www.ziyouz.com kutubxonasi
32
kelishilmasa, yirik odamlarni yig’ar ekan-da, masalani ularga tushuntirar ekan. Shunda
bir fikrga kelishilsa, o’shanga qarab hukm chiqarilar ekan. Umar bunday ish tutib
masalaga javob topa olmasa, shunda masala bilan kelgan odamning o’ziga o’z fikr-
mulohazasi bilan ish ko’rishiga maslahat berar ekan.
Hadisshunos olim Dorimiyning keltirishicha, Ziyod ibn Jodir hazrati Umar bilan gaplashib
o’tirgan ekan. Shunda Umar so’rab qolibdi:
— Islomiyatni buzadigan narsa nima?
— Siz so’zlang, men eshitay,— debdi Ziyod ibn Jodir.
— Din odamlarining yanglish gapirishi, munofiqlar o’zlarining buzuq fikrlarini oyat yoki
hadis bilan isbotlashga urinib, musulmonlarni aldashlari va buzg’un hukm chiqaradigan
odamlardan bo’lib qolishidir.
Abu Bakr(roziyallohu anhu) Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)dan naql qiladi:
“Kimki bir gunoh ish qilib qo’ygan bo’lsa, taxorat qiladi. Keyin ikki rakat namoz o’qiydi,
undan keyin istig’for aytib,
Х
udodan gunohini kechirishini so’raydi, shunda gunohi
kechiriladi.
Yana shunisi ham borki, Abu Bakr islomni qabul qilgach, qirq ming dirxam kumush pulini
payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) va u zotga imon keltirganlarga sarflaydi. U imon
keltirganliklari uchun azobga giriftor bo’lgan yettita qulni sotib olib ozod etadi.
Rasululloh(sallallohu alayhi vassallam) Makkada yashagan o’n uch yil ichida har kuni
erta va kech Abu Bakr uyiga kelar, u bilan suxbatlashib o’tirar ekanlar.
Hadicha onamiz vafot etgach, Payg’ambarimiz ancha xafa bo’lib yuradilar. Shunda bir
kuni Abu Bakr qizi Oyshaning qo’lidan tutib:
— Yo Rasululloh, qizimni xotinlikka qabul eting, xizmatingizni qilib, g’amingizni aritsin, —
deydi.
Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) Oysha(roziyallohu anho)ni Madina shahrida o’z
nikohlariga Qabul etadilar.
Payg’ambarimiz(sallallohu alayhi vassallam)ning butun yurish-turishlarn xulq atvor
timsoli edi. U kishi hech kimni ayblamas, yomonlik qilganga yomonlik bilan jaiob
bermasdilar. Oysha Onamiz aytadilar: U kishi biroviing aybini kechirar, ular bilan
xushmuomalada bo’lardilar. O’zlari uchun birovdan qasd olmasdi. Hech bir qul yo
xizmatkorini urganlarini birov ko’rgan emas. Biror hayvonga ham zarar berganlarini
birov bilmasdi. Birov bir narsa so’rab kelsa, uni quruq qaytarmasdilar.
Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) hayotini Ali(roziyallohu anhu)dek yaxshi
biladigan biror zot yo’q edi. Chunki Ali(roziyallohu anhu) yoshlik chog’laridan boshlab u
kishi bilan birga edi, u kishi ko’z o’ngida ulg’aydi. Ali(roziyallohu anhu) doimo aytar
ekan: “Allohning elchisi kulib turadigan xush chehrali, fe’li-atvori yumshoq, ko’rinishida
kamtar, mutavoze, muhtaram ajoyib axloq sohibi edi”. U kishining yana yaxshi
xislatlaridan biri hech mahal u kishining og’zidan: yomon so’z chqmas edi. U kishi
odamlardagi kamchilik, ayb va nuqsonlarni hech mahal yuziga solmas, hech kimga ozor
beradigan so’z so’zlamasdilar. Biror odam u kishining xushiga kelmaydigan bir narsa
so’rab qoladigan bo’lsa, sukut qilar, o’y-andishaga cho’mar, lekin ma’qul tushmaganini
bildirmas, shunga ko’ra dil xira qiladigan biror fe’l-atvorini yaxshi biladiganlar ahvoliga
qarab turib, nima demoqchi bo’lganini anglab olardi. Chunki u kishinnng dili odamlarning
yaxshilikka erishishini istardilar, jaholat poygaklarida qolib ketishni istamasdilar.
Odamlarning bu holda qolishlarini o’ylab siqilar, Allohdan ularga insof berishini, ularni
to’g’ri yo’lga solishini so’rardilar. Bu borada Qur’oni karimda shunday deyilgan: “Sizlarga
o’zlaringizdan bo’lgan elchi keldi. Sizlarning gunohlar qilishingiz uning uchun og’irdir. U
sizlarning g’amingizdadir, mo’minlarga u muloyim va g’amxo’rdir» (9-sura, 128 oyat).
U kishi insonlarga o’ta marhamatli, ularga mehru muhabbatli edilar. Eng og’ir va tahlikali
Chahoryorlar. Abdusodiq Irisov
Do'stlaringiz bilan baham: |