erkin rivojlantiruvchi faoliyat, ya’ni bola o‘yinni o‘zi tanlaydi, unda faol ishtirok etadi. Bunda birinchi navbatda yakuniy natija emas, balki o‘yin jarayoni muhim ahamiyatga ega;
ijodiy xarakter, ya’ni o‘yin jarayonida bolalar uchun ijod qilishga katta imkoniyatlar mavjud;
emotsional ta’sir - bola o‘yinda markaziy o‘rin egallashni xoxlaydi, Qolib bo‘lishga intiladi, bu bolaning faolligini oshirishga yordam beradi;
asosiy va qo'shimcha qoidalar o‘yin mazmuni, uni mantiqiy ketma-ketligini belgilaydi.
O‘yin strukturasiga maqsad, rejalashtirish, maqsadga erishish, natijalarni tahlil qilish kabi komponentlar kiradi.O‘yinning eng asosiy xususiyati uning ijodiyligidadir. U o‘zaro kurash, musobaqalashish, raqobat shaklida namoyon bo‘ladi.Nazariy jihatdan o‘yinga faoliyat, jarayon va o‘qitish metodi sifatida qarash mumkin.
O‘yin faoliyat sifatida maqsadni belgilab olish, rejalashtirish va amalga oshirish, natijalarni tahlil qilishni qamrab oladi va bunda shaxs sub’ekt sifatida o‘z imkoniyatlarini to‘la amalga oshiradi.
O‘yinli faoliyatni motivatsiyalash o‘yin xarakterining musobaqalashish shartlari, shaxsning o‘zini namoyon qila olishi, o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish ehtiyojlarini qondirishdan kelib chiqadi.
Jarayon sifatida o‘yin tuzilmasi (G.K. Selevko ta’biricha) quyidagilarni qamrab oladi: o‘ynash uchun olingan rollar;
bu rollarni ijro etish vositasi bo‘lgan o‘yin harakatlari;
haqiqiy narsalarni shartlilarga almashtirish;
o‘yinda ishtirok etuvchilarning real o‘zaro munosabatlari;
o‘yinda shartli ravishda yaratilgan syujet (mazmun).
Har qanday texnologiyada, jumiadan, o‘yin texnologiyalarida ham, o‘quv maqsadi aniq belgilanishi zarur. Bu texnologiyaning asosiy negizidir. Maqsad to‘g‘ri qo‘yilishi uchun tarbiyachi bolaga nimani o‘rgatmoqchi bo‘lganligini bilishi kerak. Bitta mashg‘ulotda bitta maqsad qo‘yilishi maqsadga muvofiq. Masalan, bolalarni 3 raqami bilan tanishtirish yoki yil fasllari haqida tushuncha berish va h.k.
O‘yin texnologiyalari (ayniqsa, bog‘cha bolalari uchun) rivojlantiruvchi maqsadlarni (bolaning idrok, xotira, diqqat, tafakkuri rivojlantirish) amalga oshirishi ham mumkin. Bunda o‘yin jarayonida yakuniy natija ko‘ra muhimroq bo‘ladi.
Maktabgacha ta’lim tizimida pedagogik o‘yinlarning shakllari va amalga oshirish metodlari. Pedagogik ijrochilik o‘yinlarini bola uch yoshdan boshlab o‘zlashtira boshlaydi. SHu yoshga kelib bola odamlar o‘rtasidagi munosabatlar bilan tanisha boshlaydi, hodisalarning ichki va tashqi tomonlarini ajrata boshlaydi, o‘zida ichki kechinmalarni seza boshlaydi. Ularga munosabat bildiradi.
Tabiatda bolalar mehnati Bolalarning tabiatdagi mehnati katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Mehnat qilish jarayonida bolalarda tabiatga bo‘lgan munosabatlar shakllanadi. Tabiatdagi mehnat bolalarda berilgan topshiriqqa mas’uliyat bilan yondoshishni tarbiyalaydi.Biroq buning uchun bolalar zarur mehnat malakalarini egallab olgan bo‘lishlari, o‘z mehnatlarining ahamiyatini tushunishlari lozim. Tabiatdagi mehnat maktabgacha yoshdagi bolalarning sensor tarbiyasi uchun qulay sharoitlar yaratadi. Tarbiyachi bolalarni mehnat orqali maqsad va natijalarga erishish, narsalarning sensor belgilarini nazarda tutishga o‘rgatadi. Masalan, o‘simlikning suvga muhtojligini aniqlash uchun uning holatini — barg va poyasining elastikligi, pishiqligi yoki uning so‘lg‘inligi, yumshoqligini, tuproqda esa — uning namligi, zichligi va shu kabi belgilarni hisobga olish lozim.
Mehnat jarayonida bolalar o‘simliklar holatining yorug‘likka, namlikka, issiqlikka, yaxshi tuproqqa bo‘lgan ehtiyojlarining qondirilishiga bog‘liq ekanligini anglab oladilar.Bolalar muhitning o‘zgarishi, qonuniy tarzda o‘simliklar
holatini ham o‘zgartirishini bilib oladilar. Bu munosabatlarni o‘zlashtirishlari ularning mehnatga bo‘lgan munosabatiga ham ta’sir etadi — mehnat ongli va maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lib boradi. Bolalarda mehnatga qiziqish, mehnatsevarlik shakllanadi.
Tabiatdagi mehnat — kuzatuvchanlikni o‘stirish usullaridan biridir. Agar kuzatish mehnat bilan bog‘langan bo‘lsa, samaraliroq bo‘ladi.Tabiatdagi mehnat jarayonida tarbiyaviy vazifalardan tashqari ta’limiy vazifalar ham hal qilinadi. Bolalar mehnat orqali, o‘simliklarning xususiyatlari va sifatlari, ularning tuzilishi, ehtiyojlari, rivojlanishining asosiy bosqichlari, o‘stirish usullari, o‘simliklar hayotidagi mavsumiy o‘zgarishlar haqida, hayvonlar, ularning tashqi ko‘rinishi, ehtiyojlari, harakat qilishlari, hayot tarzlari va ularning mavsumiy o‘zgarishlari haqida tasavvurga ega bo‘ladilar. Shu jumladan, hayvonlarni tabiat burchagida parvarish qilishni o‘rganadilar va shu orqali mehnat malakalarini egallaydilar.
Tabiat bilan tanishtirishda bolalar mehnatini tashkil etish.
Bolalarni tabiatdagi mehnati yakka topshiriq shaklida va jamoa mehnat tarzida tashkil etiladi. Yakka topshiriq bolalar bog‘chasidagi barcha yosh guruhlarda qo‘llaniladi. Bular tarbiyachiga bolaning xatti-harakatini puxtaroq boshqarish: yordam ko‘rsatish, qo‘shimcha tushuntirish, maslahat berish, topshiriqning bajarilishini nazorat qilish, bolaning faoliyatini boshqarish imkonini beradi.Bularning barchasi malaka hamda ko‘nikmalarning aniq va mustahkam shakllanishiga, shuningdek, topshirilgan ish uchun mas’uliyat his etish, g‘ayrat bilan mehnat qilish odatining tarbiyalanishiga yordam beradi.
Jamoa mehnati bir vaqtning o‘zida guruhning barcha bolalarida mehnat malakalari va ko‘nikmalarini tarbiyalashga imkon yaratadi. Mehnatning bu shakli jamoadagi munosabatlarning tarkib topishi uchun zarurdir. Bunda mehnatning umumiy maqsadini tushunish, kelishib olish, o‘z harakatlarini muvofiqlashtirish, ishni hamkorlikda rejalashtirish, o‘rtoqlarga yordam berish, ularning mehnatini baholash kabi muhim ko‘nikmalar shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |