Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/177
Sana22.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#690254
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
114
edi. G’arib edi. G’aribdan g‘arib. Kuzning shamollari shuvillab daraxtlarning boshlarini egadi. Tez 
orada qor tushadi. Qor daraxtlarni ham, Avdiyni ham ko‘mib ketadi. Hammasini qor bosadi va 
hammasi unutiladi... Avdiy jonidan to‘ygan edi. Agar shu soatlarda u Inganing kelmasligini yoki 
mabodo, kelsa ham, yolg‘iz kelmay, narsalari-yu kitoblarini yig‘ishtirib, so‘ng o‘z harbiy uchuvchisi 
bilan jo‘nab ketishini bilsa, shu zahoti hatto o‘ylab ham o‘tirmay, o‘zini poezd tagiga tashlagan 
bo‘lardi... 
Mo‘yinqum safari uchun zarur odamlarni to‘plab yurgan Ober-Kandalov
 
Avdiy Kallistratovni 
mana shunday og‘ir soatda, bemahal bir vaqtda Jalpoq-Soz vokzalida uchratdi. Ober-Kandalov ancha 
ko‘zi pishgan odam bo‘lsa kerak, har qalay, bir qarashda Avdiy g‘oyatda nochor ahvolda ekanligini va 
o‘zini qo‘yishga joy topolmayotganligini bildi. Haqiqatan ham, Ober-Kandalov Avdiyni Mo‘yinqum 
cho‘liga ikki-uch kunga mo‘may pul ishlab kelish uchun taklif qilganda, u darhol ko‘na qoldi. U shomi 
g‘aribonda nima bo‘ladi-nima qo‘yadi deb, shumshayib o‘tirmaslik uchun har narsaga tayyor edi. Balki 
Mo‘yinqumdan pul topib qaytgunimcha, Inga Fyodorovna ham kelib qolar va hammasi joy-joyiga 
tushib ketar: yoki u (o, qanday baxt!) sevgani bilan butkul qovusha-di, yoki orqaga qaytishga, yana 
yashash uchun o‘zida kuch topishga to‘g‘ri keladi... Lekin bunisidan u juda-juda qo‘rqadi... 
O’sha kecha Ober-Kandalov Avdiyni yong‘indan saqlanish binosiga olib bordi. U shu yerda bo‘sh 
karavotda tong ottirdi... 
Ertasiga ertalab hammalari mashinalar karvonida Mo‘yinqum cho‘liga qirg‘inga otlandilar. 
O’ynab-kulib kelamiz derdilar... 
 
* * * 
Mana endi ular Avdiy Kallistratovni sud qilishardi. Ular deganimiz — besh aroqxo‘r — Ober-
Kandalov, Mishash, Kepa, Gamlet-Galkin va Aborigen-Uzuqboy. To‘g‘rirog‘i, Gamlet-Galkin va 
Aborigen-Uzuqboy faqat tomoshabin bo‘lib turishar, anov quturib sud qilayotgan uchovni qandaydir 
yumshatishga qo‘rqa-pisa, botinib-botinmay urinishardi. 
Gap shundaki, kechga borib, ho‘v vagonda bo‘lganiday yana Avdiyning jini tutdi. Shundan keyin 
o‘ch olish boshlandi. Mo‘yinqum kiyiklariga uyushtirilgan qirg‘in Avdiyga shunchalar og‘ir ta’sir 
qildiki, bu xunrezlikni darhol to‘xtatishni talab qildi, vahshiylashib ketgan ovchilarni tavbaga chaqirdi, 
Xudodan kechirim so‘raylik dedi, Gamlet-Galkin, Uzuqboyga menga qo‘shilinglar, deb yalindi. 
“Uchovlon bo‘lib, Ober-Kandalov va uning malaylarini tashlab ketaylik, jahonga bir jar solaylik, har 
birimiz Xudoni, Olloh Karimni o‘ylaylik, Uning behudud rahm-shafqatidan umidvor bo‘laylik, tirik 
tabiatga yetkizgan ziyon-zahmatimiz uchun, qilgan gunohlarimiz uchun Undan mag‘firat tilaylik, 
inchunun, chin dildan tavba-tazarru qilibgina marhamatiga yetishmoq mumkin”. 
Avdiy qichqirar, qo‘llarini osmonga ko‘tarar, menga qo‘shilinglar, yomonlikdan poklanaylik, 
istig‘for aytaylik, deb yolvorardi. 
U jazavaga tushar, bema’ni va kulgili bo‘lib ko‘rinar, xuddi oxir zamon kelganidan xabar 
berayotganday bo‘kirar, faryod ko‘tarar, nazarida hamma-hammasi zulmat chohiga, jahannam olovlari 
ichiga qulayotganday edi. 
U mo‘may pul ishlash uchun kelganlarni Xudo bilan yarashtirmoqchi bo‘lardi... Ko‘z ilg‘amas 
Mo‘yinqum kengliklarida avjga minib borayotgan qirg‘in barotni to‘xtatishga ko‘shish etardi. Lekin 
har narsadan qudratli mexanizatsiyaga kuchi yetarmidi uning... 
Yengib bo‘lmas narsani yengaman derdi... 
Shundan so‘ng Mishashning maslahatiga ko‘ra uni arqon bilan chirmab bog‘lashdi-da, mashinaga 
yuklangan o‘lgan sayg‘oqlar ustiga itqitishdi. 
— Shu yerda yot, onangni. Sayg‘oq bilan qo‘shmozor bo‘l!— deb hirqiradi Mishash azbaroyi 
bo‘g‘ilib.— Chaqir endi Xudoyingni! Balki chaqirganingni eshitsa, oldingga tushar, he, onangni... 
Tun edi. Mo‘yinqum osmonida oy edi. Hammayoq qonga botgandi. Barcha tirik jonivorlar va hatto 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish