub km.gacha ko‘paytirildi. Yopiq havzaning 
suv  taqsimoti  xalqaro  shartnoma  va  deklaratsiyalar  orqali  tartibga 
solinmoqda. 
Mustaqil  O‘zbekiston  Respublikasining  ilk  bor  qabul  qilgan  ekologik 
munosabatlarni  tartibga  solishdagi  qonunlaridan  biri  «Tabiatni  muhofaza 
qilish  to‘g‘risida»gi  1992-yil  9-dekabr  qonuni.  Bu  qonun  O‘zbekiston 
Respublikasi  Konstitutsiyasi  bilan  bir  qatorda  qabul  qilingan  bo‘lib, 
undagi  prinsip  va  me’yorlar  tabiat  bilan  jamiyat  munosabatlari  o‘zaro 
uyg‘unlashgan  holda  bo‘lishini  taqozo  qiladi.  Mamlakatimiz  yosh,  tez 
sur’atlar  bilan  ijtimoiy  yo‘naltirilgan  bozor  iqtisodiyoti  tomon  olg‘a 
borayotgan davlatlar toifasiga kiradi. Iqtisodiy  rivojlanish, vaqtinchalik, 
juda boy (100  ga  yaqin mineral  xom  ashyo turidan foydalaniladi) tabiiy 
resurslardan  foydalanishga  suyangan  holda  amalga  oshmasdan  iloji 
yo‘q.  Shuning  uchun  ham  milliy  qonunchiligimiz  orqali  tabiat  in’om-
                                                
1
  Karimov  I.A.  BMT  Bosh  Assambleyasining  Ming  yillik  rivojlanish 
maqsadlariga  bag‘ishlangan  oliy  darajadagi  yalpi  majlisidagi  nutq  //  Demokratik 
islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini  shakllantirish  – 
mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonidir. Т. 19. – Т., 2011. – Б. 15. 


 
11
laridan  foydalanish  va  ularni  muhofaza  qilish  shakli  iqtisodiy-ekologik 
ko‘rinishdadir.  Qabul  qilingan  ekologiyaga  oid  100  dan  ziyod  qonunlar 
tabiatni  muhofaza  qilishning  huquqiy  asosi  bo‘lib  xizmat  qila  oladi, 
lekin  bu  qonun  me’yorlarini  hayotga  tatbiq  qilishning  iqtisodiy, 
huquqiy,  siyosiy  chora-tadbirlarini  ishlab  chiqish  shu  kunning  dolzarb 
masalalari turkumiga kiradi. 

Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish