Microsoft Word devoni hikmat ziyouz com doc


Mazkur to‘rtlik mavjud qo‘lyozmalarda



Download 319,53 Kb.
Pdf ko'rish
bet77/79
Sana12.01.2022
Hajmi319,53 Kb.
#335610
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   79
Bog'liq
Ahmad Yassaviy - Devoni hikmat

Mazkur to‘rtlik mavjud qo‘lyozmalarda 

quyidagi shaklda bitilgan: 

 

N nusxada:

 

O’n beshimda huru g‘ilmon qarshu keldi, 

Boshin urub, qo‘l qovshurub ta’zim qildi. 

Firdavs otlig‘ jannatidin muhzir qildi, 

Diydor uchun barchasini qo‘ydum mano. 

 

A,J,D,Ye nusxalarida:

 

O’n beshimda huru g‘ilmon qarshu keldi, 

Boshin urub, qo‘l qovshurub ta’zim qildi. 

Firdavs otlig‘ jannatidin muhzir keldi, 

Diydor uchun barchasini surdum mano. 

 

G nusxada:

 

O’n beshimda huru g‘ilmon qarshu keldi, 

Boshin urub, qo‘l qovshurub ta’zim qildi. 

Firdavs otlig‘ barchasidin muhzir keldi, 

Diydor uchun barchasini suydum mano.

 

 



Bizningcha, "muhzir" so‘zi "muxsir" ham emas, "mazhar" ham emas, balki 

qo‘lyozmalarda bitilganidek, "muhzir"dir. "Qomusi turkiy"da izohlanishicha, o‘zagi 

"huzur" bo‘lgan "muhzir"ning bir necha ma’nolari bor. Chunonchi, 1. Muhzir - mahkama 

xodimi; muboshir, ya’ni xushxabar keltiruvchi; 2. Mahzar - huzur yeri; buyuk bir zotning 

huzuri; hozir bo‘lish; bir qancha kishilar tomonidan imzolanib, bir oliy maqomga taqdim 

etiladigan istid’onoma, ya’ni arzi mahzar (Qomusi turkiy, Istanbul, 1317 y., 1302-bet). 

Demak, "muhzir" ham "mahzar" ham hikmat mazmuniga muvofiq keladi. Xullas, 

qo‘lyozmalarni qiyoslash orqali mavjud nashrlarda yo‘l qo‘yilgan xatolarni bartaraf etish 

ham "Devoni hikmat"ning qiyosiy-yig‘ma matnini tayyorlash zaruriyatini ko‘rsatadi. 



Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad Yassaviy 

 

 



www.ziyouz.com

 kutubxonasi 

82

Sizga taqdim etilayotgan hikmatlarning ayrimlari bir nechta nusxalarda mavjud bo‘lsa, 



ba’zi birlari faqat birgina nusxadan o‘rin olgan. Masalan, "Ishq dardini oshiqlarg‘a tuhfa 

berdi", "Alloh, Alloh, subhanalloh, qayon ketay?", "Orif uldur Haq amrini pos aylasa", 

"Ishq tajalli qilsa kimni vujudinda", "Keling do‘stlar pir xizmatin bayon aylay", 

"Oshiqlarning so‘rog‘i, sodiqlarning yarog‘i" deb boshlanadigan hikmatlar faqatgina Q 

nusxada mavjuddir. N nusxadagi: "Oshiqlari qolni o‘qub holg‘a kirsa", "Avval saning 

hamding oytoy qodir Xudo", "Muhabbatning daryosig‘a o‘zum ottim" misralari bilan 

boshlanadigan hikmatlar biz ko‘rgan biror nusxada mavjud emas. Bunday misollarni 

yana ko‘plab keltirish mumkin. 

Albatta, taqdim qilinayotgan hikmatlarda ham xilma xilliklar, qator matniy noqisliklar, 

vazniy saktaliklarga duch kelinadi. Ularni iloji boricha to‘g‘ri o‘qish, kotib xatolarini 

tuzatish uchun matndan tushib qolgan ba’zi misra, so‘z, ibora, qo‘shimcha va hatto 

harflarni yordamchi nusxalar ko‘magida tiklash va tuzatishga harakat qilindi. Bunday 

tuzatishlarni bir necha tiplarga ajratish mumkin. Chunonchi: 


Download 319,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish