www.ziyouz.com kutubxonasi
14
Umar ibn al-Hattob Quraysh qabilasi orasida o’zining dovyurakligi va jasurligi bilan
ma’lum edi. Shu bilan birga u o’ta qat’iy, o’z aytganini oxiriga yetkazadigan kishilardan
bo’lgan. U kishiga hech kim bas kelolmas ekan. Uni o’ziga tarafdor qilib olganlar uning
qo’ynini puch yongoq bilan to’lgazib, uning obro’yi va kuch-qudratidan foydalanmoqchi
bo’lganlar. Bir kuni Umar ketayotganda yo’lda unga yaqindagina islomni qabul qilgan
Nuaym to’qnash kelib qoladi.
—
Х
o’sh, yo’l bo’lsin, Umar?—dedi Nuaym. Shunda Umar unga qarab:
— Qurayshlar ichida yangi din chiqargan Muhammadni saranjom qilib kelay,— dedi.
— Obbo Umarey,— dedi Nuaym,— eshitmadingmi singling bilan kuyoving uning diniga
kirishdi-ku. Sen oldin ularni bu yo’ldan qaytar.
Umar sarosimaga tushib qoladi. So’ng yo’lini o’zgartirib, to’ppa-to’g’ri singlisinikiga
ravona bo’ladi.
Umar ibn al-Hattob singlisining uyiga kirsa, ich-karidan Qur’on tilovat qilinayotgan ovoz
eshitilib qoladi. U eshik oldida qotib qoladi. Hamon Qur’on tilovati davom etar,
singlisining mayin va hazin ovozi yuraklarni zabt etar, kishini hayolga chumdirib qo’yar
edi. Umar shahdam qadam tashlab, ichkariga kiradi. Singlisi bilan kuyovi darhol
o’qiyotgan Qur’on sahifasini yopib qo’yadilar. Shunda Umar ularga:
— Qani ko’rsatinglarchi, nimani o’qiyapsizlar?— deb so’radi. Bu orada ular o’qiyotgan
narsasini berkitishga ulgurgan edilar. Kuyovi Umar avzoini ko’rib, undan xavfsirab
g’uldiradi:
— Hech narsa o’qiyotganimiz yo’q.
Umar darg’azab bo’lib o’zini tutolmadi:
— Sen ham unga ergashdingmi,— dediyu kuyovini yoqasidan tutib bug’di, uni yerga
qulatdi. Akasining bu harakatidan norozi bo’lgan singlisi Fotima erini uning qo’lidan
qutqarmoqchi bo’lganida, Umar unga ham bir tarsaki qo’yib, og’zu burnini qonga beladi.
Singlisi yig’lab, Hudoga nola qildi.
Bu holdan negadir Umar bir seskanib ketdi. Avvaliga singlisining holini ko’rib unga
achindi, keyin kuyovini bug’ganiga o’zicha xijolat chekdi, nojo’ya ish qilganiga
pushaymon qildi. Shunda singlisi va kuyoviga tikilib:
— Qani beringlarchi, bir ko’ray, o’qiyotgan narsalaringni,— dedi.
Fotima hayolga botdi, u hech narsa bermadi. Keyin zora u biroz yumshasa, degan fikrda
Qur’on tilovat qilishga tushdi. Shunda uning mayin ovozi Umar qalbnni ezganday bo’ldi,
uning ko’ngli yumshadi, surishtirmasdan nojuya qilgan harakatidan, singlisi, kuyovini
urganidan birmuncha xijolat chekkanday bo’ldi. Shundan so’ng u behosdan payg’ambar
sahobalari bilan suhbat qurib o’tirgan uy tomonga ravona bo’ldi.
Shu tariqa u to’g’ri paygambar(sallallohu alayhi vassallam) qoshiga borib, islom dinini
qabul qildi. Manbalarda aytilishicha, Umar musulmon bo’lganlarning qirqinchisi edi.
Umar bir necha bor uylangan edi. Uning to’rt farzandi mashhurdir. Biri
payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)ning xotini bo’lgan
Х
afsa, bir o’gli hadis ilmida
mashhur bo’lgan Abdulloh ibn Umar, boshqasi o’zining jasorati bilan mashhur bulgan
Ubaydulloh ibn Umar va yana biri Osim ibn Umardir.
Umar ibn al-Hattob o’z davrining bilimdoni va har tomonlama yetuk olim edi. Islomni
qabul qilgach, butun kuch-qudratini islom yo’liga sarf qildi, payg’ambar (sallallohu alayhi
vassallam) rejasi bilan ish olib bordi. Ammo Makkada faoliyat
olib borish ancha qiyin bo’lgach, turli guruhlarning hamla-hujumi tufayli ularning bu
yerda qolishi ancha mushkul bo’lib qoldi. Shuning uchun asta-sekin Makkani
tark etib, goh ochiq, goh. yashirin ravishda Madina tomonga ko’chish boshlandi. Hamma
musulmon bo’lganlar birin-ketin ko’chib ketdilar.
Ammo Umar yashirincha ko’chmadi. U qilichini qinidan sug’irib olganicha kuppa-kunduzi
Chahoryorlar. Abdusodiq Irisov
Do'stlaringiz bilan baham: |