Microsoft Word dasturida ishlayotgan Alijon klaviaturani o’rganayapti. U matn terayotganida noto’g’ri belgini kiritib qo’ydi va uni o’chirish uchun harakat qildi
Microsoft Word dasturida ishlayotgan Alijon klaviaturani o’rganayapti. U matn terayotganida noto’g’ri belgini kiritib qo’ydi va uni o’chirish uchun harakat qildi. Ammo kursordan chapdagi belgilarni o‘chirish uchun qaysi tugmadan foydalanishni bilmas edi. Alijonga shu vazifani bajaradigan tugmani ko’rsating va uning nomi o’zbek tilida qanday ma’noni anglatishini tushuntiring?
Anvar Microsoft Word dasturida ishlayapti va matn terishni, klaviaturani o’rganmoqda. U matn terish davomida yangi abzatsdan yozmoqchi. Siz unga yordam bering: klaviaturani topib bering, hamda ushbu tugmaning nomi o’zbek tilida qanday ma’noni anglatishini tushuntiring.
Malika Microsoft Word dasturiga ishlayapti. U belgilangan vazifani bajargach, Word dasturi ish faoliyatida qolgani holda, o’zi qayta ishlagan faylni ishga tushurmoqchi bo’ldi. U buni qanday amalga oshiiradi. Malikaga yordam bering.
Microsoft Word dasturida matndagi asosiy so’zlarni belgilab, ularni ajralib turishi uchun qalin va kursiv qilmoqchi bo’lgan Elbek, bu vazifani klaviaturaning strelkali tugmalari yordamida bajarmoqchi bo’ldi. Buning uchun qo‘shimcha ravishda qaysi tugmadan foydalanishi kerak
Elbek yuqoridagi masalada Microsoft Word dasturida asosiy so’zlarni sichqoncha yordamida qanday tezkor belgilab olishi mumkin.
Nodir Microsoft Word dasturida ishlayotgan buvisiga qarab turib, buvisining wordda qiynalib ishlayotganini sezib qoldi. U buvisiga qulaylik yaratib berish uchun word ishchi sohasini kattaroq qilib bermoqchi bo’ldi. U CTRL tugmasini bosib turib nimadir qildi, shunda word masshtabi kattagina bo’lib qoldi. U buni qanday bajardi?
Husniddin Microsoft Word dasturida ishlay turib, 100 sahifalik matnning turli tuman shriftlarda yozilganligini va buni faqat “Times New Roman” shriftiga o’tkazmoqchi bo’ldi. Buning uchun klaviatura yordamida hujjatning barcha sahifasini tezkor belgilab olmoqchi bo’ldi. Husniddin qaysi tugmalar yordamida bu amalni bajara oladi?
Karim kompyuterda ishlamoqchi bo’lganida ko’rdiki, singlisi uning sichqonchasini olib noutbukda o’yin o’ynayotgan ekan. Sichqoncha uchun singlisi bilan janjallashishni istamagan Karim, word dasturida matn terib, informatikadan vazifani bajarmoqchi bo’ldi. Lekin hechqachon sichqonchasiz wordni ishga tushirmagan edi. U word dasturini sichqonchasiz qanday ishga tushirsa bo’ladi? Worddan chiqish uchunchi?
Vali kompyuterda yozayotgan edi. To'satdan, uning barcha xatlari katta harflar bilan yozila boshladi. Nima sodir bo `ldi?
Microsoft Word dasturida hujjatga matn kiritilayotgan vaqtda kursor o‘zidan keyingi belgilarni o‘chirib yuborayotganini ko‘rib qoldingiz. Kursor o‘zidan keyingi belgilarni surish orqali matnlarni kiritish uchun ushbu rejimni qanday bekor qilish mumkin.
Abdurasul word dasturida yozayotganida ba’zi so’zlar tagida qizil to’lqinsimon chiziq paydo bo’layotgnini ko’rdi va bu nima uchun sodir bo’layotganini bilmqochi bo’ldi. Aytingchi bu nima uchun sodir bo’ladi?
Komiljon word dasturida yozayotgan maqolasida formula ( ) qatnashgan edi. U murakkab ko’rinishidagi fomulani qanday kiritishni bilmay, ustoziga murojaat qildi. Aytingchi Komil formulani qanday hosil qilishi kerak?
20 ta geometrik shakl chizib shakl ichida nomini yozing:
Doira
To’rtburchak
Ranglar nomini(10ta) katta shriftlarda yozing va yozilgan shrit rangini shu rang bilan ifodalang: QIZIL, QORA, SARIQ
Ranglar nomini(10ta) katta shriftlarda yozing va yozilgan so’zning fon rangini shu rang bilan ifodalang: QIZIL, SARIQ, …
Quyidagicha boshqaruv shaklini word dasturida yarating va ular haqida ma’lumot bering.
Jaloliddin Bloknot dasturida ham Word dasturida ishlagan. Word dasturining imkoniyatlarini bloknot dasturi imkoniyatlari bilan solishtirish maqsadida bu dasturlarning bajarilishi mumkin bo’lgan funksiyalarni yozib chiqmoqchi bo’ldi. Sizning vazifangiz wordda mavjud, ammo bloknotda mavjud bo’lmagan 10 ta amalni yozib ko’rsating.
Shoxsanam word dasturida kerakli hujjatni tayyorladi va chop qilishga o’sha kompyuterda imkoni yo’qligi tufayli uni kompyuter hotirasiga saqlab, keyinroq USB fleshka bilan olib ketmoqchi bo’ldi. Fleshka bilan keldi, ammo hujjatini topish muammo bo’ldi. Shoxsanam hujjatini qanday yo’llar bilan topishi mumkin?
Diyor “Jizzax haqiqati” gazetasiga maqola yozayotganida, adabiyotimizning yirik namoyondalari fikrlaridan foydalandi. Bu fikrlarga izoh(сноска) qoldirmoqchi bo’ldi. Izoh uchun juda harakat qildi, ammo uddalay olmadi. Izoh joylash uchun Diyorga yordam bering.
G’anisher word dasturida ishlay turib, zerikkanidan o’zining ichki kechinmalarini word sahifalariga yozdi. Uni boshqalar o’qimasligi uchun parollab qo’ymoqchi bo’ldi. Buni qanday amalga oshirishni bilmadi. G’anisherga yordam bering.
Mavjuda Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialiga o’qish uchun hujjat tayyorlamoqchi wordda tavsifnoma yozdi. Hujjatning namunasida yuqoridan 2sm, pastdan 2sm, chapdan 3 sm va o’ngdan 1.5 sm joy qoldirish ko’rsatilgan edi. Mavjuda qaradiki, word oynasida chizg’ich yo’q. Mavjudaga yordam bering.
Ustozi Hilolaning insholar tanloviga word dasturida yozgan inshosida “o‘” harfini “o’” ko’rinshida ifodalab, 200 dan ortiq xato qilganini aytdi. Abror esa bu xatoni bir amal bilan to’g’rilash mumkinligini ko’rsatib berdi. Abror qanday amaldan foydalandi?
Hasan hujjat bilan ishlash maqsadlaridan kelib chiqib Microsoft Word dasturi Ko‘rinish (Вид) tasmasi orqali hujjatni aks ettirishning bir necha ko‘rish holatlarini tavsiya etilganligini biladi. U qaysi ko’rinishda A4 formatida qog’ozga chop qilingandek ko’rinishini bilmoqchi. Hasan nima qilishi kerak.