42
3,5 va 2,4 ts/ga, O’zbek-2 navida – 1,0; 0,8 va 1,6 ts/ga ni tashkil qildi.
Ilmiy manbalardan ma’lumki, soya o’simligining
gullashi va dukkaklari
shakllanishi davrlarida namlikka, ayniqsa havoning
nisbiy namligiga talabchan
bo’ladi. Havoning yuqori harorati va past nisbiy namligi ta’sirida hosil elementlari
to’kilib ketadi [70]. Ilmiy izlanishlarimizda turli soya navlarining urug’
hosildorligini nisbatan kamligi havo haroratining yuqori va nisbatan quruq bo’lishi
bilan izohlash mumkin.
3.2. Fotosintetik mahsuldorligi
Fotosintez o’simlik organizmidagi asosiy jarayonlardan biri bo’lib, uning
dinamik holati ichki va tashqi omillarning uzviy ta’siri bilan belgilanadi [80,88].
Muhit sharoitlarining har qanday o’zgarishi avvalambor fotosintez jarayonlarining
jadalligi va yo’nalishiga ta’sir qiladi. Bu esa pirovardida o’simlikning o’sishi,
rivojlanishi va hosildorligining o’zgarishlariga olib keladi. O’simliklarning
turli
iqlim va tuproq sharoitlarida o’sishi va hosildorligi turli fiziologik jarayonlarning,
ayniqsa fotosintezning muhit sharoitlariga moslashishiga bog’liq bo’ladi.
SHu boisdan Xorazm vohasining o’ziga xos tuproq-iqlim
sharoitlarida turli
soya navlari o’simliklarining barglarida fotosintez jarayonlarining asosiy
ko’rsatkichlari –
barg sathi, fotosintez jadalligi, fotosintezning
sof mahsuldorligi
va plastid pigmentlarining miqdorlari o’rganildi. Tajribalar vegetatsion usulda
amalga oshirildi.
O’rganilgan soya navlarining barglaridagi fotosintez jadalligi kun davomida
uch marta, ya’ni ertalab soat 9
00
da, tush payti soat 13
00
da, kechqurun soat 17
00
da
aniqlandi. Olingan natijalar 3.4-jadvalda keltirilgan.
Tajribalar natijalaridan ma’lum bo’ldiki, vegetatsion idishlarda o’stirilgan
soya o’simliklarining barglaridagi fotosintez jadalligi o’simlikning nav
xususiyatlariga, rivojlanish davrlariga bog’liq holda hamda kun davomida o’zgarib
boradi. Barcha soya navlarida chinbarg bosqichida
fotosintez jadalligi tushki
soatlarda eng yuqori bo’lishi aniqlandi. Mavsum davomida o’simliklarning yalpi
43
gullash davriga fotosintez jadalligi ortib bordi, dukkaklar shakllanish davrigakelib
biroz sekinlashdi. SHuningdek gullash va dukkaklarning
shakllanish davrlarida
tushki soatlarda va undan keyingi soatlarda (13
00
, 17
00
) fotosintez jadalligining
sekinlashganligi (depressiyasi) kuzatildi.
O’rganilgan soya navlari orasida eng
yuqori fotosintez jadalligi
vegetatsiyaning barcha davrlarida Genetik navida aniqlandi.
Ma’lumki, o’simliklardagi fotosintez jarayoni barglarda amalga oshadi. SHu
bois barglarning tuzilishi va ularning holati o’simliklarning genotipiga va o’stirish
sharoitlariga bog’liq holatda bo’lib, fotosintez jarayonlarining mahsuldorligini
belgilaydi. Turli tuproq-iqlim sharoitlari bargning o’lchamlari va holatiga ta’sir
qiladi. SHularni e’tiborga olib, tajriba dalasida turli
soya navlarida fotosintez
jadalligini o’rganish bo’yicha vegetatsion tajribalar amalga oshirildi. Turli soya
navlari o’simliklarini
Do'stlaringiz bilan baham: