www.ziyouz.com kutubxonasi
6
vassallam) “Mendan keyin payg’ambar keladigan bo’lganda edi, u holda Umar ibn
Х
attob
payg’ambar bo’lib kelardi” deganlar. Bunda ul zotning Umarga bo’lgan katta hurmati va
yuksak bahosi ifodalanganlar.
Mashhur muhaddislardan Ibn Mojaning keltirishicha, Anas ibn Molikda shunday gap bor.
Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)dan so’rashibdi:
— Aytingchi, eng yaxshi ko’rganingiz kim?
— Oysha,— debdi u kishi.
— Erkaklardan-chi,— deb so’rashganda.
— Oyshaning otasi,— deb javob bergan ekanlar.
Ma’lum bo’ladigan mulohaza shuki, paygambarga eng yaqin zotlar Abu Bakr bilan Umar
ikkalovi ekan.
Islom tarixchilarining ko’rsatishlaricha, payg’ambar (sallallohu alayhi vassallam)
anjumanda bo’lganda hech kim u kishiga tik qaray olmas ekan. Faqat Abu Bakr bilan
Umar u kishiga qarab so’zlar, ba’zan o’zaro kulib gaplashib o’tirishar ekan.
Bir gal do’stlar orasida payg’ambar o’z yaqin odamlarini fath etilgan mamlakatlarga
yuborishi va u yerlarda islom tartibi o’rnatilishi haqida gapirib qoladilar. Shunda kimdir:
— Abu Bakr bilan Umarni ham yuborasizmi?— deb so’rab qoladi. U kishi esa:
— Yo’q, bular ikkalasi doim yonimda bo’ladi, bular misoli mening qulog’imu
ko’zimdur,— degan ekanlar.
Bir kuni Abu Bakr bilan Umar qo’qqisdan sahobalar bilan suhbat qurib o’tirgan
payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) huzurlariga kirib qolishadi. Shunda payg’ambar
oi’tirganlarga qarab:
—
Х
udoga shukrki, bu ikkovi meni baquvvat qildi,— deganlar.
Mana shu kabi ko’p fikr va mulohazalar o’rtaga tashlandi. Boshliqlik kursisiga da’volar
va bular jarayonida bahslar paydo bo’ldi. Ko’p bahslardan so’ng Abu Bakr nomzodiga
to’xtalinganday vaziyat yuzaga keldi. Shunda sahobalardan Abu Bakr tarafdori bo’lib
gapirganlar dalili boiqalardan ustun keldi.
Ularning bir dalili shu edi. Ya’ni yuqorida eslaganimiz: “Bugun namozga Abu Bakr o’tib
bersinlar”,— degan so’zlari asos bo’ldi. Shunda Abu Bakr imomlikka o’tib, namozni ado
etganlar. Bu hol namrzxonlar xotirasida qoladi. Nega payg’ambar(sallallohu alayhi
vassallam) o’zlari imomlikka o’tmay, Abu Bakrni o’tkazdilar. Nega boshqa bir odamga —
Umargami, Usmongami, Aligami, yo biror botshqaga tayinlamay, aynan Abu Bakrga
tayinladilar — bu ham odamlar mulohazasida edi. U kishi haqida hech narsa demasdan
qo’qqisdan shunday dedilar, demak, boshqalarga nisbatan u kishida ustun bo’lgan
yaxshi hislatni ko’rgan, bilganlar. Shundan bu yo’lni tutganlar.
Х
ullas ko’p mulohazalardan keyin payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)ga
o’rinbosarlikka Abu Bakr loyiq topildi, shundan xalifalik lavozimi yuzaga keldi va birinchi
bo’lib bunga Abu Bakr sazovor bo’ldi.
Abu Bakr davrida ko’p o’lkalar zabt etildi, Dajla va Frot daryosi o’rtasidagi o’lkalar
egallandi, nixoyat Eronga ham askar yuborildi. Vizantiya tomonga ham yurish qilishdi.
Bu vaqtda Vizantiya qo’shinida ikki yuz ming askar bor edi, arablarda esa bor yo’g’i o’n
ming askar bor edi, xolos. Sarkarda
Х
olid ibn Valid Shom (Suriya) tomonga yurish qildi.
U Busra amirligiga yurish qildi, uni va uning atroflarini egallab, askarlari soni dushmanga
nisbatan oz bo’lishiga qaramay, zafar qozondi. Abu Bakrning qisqa xalifalik davrida islom
mamlakati bir muncha kengaydi.
Qur’onni tartibga tushirish va uni bir jild holiga keltirish ishiga ham birinchi bor Abu Bakr
kirishadi. U Qur’onni tartibga tushirish uchun bir hay’at ham tashkil etadi.
Abu Bakr payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) yo’lini mahkam tutar, har bir
muayyan masalada u kishining yo’rig’i bilan ish ko’rar edi.
Chahoryorlar. Abdusodiq Irisov
Do'stlaringiz bilan baham: |