Microsoft Word dissertatsiya2017 — копия


I.1. Oʻzbek onomastikasining paydo boʻlishi va rivojlanishi



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/77
Sana10.08.2021
Hajmi0,52 Mb.
#144124
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   77
Bog'liq
atoqli otlarning leksik-grammatik guruhlari

 

I.1. Oʻzbek onomastikasining paydo boʻlishi va rivojlanishi 

Antik davrdan buyon atoqli otga filosoflarning nazariy-yondashuvi toʻxtagan 

emas,  lekin  faqatgina  XIX  asrda  nazariyotchilar  atoqli  otlarga  onomastika  nuqtai 

nazaridan  yondashdilar.  Soʻnggi  yillarda  atoqli  otlar  tarkibida  psixolingvistika, 

nerolingvistikaga  xos  yoʻnalishlar  ham  chuqur  oʻrganilmoqda.  Atoqli  ot  til 

taraqqiyotining  qiyosan  keyingi  bosqichlarida  turdosh  otlardan    kelib  chiqqan. 

Qadimiy  tillarda atoqli  otlar boʻlmagan deyiladi.  Avstraliya,  Afrika,  Amerikaning 

tub joy xalqlari-aborigenlar tillarida atoqli ot juda kam. 

Oʻtgan  asrning  60-yillarida  oʻzbek  tilshunosligining  tadqiq  doirasi  ancha 

kengaydi va unda an’anaviy grammatika, leksikologiya, semasiologiya sohalaridan 

oʻz  maqsad  vazifalariga  koʻra  farqlanuvchi  yangi  yoʻnalishlar  paydo  boʻla 

boshladi


1

.  Mana  shu  davrda  paydo  boʻlgan  va  rivojlanishga  yuz  tutgan 

yoʻnalishlardan birini oʻzbek onomastikasi tashkil qiladi. Ma’lumki,  atoqli otlarga 

qiziqish  oʻtmishda  ham  boʻlgan.  Kishi  ismlari,  joy  nomlarining  paydo  boʻlishi, 

etnografiyasi, ma’no va etimologiyasi haqida tarixiy yozma manbalarda anchagina 

qiziqarli  fikrlar  bor.  Ammo  atoqli  ot  materiallarini  sistemali  va  izchil  ravishda 

                                                             

1

Топонимика ва ономастика. Нукус. 2012.



 


12 

 

toʻplash,  ularni  ilmiy asoslarda keng koʻlamda  tahlil qilish oʻzbek  filologiyasida 



oʻtgan  asrning  60-yillaridan  boshlandi.  Bu  boradagi  ilk  qadamlar  Z.Doʻsimov, 

H.Hasanov,  T.Nafasov,  E.Begmatovlarning  tadqiqotlarida  oʻz  ifodasini  topdi. 

Keyingi yillarda oʻzbek nomshunosligi ayniqsa, uning toponimika, antroponimika, 

etnonimika  kosmonimika  sohalari  jadal  rivojlandi.  Oʻzbek  nomshunosligining 

paydo  boʻlishi  va  zamonaviy  ilmiy  soha  sifatida  shakllanishi  bu  sohaning  oʻziga 

xos  ilmiy  terminologiyasining  yaratilishi  hamda  uning  rivoji  va  takomiliga  sabab 

boʻldi.  Oʻzbekiston  mustaqillikka  erishgach,  kishi  atoqli  otlari,  toponimlari  va 

etnonimiyasiga  munosabat  tubdan  oʻzgardi.  Endilikda  bu  nomlar  nafaqat  lisoniy 

material,  balki  xalq  tarixi,  madaniyati  va  ma’naviyatining  nodir  merosi  sifatida 

ham  e’zozlanadigan  va  oʻrganiladigan  boʻldi.  Natijada  oʻzbek  onomastikasining 

tadqiq  yoʻnalishlari  yanada  kengaydi  va  oshdi.  Atoqli  otlarning  paydo  boʻlishi, 

rivoji  koʻpgina  lisoniy  va  nolisoniy  omillar  bilan  bogʻliqdir.  Shu  sababli  atoqli 

otlar  tadqiqotchisi  nomlarni  tahlil  qilishda  tilshunoslikdan  tashqari  boshqa 

fanlarning  ilmiy  usullaridan  ular  erishgan  yutuqlardan  foydalanadi.  Ushbu  hol 

onomastika sohasining boshqa ijtimoiy va tabiiy fanlar bilan munosabatini yuzaga 

keltiradi.  Ushbu  munosabatni  quyidagilarda  aks  etganini  koʻrish  mumkin: 

nomshunoslik  va  leksikologiya,  etimologiya,  dialektologiya,  geografiya, 

lugʻatshunoslik,    leksikografiya,  tarix,  kartografiya,  onomastik  statistika  kabi. 

Antik  davr  olimlari  barcha  nomlarni  onuma  atamasi  ostida  birlashtirgani  holda, 

onumani  umumiylik  va  individuallik  belgisi  ostida  atoqli  va  turdosh  otlarga 

ajratgan  edilar,  shundan  buyon  onuma  (onimiya)  bilan  turli  fan  vakillari  qiziqib 

keldi.  XX  asrning  30-yillaridan  lingvistika  fani  tarkibida  onomastika  alohida 

tarmoq  sifatida  shakllandi  hamda  onomastikaning  umumiy  nazariyasi  va  xususiy 

voqealanishlariga  bagʻishlangan  bir  qancha  asarlar  maydonga  keldi.  Shunday 

boʻlishiga  qaramasdan,  onomastika  sohasi  bilan  bogʻliq  bir  qator  yechimini 

kutayotgan  muammolar  ham  yoʻq  emas.  Oʻzbek  tilshunosligida  yaqin  yillarga 

qadar atoqli otlarni  til sistemasiga  kiritishga shubha bilan qaralar, shuning uchun 

ularni  leksema  sifatida  lugʻatlarga  kiritilmas  edi.  Oʻtgan  asrning  50-60-yillaridan 




13 

 

boshlab onomastik tadqiqotlarning erishgan yutuqlari natijasida  onomastik leksika 



umumiy  leksik  sistemaning  tarkibiy  qismi,  oʻz  navbatida,  oʻziga  xos  sistema 

ekanligi  e’tirof  etildi.  Ma’lumki,  mashhur  toponimist  V.N.Toporov  ma’lum  bir 

tilning  toponimlar  majmuasini  ifodalash  uchun  toponimik  koʻlam  atamasini 

ishlatgan  boʻlsa,  keyinroq  A.V.Superanskaya  yuqoridagi  fikrga  ergashgan  holda 

onomastik  koʻlam  atamasini  qoʻllaydi.1.  Onomastik  koʻlam  ma’lum  xalq 

tomonidan  real,  faraziy    va  afsonaviy  obyektlarni  nomlash  uchun  qoʻllaniladigan 

atoqli  otlarning    majmuasidir.  Onomastik  koʻlam  shu  xalq  tasavvurida  mavjud 

boʻlgan  olam  modeli,  olam  nazariyasi  bilan  belgilanadi.  Mazkur  yoʻnalishda 

oʻzbek  tilshunoslaridan  prof.Z.Doʻsimov,  E.Begmatov,  T.Nafasov,  S.Qorayev, 

N.Husanov, N.Uluqov, T.Ernazarov kabi olimlarning  qator tadqiqotlari  maydonga 

keldi.  2.Xususan,  Y.Avlaqulov  onomastik  birliklarni  birlashtirish  maqsadida 

onomastik  koʻlam  tushunchasidan  foydalangan  holda,  oʻzbek  onomastik 

birliklarining    sistemaviy  tabiatini  yoritishni  bosh  maqsad  qilib  olgan.  Toponimik 

gidronimik  birliklar  onomastikaning  tarkibiy  qismidir.  Jumladan,  Fargʻona  va 

Xorazm  viloyatlarida  bir  qancha,  toponimik,  gidronimik  obyektlar  borki,  bu 

obyektlarning  nomlanishi,  shu  hududda  yashaydigan    xalqning  olamni  oʻziga  xos 

koʻrishi obrazli tavsifi  natijasida  maydonga kelgan. Quva shahri  yonida  Karkidon 

suv  ombori  joylashgan.  Karkidon  deb  nomlanishiga  shu  yerlik  aholining  suv 

havzasi  shaklini  karkidon  hayvoniga  oʻxshatishi  asos  boʻlgan.  Oʻzbek 

nomshunosligining  taraqqiyotida  onomastikaga  oid  respublikamizda  oʻtkazilgan 

ilmiy-nazariy  anjumanlarning  oʻrni  katta.  Masalan,  1974-yilda  Buxoro  shahrida 

“Oʻrta  Osiyo  onomastikasining  dolzarb  muammolari”  mavzusida  butunittifoq 

ilmiy  anjuman  oʻtkazilgan  edi.  Oʻzbek  onomastikasining  paydo  boʻlishi  va 

rivojlanishi  hozirgi zamonaviy tilshunoslikning yuqori choʻqqisiga koʻtarildi.  




Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish