www.ziyouz.com kutubxonasi
17
keyingi xalifalar ham bu odatni davom ettirishi mumkin.
Ammo Umar bu fikrni qabul qilmadi.
— Bunday ishda payg’ambarimiz(sallallohu alayhi vassallam)ning ham ayni shunday
muomalada bo’lganlarini ko’rgdaimdan so’ng qanday qilib uni boshqalarga tadbiq etmay,
undan yuz o’giraman,— dedi.
— Buyog’ini bizga qo’yib bersangiz, biz uni rozi etsak bo’lardi-ku,— dedi u.
Shunda Umarga bu fikr ma’qul tushdi. Amr ibn al-Os aralashuvi bilan shikoyat etgan
kishiga xafa qilgan kishi bir qancha dinor jarima to’ladi, shu bilan darra urilgan odamni
rozi qildi.
Umar ko’chada ketayotsa, bir kishi tilanchilik qilib o’tiribdi.
Т
ikilib qarasa, u kishi
musulmon emas ekan. Undan hol-ahvol so’rab, nega bu yerda tilanchilik qilib o’tirganini
so’radi. Shunda haligi tilanchi unga:
— Men bir faqir kishi edim, musulmon bo’lmaganim uchun mendan jiz’ya solig’i olishdi,
shu bilan ahvolim yomonlashdi, keyin majbur bo’lib gadoychilik qiladigan bo’ldim,—
dedi.
Umar ibn al-
Х
attobning unga raxmi keldi.
Х
azinadan unga oylik tayinladi. Keyin u
tilanchilik qilmaydigan bo’ldi.
Umarning xalifalik davrida ko’p zafarlar qozonildi, ko’p o’lkalar zabt etildi, u yerlarda
qat’iyat bilan islom idora usuli o’rnatildi.
Umar Shom mamlakatiga safarga otlangan ekan, u shaharga yaqin bo’lgan Yarmuk
degak joyga yetib kelgach, Damashqda vabo tarqalganini eshitib qolibdi. Shunda u
darhol orqaga, Madinaga qaytib ketaboshlabdi. Buni payqgan usha yer hokimi unga
qarab:
— Ha, Amir al-Mo’minin, Allohning taqdir qilganidan qochayapsanmi?— debdi.
Shunda Umar ibn al-
Х
attob:
— Rost, men Allohning takdir qilganidan yana taqdir qilganiga qochayapman,-— dedi,—
nima deysan, biri quruq soy, boshqasi yam-yashil o’tlotq joydan qaysi birini ortiq
ko’rarding va tuyalarni qay tomonga haydarding. Allohning taqdiriga deb, quruq soyga
haydarmiding?
Yig’indagilar xalifaning bu gapini ma’qul topdilar.
Umar ibn al-
Х
attobning payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)dan 573 hadis rivoyat
qilgani hikoya qilinadi. Imom Buxoriy va Imom Muslimlarning natql qilishlaricha, bir
hadisi sharifda «Shayton Umarning kulgusidan qochar» deyilgan ekan.
Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) aytar ekanlar:
«Ko’kda Umarni hurmat qilmagan hech bir farishta yo’q, yerda undan xayiqmagan hech
bir shayton yo’q».
Hazrati Umar derkan:
O’tirgan yeringizda e Alloh, rizqi-ro’zimizni ber, deb o’tiravermanglar. Bilasizku axir,
Osmon na oltin yog’dirar, na kumush.
Kishi uyida boladek, tapshqarida erkakdek bo’lishi kerak.
U kishi derkan:
Menga xatolarimni ko’rsatgan kimsadan Alloh rozi bo’lsin. Insonlarga muhtoj
bo’lmaslikka g’ayrat eting. Shunda siz ham diningizni saqlagan, ham insonlarning eng
sharaflisi bo’lasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |