Microsoft Word Doston Nasimov



Download 32,11 Kb.
bet1/2
Sana10.07.2022
Hajmi32,11 Kb.
#767553
  1   2
Bog'liq
Mus ish oʻquv motivatsiya


Reja:

  1. Oʻquv motivatsiya haqida maʼlumot.

  2. Oʻquv motivatsiyasining talim olishdagi oʻrni.

  3. Oʻquv motivatsiyasi haqida olimlarning fikr va mulohazalari.

Psixologik ma’lumotlarga ko‘ra, har qanday fao­liyat muayyan motivlar ta’sirida vujudga keladi va yetarli shart-sharoitlar yaratilgandagina amalga oshadi. Shuning uchun ham ta’lim jarayonida o‘zlashtirish, egallash va o‘rga­nishni amalga oshirishni ta’minlash uchun o‘quvchilarda o‘quv motivlari mavjud bo‘lishi shart.


Bilish motivlari shaxsning (sub’ektning) gnoseologik maqsad sari, ya’ni bilish maqsadini qaror toptirishga, bi­lim va ko‘nikmalarni egallashga yo‘naltiriladi. Odatda bunday turdosh va jinsdosh motivlar nazariy ma’lumot­larning ko‘rsatishicha, tashqi va ichki nomlar bilan atalib, muayyan toifani yuzaga keltiradi.
Tashqi motivlar jazolash va taqdirlash, xavf-xatar va talab qilish, guruhiy tazyiq, ezgu niyat, orzu-istak kabi qo‘zg‘atuvchilar ta’sirida vujudga keladi. Bularning barchasi bevosita o‘quv maqsadga nisbatan tashqi omillar, sabablar bo‘lib hisoblanadi. Mazkur holatda bilimlar va malakalar o‘ta muhimroq boshqa, hukmron (etakchi) maqsadlarni amalga oshirishni ta’minlash vazifasini bajaradi (yoqimsiz holat va kechinmalar yoki noxush, noqulay vaziyatdan qochish, ij­timoiy yoki shaxsiy muvaffaqiyatga erishish; muvaqqat erishuv muddaosi mavjudligi va hokazo). Bu turdagi yoki jinsdagi tashqi motivlar ta’sirida ta’lim jarayonida bilim va ko‘nikmalarni egallash (o‘zlashtirish)da qiyinchiliklar kelib chiqadi va ular asosiy maqsadni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladi. Masalan, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning asosiy maqsadi o‘qish emas, balki ko‘proq o‘yin faoliyatiga moyillikdir. Mazkur vaziyatda o‘qituvchining o‘qishga ularni jalb qilish niyati o‘quvchilarning o‘yin maqsadining ushalishiga halaqit be­rishi mumkin, lekin izoh talab dalillar yetishmaydi. Motivlarning navbatdagi toifasiga, ya’ni ichki mo­tivlar turkumiga individual xususiyatli motivlar kira­diki, ular o‘quvchi shaxsida o‘qishga nisbatan individual maqsadni ro‘yobga chiqaruvchi qo‘zg‘alish negizida paydo bo‘ladi. Chunonchi, bilishga nisbatan qiziqishning vujudga kelishi shaxsning ma’naviy (madaniy) darajasini oshirish uchun undagi intilishlarning yetilishidir. Bunga o‘xshash motiv­larning ta’sirida o‘quv jarayonida nizoli, ziddiyatli ho­latlar (vaziyatlar) yuzaga kelmaydi. Albatta bunday toifaga taalluqli motivlar paydo bo‘lishiga qaramay, ba’zan qiyinchiliklar vujudga kelishi ehtimol, chunki bilimlarni o‘zlashtirish uchun irodaviy zo‘r berishga to‘g‘ri keladi. Bunday xossalarga ega bo‘lgan irodaviy zo‘r berishlar tashqi halaqit beruvchi qo‘zg‘atuvchilar (qo‘zg‘ovchilar) kuchi va im­koniyatini kamaytirishga qaratilgan bo‘ladi. Pedagogik psixologiya nuqtai nazardan ushbu jarayonga yondashilganda to‘laqonli vaziyatgina optimal (oqilona) deyiladi. Ta’lim jarayonida bunday vaziyatlarni yaratish o‘qituvchining muhim vazifasi hisoblanib, uning faoliyati ichki anglanilgan motivlar o‘quvchilar xulq-atvorini shunchaki boshqarish bilan cheklanmasdan, balki ular shax­sini shakllantirishga, ularda maqsad qo‘ya olish, qiziqish uyg‘otish va ideallarni tarkib toptirishga qaratilgan bo‘­ladi.
Aniq narsalar, hodisalar va xatti-harakatlar in­sonning faolligi muayyan manbalar bilan uzviy bog‘lanishga ega bo‘lsa, uyg‘unlashib borsa faoliyat motivlari darajasiga o‘sib o‘tadi. Psixologiyada manbalar o‘z mohiyatiga ko‘ra tur­kumlarga ajratib talqin qilinadi.

Inson ehtiyojlari bilan belgilanuvchi ichki man­balar. Organizmning tabiiy ehtiyojlarini namoyon qiluvchi tug‘ma xususiyatli va jamoada shakllanuvchi ijtimoiy eh­tiyojlarni vujudga keltiruvchi orttirma xususiyatga ega bo‘lishi mumkin.


Tug‘ma ehtiyojlar orasida o‘qishga nisbatan ma’no kasb etuvchi alohida ahamiyatga ega bo‘lgan faollikka nisbatan ehtiyoj va axborot, ma’lumot, xabarlar olishga ehtiyoj mu­him rol o‘ynaydi.
Motivga genetik yondashilganda shu narsani alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, bola tug‘ilganidan e’tiboran bevo­sita faollik ko‘rsatishga moyillik hukm suradi: u kuladi (noverbal muomala shakli), qimirlaydi (fazoda o‘rin al­mashish), qo‘l va oyoqlarini harakatlantiradi (moslashish), o‘ynaydi (muhit-bola munosabati), gaplashadi (shaxslararo munosabatga kirishish), savollar beradi (dialogik muloqot va boshqalar). Bunga o‘xshash xatti-harakatlarning o‘zi ularni qoniqtiradi, voqelikni insonning axborotlarga nisbatan ehtiyojini tajribalarda ko‘rsatish mumkin: agar tekshiriluvchini ma’lum vaqtga tashqi olamdan ajratib qo‘yilsa, natijada uning irodasida, hissiyotida, intellek­tida buzilish sodir bo‘lishi, zerikishi, irodaviy akt ti­zimi yo‘qolishi, fikr yuritish jarayoni parchalanishi, il­lyuzion, gallyutsional holatlar uchrashi mumkin.Ijtimoiy turmush sharoitida faollik va informatsion taqchillik odamlarni salbiy his-tuyg‘u va kechinma­larga olib keladi, faoliyat tuzilishi va uning dinamikasiga putur yetkaziladi. Ijtimoiy turmushda shakllanuvchi ehti­yojlar orasida o‘quv faoliyatida muhim rol o‘ynovchi va uni kuchaytiruvchi ijobiy xususiyatli sotsial va gnostik ehti­yojlar alohida ahamiyat kasb etadi, shaxsni kamol toptirish jarayonida hukmron voqelikni egallaydi. Ularning turku­miga bilimlarga nisbatan ehtiyoj, jamiyatga foyda kelti­rishga intilish, umumbashariy yutuqlarga erishishga inti­lish kabilar kiritiladi.
Inson hayoti va faoliyatining ijtimoiy sharoitla­rida aniqlanuvchi tashqi manbalar. Bunday manbalarni ta­labchanlik, orzu (kutilma) va imkoniyatlar tashkil qiladi. Jumladan, talabchanlik insonga faoliyat va xulq-atvorning muayyan turini hamda shakli (ko‘rinishi)ni taqozo etadi. Mazkur holatni quyidagi mulohazalar yordamida izohlash mumkin: ota-ona boladan ovqatni qoshiqda yeyishni, stulda to‘g‘ri o‘tirishni, «rahmat» deyishni talab qilsa, maktab o‘quvchidan ma’lum belgilangan vaqtda darsga yetib kelishni, o‘qituvchilarga quloq solishni, berilgan vazifalarni ba­jarishni qat’iy belgilaydi. Jamiyat esa xulq, fe’l-atvor orqali ma’lum axloqiy normalar va qoidalarga rioya qilishni, shaxslararo muomalaga kirishish shakllari (vo­sitalari)ni egallashni hamda aniq vazifalarni bajarishga amal qilishlarini o‘z fuqarolariga o‘rgatadi.
Psixologiya fanining atamalari mohiyatida orzu yoki kutish jamiyatning shaxsga nisbatan munosabatini ifo­dalanish mexanizmi yotadi. Etnopsixologik stereotiplarda uyg‘unlashgan xulq-atvor belgilari va faoliyatning shakl­lari o‘ziga xoslikka ega. Odatda odamlar bir yoshli bola tik yurishi kerak, deb hisoblaydilar va ular bu tuhfani bo­ladan kutganligi tufayli unga alohida munosabatda bo‘la­dilar. Psixologiyada kutilma tushunchasi talabdan farqli o‘laroq, faoliyat yuzaga kelishi uchun umumiy muhit yaratadi. Imkoniyatlar to‘g‘risida fikr yuritilganda ma’lum faoliyatning kishilar irodasi bilan bog‘liq (iroda akti, sifati, prinsipi) ob’ektiv shart-sharoitlarni o‘zida aks ettiradi. Agarda odamlarning shaxsiy kutubxonasi boy bo‘lsa, ularning o‘qish imkoniyati yuqori darajaga ko‘tari­ladi. Kishilarning xulq-atvori psixologik nuqtai na­zardan tahlil qilinganda, ko‘pincha ularning ob’ektiv im­koniyatlaridan chiqib, unga yondashiniladi. Agarda bola qo‘liga tasodifan biologiya kitobi tushib qolsa, uning shu predmetga nisbatan qiziqishi ortishi kuzatiladi.
Shaxsiy manbalar – odamlar qiziqishlari, inti­lishlari, ustanovkalari va dunyoqarashlari jamiyat bilan munosabatini aks ettirishdan iboratdir. Inson faolligi­ning manbai – qadriyat orqali ifodalanib, shaxs statusi (roli)da egallana boriladi.
Ta'lim tizimini takomillashtirish, uning sifat darajasi va samaradorligini oshirish bir qator omillar bilan chambarchas bog‘liq ekanligi ta'lim jarayonida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Respublikamizda yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, ishlab chiqilgan qonun va farmoyishlar ana shu faktorlarni o‘zida mujassam etganligini alohida ta'kidlab o‘tish joiz. Bunda umumiy ta'lim maktablarida dars berish sifatini oshirish asosiy mazmunni tashkil etadi.
O‘quvchilar jamoasini o‘rganib chiqish, ularning qiziqishlari, intilish va xohishlarini, istaklarini inobatga olgan holda darslarni tashkil etish yoki o‘quvchilarning o‘quv–biluv faoliyatini maqsadli yo‘naltirish bilan o‘quv materiallarini o‘zlashtirishning ta'minlanishini bugungi kun maktab amaliyoti ko‘rsatmoqda. Ma'lumki, darslarni tashkil etish va dars davomida o‘quvchilarning faolligini ta'minlash uchun avvalo o‘quvchilardagi o‘quv–biluv motivlarini inobatga olish yoki ularning fanga bo‘lgan motivlarini shakllantirish zarur. Bunga asosiy sabab o‘quvchilardagi o‘quv – biluv motivlari, umuman, motivlar faoliyatning tayanch asosini tashkil etishidadir.
Motivlar – didaktik jarayonining asosiy harakatlantiruvchi kuchidir. Harakatlantiruvchi motivlarni o‘rganish, to‘g‘ri qo‘llash va uni to‘g‘ri yo‘naltira olish pedagogik faoliyat mazmunining asosiy mohiyatini belgilaydi.
Motiv va uning nazariy mazmun va mohiyati yuzasidan ko‘plab ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Ilmiy adabiyotlarda motivga turli ta'riflar keltirilgan bo‘lib, ular quyidagicha:
Motiv – 1) insonni o‘qishga yoki muayyan harakatlarni bajarishga undovchi turli sabablar yig‘indisi; 2) o‘quvchining ma'lum ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq faoliyatga moyilligi.
Motiv – insonni o‘qishga yoki biror harakatlarni bajarishga undovchi turli sabablar yig‘indisi. Salbiy motiv – bu majburlab o‘qitish, lekin bunda o‘quvchining o‘qishga nisbatan qarshiligi hamma harakatlarimizni yo‘qqa chiqaradi.
Motiv – bu ma'lum ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq faoliyatga moyillik. Motivlar ta'limda samaradorlikka erishishning zarur shartidir. Psixologlarning asarlarida shunday holatlar ham mavjudki, ularda xulq motivatsiyasi muammolari shaxsning muhim xususiyatlarini tahlil qilish negizidan kelib chiqib qaraladi. Ushbu holat T. Olport asarlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Uningcha, eng muhim jihat bu inson xulqining o‘zgarish sabablarini ochishdir. Shuning bilan birga mazkur vaziyatga olib keluvchi motivlar omillarini tekshirishlari ham alohida ahamiyatga ega ekanligini anglab yetish qiyin emas.
O‘quv faoliyati motivlari deganda o‘quv faolligi namoyon bo‘lishiga sabab bo‘luvchi barcha omillar: ehtiyojlar, maqsadlar, ustanovkalar, burch hissi, qiziqishlar va boshqalar tushuniladi. G.Rozenfeld o‘qish motivatsiyasining quyidagi omillarini ajratgan.

  1. Ta'lim olish uchun o‘qish, faoliyatdan qoniqmaslik yoki o‘rganilayotgan fanga qiziqmaslik.

  2. Ma'lum qiziqishlarsiz o‘qish.

  3. Ijtimoiy identifikatsiya uchun o‘qish.

  4. Muvaffaqqiyatga erishish yoki muvafaqqiyatsizlikdan qochish uchun o‘qish.

  5. Majburlab yoki qo‘rqqanidan o‘qish.

  6. Umum qabul qilingan me'yorlarga yoki axloqiy majburiyatlarga asoslangan o‘qish.

  7. Hayotda maqsadga erishish uchun ta'lim olish.

  8. Ijtimoiy maqsadlarga, talablarga va qadriyatlarga asoslangan ta'lim.




E. Torndayk o‘quv jarayonini u yoki bu qo‘zg‘atuvchiga (stimulga) javob

reaksiyasining holati bilan bog‘liqligini, ya'ni ushbu reaksiya hamda vaziyat




o‘rtasidagi ma'lum aloqani o‘rnatish bilan izohlanishini aytib o‘tadi.






Torndayk kishi o‘zi xohlagan reaksiyaning takrorlanishiga nisbatan

ro‘yxushlikning hamda o‘zi xohlagan reaksiyaga nisbatan bo‘lgan moyillikning ta'sirini o‘rganishga harakat qiladi. U bir xil sharoitda yuzaga kelgan jazolash omillari rag‘batlantirish omillaridan ancha samarasiz va kuchsizdir, degan xulosaga keladi. Keyingi tadqiqotlarida esa, rag‘batlantirish, umuman, jalb etish barcha aloqalarni saqlash va kuchaytirish salohiyatiga, jazolash esa tez-tez (lekin har doim ham emas) aloqalarni muayyandan noaniqlikka o‘zgartirish xususiyatiga egaligini ta'kidlab o‘tadi. Torndayk bolaning ijobiy o‘quv motivatsiyasini uni jazolash orqali hosil qilib bo‘lmasligini, bunday chora-tadbirlar bolada faqatgina salbiy motivatsiyani vujudga keltirishini e'tirof etgan. O‘z tadqiqotlaridan kelib chiqib, Torndayk real inson turli rejadagi o‘z ehtiyojlari hamda talablari orqali amalga oshiradigan, uzoq vaqt davom etadigan jarayon hisoblangan o‘quv faoliyatiga aloqador bo‘lgan umumiy ko‘rinishdagi xulosalarga keladi va bu xulosalar, motivlashtirish nuqtai nazaridan qaralganda, mustahkamlashning alohida bitta tizimiga sig‘maydi.







J.Bruner o‘qish

motivlari

masalasiga

Torndaykdan

boshqacharoq



yondashadi. U o‘zining “O‘quv jarayoni” nomli kitobida o‘quvchining real, yetarli

darajada uzoq davom etadigan o‘qish jarayoni tufayli tug‘iladigan amaliy va

nazariy muammolarini e'tirof etgan.




J. Bruner faqat o‘qishni motivatsiyalash, ya'ni har doim ham o‘qish jarayoniga undovchi, anglangan omillar haqidagina emas, shu bilan birga, o‘quvchining motivlari haqida ham fikr yuritadi. Garchi uning fikrlari umumiy xarakterda bo‘lsa ham, ulardagi ayrim yo‘nalishlar diqqatga sazovordir. Bu, birinchi navbatda, o‘qish jarayonida bilish xarakteridagi motivlarning ahamiyati va yangi narsani bilishdan paydo bo‘ladigan ichki qanoat hissi, himoya masalalarining qo‘yilishidir. Shuni e'tirof etish kerakki, ushbu ichki qanoat hissi keyinchalik bilim olishga yo‘naltirilgan ijobiy motivatsiya bilan uyg‘unlashib ketadi.

E. Deki ichki motivlarni tug‘ma, inson tug‘ilishiga xos bo‘lgan motivlar deb ta'riflaydi. Uning fikricha, hamma insonlar o‘zini-o‘zi baholashga nisbatan differensiallashmagan zaruriyat bilan tug‘iladilar.
O‘quvchi imkoniyatlarini aniqlash va ularni yuzaga chiqarishdagi samaradorlik o‘qituvchining ustaligiga, uning vaqtida yordamga kelishi, o‘quvchi bilan hamkorlik munosabatini o‘rnatish mahoratiga bog‘liq.

D.N.Uznadze boshlang‘ich ta'limning bosh vazifasi bolaning ichki kuchlari va imkoniyatlari rivojlanishi uchun sharoit yaratib berishdan iborat, deb hisoblaydi. Tahsildagi asosiy narsa ta'lim berilayotgan predmetdan ko‘ra ko‘proq ushbu jarayonda faollashadigan kuchlarning rivojlanishiga bog‘liq.
Motivlar ehtiyojga undaydigan stimulga asosan tashqi va ichki motivlarga ajratiladi. Shaxsning axloqiyligi, yo‘nalganligiga bog‘liq ravishda: shaxsiy va jamoa motivlari, g‘oyaviy va axloqiy motivlarni ajratish mumkin. Shunday qilib, ko‘p hollarda motivlar faoliyatga undovchi kuch sifatida baholanadi.
Motivlarni tasniflashda keng tarqalgan yo‘nalish bu - vaqtni hisobga olishdir. Unga ko‘ra: vaziyatli va doimiy namoyon bo‘luvchi motivlarni, qisqa muddatli va barqaror motivlarni ajratish mumkin.
Motivning tuzilishiga ko‘ra: dastlabki – mavhum maqsad mavjud motivlar, ikkinchi – aniq maqsad mavjud motivlarga ajratilgan.
I.A.Vasilev va M.Sh.Magomed-Eminovning kitobida: umumlashtirilgan barqaror motivlar (muvafaqqiyatsizlikdan qochish va muvafaqqiyatga intilish motivlari), aniq barqaror motivlar(aniq kasbiy faoliyatdagi faollik), umumiy beqaror motivlar va aniq beqaror motivlarga (aniq qisqa muddatli maqsadlari mavjud) ajratilgan.
Respublikamizda hozirgi kunda o‘qish faoliyatidagi motivlar muammolarini o‘rganishga qaratilgan tadqiqot ishlarini olib borilmoqda. Masalan M.G.Davletshin, E. G’oziev, G‘.B.Shoumarov, V.A.Tokareva R.I.Sunnatova, A.A.Fayzullaev, A.K.Saitova, E.Z.Usmonova, M.Rasulova, F.I.Haydarov kabi psixolog olimlar ta'lim jarayonida o‘qish motivlarini o‘rganishga oid ko‘plab ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.




E. G’oziev o‘z tadqiqotlarida mustaqil tafakkurning rivojlanishi, bilish




jarayonining

qiziqarli

tashkil

etilishi

o‘quvchilar

faoliyatida

yangi



muvaffaqiyatlarga erishishning ijodiy manbai ekanligini aytib o‘tadi.




Olim o’quv faoliyatini boshqarishning diagnostik metodini ishlab chiqib, psixologiya fanining kam o’rganilgan sohalaridan biri bo’lgan o’qish faoliyatini boshqarish muammosining nazariy va amaliy, emperik tomonlarini yoritib berdi.38




V.Karimova motiv motivatsiyaga nisbatan aniqroq, torroq tushuncha

hisoblanib, u shaxsdagi u yoki bu xulq-atvorga nisbatan turgan moyillik, hozirlikni




tushuntirib beruvchi sababni nazarda tutadi.









V.A.Tokarevaning tadqiqotlarida o‘quvchilar o‘quv faoliyati motivlarini

o‘rganishga katta e'tibor beriladi. Uning fikricha, o‘qish motivlari o‘zgarishi uchun

yasama vaziyat va sharoitlar zarur emas, bularning barchasi kundalik hayotda va ta'lim jarayonida shakllanadi.
A.A.Fayzullaev motivatsion jarayonni bosqichma-bosqich tahlil qiladi. Bu bosqichlar quyidagilar: 1- qo‘zg‘alishning anglanishi; 2 – motivning qabul qilinishi; 3 – motivning hayotga tatbiq qilinishi; 4 – motivning mustahkamlanishi; 5 - qo‘zg‘alishning faollashuvi.

Download 32,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish