16
ammo maqsaddan chalg‘itadiganiga qarshi o‘larok bajarish ko‘nikmasi va shu
kabilar e’tiborga loyiqdir. Bo‘lajak o‘quvchi xulq-atvoridagi ixti
yo
riylikning
rivojlanish asosini maktabgacha ta`lim
yosh
i oxiriga kelib tarkib topadigan
sabablar, o‘zaro buysunuvchilari tashkil qiladi. Maktabga axloqiy-irodaviy
tayyorlikning tarkib topishida, shuningdek, katta maktabgacha ta`lim
yosh
idagi
bola shaxsiy xulq-atvoridagi
mustaqillik uyushganlik va intizomlilik
kabi
xususiyatlar ahamiyatlidir. Mustaqillik bilan uzviy bog‘langan xulq-atvor
qoidalarini bajarish, yangi sharoitlarda harakatning to‘g‘ri, odatiy usullaridan
foydalanish,
yordam
berishga tayyorlik qobiliyatidir. Mustaqillik va xulq-
atvordagi uyushganlik intizomlilik bilan xulq-atvordagi maqsadga yo‘nalganlikda,
o‘z faoliyatini maktabgacha ta’lim tashkilotda qabul qilingan qoidalarga muvofiq
ongli tashkil eta bilishda, faoliyat natijasiga erisha bilish va uni nazorat qilish, o‘z
xulq-atvorini boshqa bolalarniki bilan muvofiqlashtirish, o‘z xatti-harakatlari
uchun shaxsiy ma’suliyatni his qilishda o‘z ifodasini topadi. Maktabga axloqiy-
irodaviy tayyorlikning boshqa muhim tarkibiy qismi bolaning katta
yosh
lilar va
tengqurlari bilan o‘zaro munosabatlarini qoidalarga muvofiq tashkil eta bilishdir.
Tajribaning ko‘rsatishicha, maktabdagi o‘qish sharoitlariga moslashish oldingi
yillarda bolalarda «jamoatchilik» sifatlari: do‘stlarga nisbatan xayrixoh, hurmat
bilan munosabatda bo‘lish, tashkilotchilik ko‘nikmalari, xushmuomalalik,
g‘amxo‘rlik bildirish, o‘zaro
yordam
ga hozirlikning qanchalik muvaffaqiyatli
shakllantirilganligiga bevosita bog‘liqligini ko‘rsatadi. Bola xulq-atvorida
jamoachilik hislarida bunday majmuaning mavjudligi uning maktabga axloqiy
tayyorgarligining ko‘rsatkichi bo‘la oladi va yangi jamoada tengqurlari bilan
muomalada ko‘tarinki, ijobiy ruhni yuzaga keltiradi. Maktabga axloqiy-irodaviy
tayyorlik, shuningdek, axloqiy hissi
yo
t va bola ongi rivojining muayyan darajasi
bilan ham ifodalanadi. Bu o‘rinda eng ibratlisi bolalarning axloqiy xulq-atvorining
ijtimoiy ahamiyatini tushunish, ularda o‘z xatti-harakatlarini mustaqil baholash
qobilyatini rivojlantirish, ma’suliyat, haqgo‘ylik, insoniylik va fuqarolik
hissi
yo
tlari elementlarini shakllantiridir. Axloqiy-irodaviy tayyorlik tarkibiga
maktabgacha ta`lim
yosh
idagi bolaning mehnatga munosabatini ifodalovchi
sifatlar majmui ham kiradi. Bu mehnat qilish ishtiyoq
i
, atrofdagilar mehnatiga
hurmat, zarur mehnat malakalarini egallashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: