Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/177
Sana22.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#690254
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
102
— Menmi? 
— Ha, sen. 
— Poezdga chiqmoqchiman. Jadval ko‘ryapman. 
— Hujjat bormi? 
— Qanaqa xujjat? 
— Oddiy hujjat: pasport, guvohnoma, ish joyidan spravka. 
— Bor, men faqat... 
—Qani, ko‘rsat.
Avdiy chaynaldi. 
— Bilasizmi, o‘rtoq, bu men, o‘rtoq, o‘rtoq... 
— O’rtoq leytenant,— g‘ashi kelib dedi militsioner. 
— Men, o‘rtoq leytenant, shuni aytmoqchiydimki... 
— Nima demoqchi bo‘lganingni keyin bilaveramiz. Hujjatlarni ol. 
Avdiy tovsillana-tovsillana cho‘ntagidan g‘ijimlanib tanib bo‘lmas ahvolga kelgan pasportini 
chiqardi. 
— Mana,— deb uzatdi militsionerga.— Pasportim. 
— Pasportmish!— militsioner Avdiyga g‘ijinib qaradi.— Sen nimaga meni laqillatyapsan? Yana 
pasport deydi! Ma, ol, o‘zingga siylov. Men bilan bo‘limga borasan. O’sha yerda kimligingni 
aniqlaymiz. 
— Men axir, o‘rtoq leytenant...— o‘zining nochor ahvolidan, tayanib turgan taxtasidan, atrofga 
birin-sirin yig‘ilayotgan bekorchilardan xijolat chekib dedi Avdiy,— men, bilasizmi, gazetaning 
muxbiriman. 
— Hali sen muxbirmisan!— xunobi oshdi militsionerning. Nazarida uni ochiqdan-ochiq va 
surbetlarcha laqillatishayotganday tuyuldi.— E, qani, bu yoqqa yur-chi, muxbir! 
Yig‘ilgan tomoshatalablar mazax qilib kulishdi. 
— Topgan gapini qarang — muxbirmish! 
—Balki hali tashqi ishlar ministriman ham dersan?
Jahldor leytenant orqasidan borib, kutish zalidan o‘tishga to‘ri keldi. Endi kim duch kelsa, shu 
Avdiyga o‘girilib qarar, bir-birlariga pichirlashar, kulishardi. Katta og‘och o‘rindiqda yuklari bilan 
o‘rnashib olgan oila yonidan o‘tib borayotganda Avdiyning qulog‘iga uzuq-yuluq so‘zlar chalindi: 
 
Kichkintoy qizcha
: - 
Oyi, oyi, qarang, kim bu? 
Ayol: - Voy, bolaginam-ey, bu qaroqchi. Ko‘rdingmi, uni militsoner amaking ushlab olibdi. 
Erkak:
 -
Muning nimasi qaroqchi. Patak o‘g‘risi. Cho‘ntakkesar. Xuddi o‘zi. 
Ayol: - Voy, nima deyapsan, Misha. Ko‘rinishi o‘zi shunaqa bechora. Xilvatroq joyda duch 
kelsang, so‘yib ketadi... 
Lekin, Avdiy uchun eng dahshatli, kutilmagan ish hali oldinda edi. Leytenantning ortidan vokzal 
yonidagi talay uylardan birining eshigidan ichkariga qadam qo‘ygan Avdiy o‘zini derazasi maydonga 
qaragan kattakon militsiya xonasida ko‘rdi. Telefon qo‘yilgan stolda o‘tirgan unvoni kichikroq 
militsiya xodimi leytenantni ko‘rib, o‘rnidan turdi. 
— Hammasi joyida, o‘rtoq leytenant,— deb axborot berdi u. 
— O’tir, Bekbo‘lat. Mana yana bir mehmon,— deb Avdiyga ishora qildi leytenant.— Qara, 
shahzodalarga o‘xshaydi! Yana muxbirman deydi! 
Avdiy ichkariga kirgach, atrofga alanglab karadi va sal bo‘lmasa baqirib yuboray dedi. 
Shag‘amday qotdi. Ne ko‘z bilan ko‘rsinki! Eshikdan kiraverishda chap tomonda qalin simlardan 
qo‘pol qilib yasalgan va xonani poldan shipgacha ikki bo‘lakka ajratgan to‘siq orqasidagi burchakda 
xuddi panjaraga solingan maxluqlarday bo‘lib choparlar — nasha yig‘uvchi xumorilar: Petruxa, 
Lyonka, Maxach, Kolya, ikki qo‘poruvchi chopar va yana qandaydir bolalar hammasi bo‘lib o‘n-o‘n 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish