Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc



Download 405,96 Kb.
Pdf ko'rish
bet43/69
Sana23.06.2021
Hajmi405,96 Kb.
#99500
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   69
Bog'liq
2 5219945304136091790

www.ziyouz.com kutubxonasi 

42

Kampir og‘iz ochirgani qo‘ymasdi. U meni og‘ziga kelgan achchiq so‘zlar bilan tinmay qarg‘ar 



edi. Uning baqiriq-chaqirig‘ini eshitib, qo‘shni hovlilardan erkak-ayollar va bolalar to‘plana 

boshladilar. 

— Xaloyiqni chaqirmasimdan, bu yerdan tuyog‘ingni shiqillatib qol! Basharang qursin, turqingni 

sira ko‘rmayin! — g‘azabga to‘lgan ona po‘stinini yerga uloqtirib tashladi-da, menga tomon xezlab 

kela boshladi. 

— Hoy, yaxshilikcha jo‘nab qol bu yerdan! — dedi allaqanday bir kishi yo‘lga tomon qo‘lini 

ishora qilib dag‘dag‘a bilan. 

Yo‘lga tushishdan boshqa iloj qolmagan edi. Axir meni Asal hatto ko‘rishni ham istamagandan 

keyin ketish kerak edida. Mashinamga tosh va tayoqlar otila boshladi. Bolalar meni ovuldan ana 

shunday haydab qolishdi. Nega shunday qilishdi ekan? Ehtimol, ular meni bu kampirni haqorat qilib, 

xafa qilgan deb o‘ylashdimikin ? Yoki biron kallakesar deb o‘ylashgan bo‘lsa kerak... 

O‘sha tuni ko‘l bo‘yida uzoq daydib yurdim. Oy nurida jilolanayotgan ko‘l to‘lqin urib, o‘zini 

qo‘yishga joy topa olmasdi. O‘, Issiqko‘l, mangu qaynoq ko‘l! O‘sha tun muzdek sovuq eding, 

iltifotsizlik bilan qarshi olgan eding. Men to‘ntarilib yotgan qayiq ustida o‘tirarlim. Qirg‘oqdagi 

sayozliklar sari o‘rkach-o‘rkach bo‘lib yopirilib kelayotgan to‘lqinlar zarb bilan etiklarimning qo‘njiga 

urilar va pishqirib yana orqaga qaytar edilar. 

So‘ng allakim menga yaqinlashib keldi-da, yelkamga sekingina qo‘lini qo‘ydi. Bu Xadicha edi. 

 

* * * 


 

Bir necha kundan keyin biz birga Frunze shahriga jo‘nab ketdik. Anorxoy dashti yaylovlarini 

o‘zlashtirish bo‘yicha qidiruv ishlari olib borayotgan ekspeditsiyaga men shofyor, Xadicha ishchi 

bo‘lib o‘rnashdik. Mana shunday qilib yangi hayot boshlandi. 

Ekspeditsiya bilan birgalikda Anorxoy cho‘lining ichkarisiga, naq Balxash bo‘ylarigacha yetib 

bordik. Agarda undan ham olislarga borib qolganimizda ham baribir, orqaga qaytmagan bo‘lardim. 

O‘tmish bilan aloqani uzadigan bo‘lgandan keyin bir umrga uzmoq kerak. 

Dastlabki paytlarda dard-alamimni ish bilan yengdim. Ish esa istagancha topilardi. Uch yildan 

ortiqroq vaqt ichida butun Anorxoy dashtini kezib chiqdik, quduqlar qazidik, yo‘llar o‘tkazdik, yo‘l 

ustida bazalar qurdik. Xullas, hozirgi Anorxoy baland-past adirlardan iborat bo‘lib, yovshan bilan 

qoplanib yotgan va hatto kishi kuppa-kunduzi adashib, boshi va oyog‘i qayoqda ekanligini topa olmay 

haftalab, oylab tentirab yuradigan ilgarigi yovvoyi dasht emas. Hozir u yerlar madaniy dam olish 

joylari, uylar va qo‘sharlari bo‘lgan chorvadorlar o‘lkasiga aylangan. Don ekishadi, hatto chorva uchun 

pichan tayyorlashadi. To‘g‘ri, hali Anorxoyda qo‘l urilmagan ishlar ko‘p, biz shofyorlarni bo‘lsa 

qo‘yavering, ularning ishi hamma vaqt boshidan ortib yotadi. Biroq men u yerdan qaytib keldim. Hali 

ko‘p yerlari noobod, odamlar kam yashaydigan dashtda yashash og‘irligidan yoki bo‘ronli qishda, 

yo‘lsiz cho‘lda tentirab yurish qiyin bo‘lganligi uchun emas. Bu qiyinchiliklarning bari vaqtinchalik 

narsa, albatta. Agar inson mustahkam o‘rnashib olsa, cho‘lni o‘ziga bo‘ysundira oladi, u yerga o‘zi 

ham ko‘nikib qoladi, cho‘lni ham o‘ziga moslashtira oladi. Xadicha ikkimiz qiyinchiliklardan 

qo‘rqmasdik, turmushimiz ham yomon emas edi, bir-birimizni hurmat qilardik. Ammo hurmat boshqa-

yu, muhabbat boshqa. Agar biri sevib, ikkinchisi sevmasa, unda bu ham, menimcha, ko‘ngildagidek 

haqiqiy turmush bo‘lolmaydi. Yo inson o‘zi shunday tuzilganmi, yo faqat men tabiatan shunaqamanmi, 

bilolmadim, harqalay, menga doimo bir narsa yetishmasdi, uning o‘rnini ish bilan ham, do‘stlik bilan 

ham, seni sevguvchi ayolga nisbatan e’tibor va g‘amxo‘rliging bilan ham almashtirib yoki o‘rnini 

to‘ldirib bo‘lmasdi. Men Asalning oldiga borishga yana bir bor urinib ko‘rmay, shoshma-shosharlik 

qilib ketib qolganim uchun ko‘pdan beri ich-ichimdan o‘kinib yurardim. Anorxoyda o‘tkazgan keyingi 

yarim yil mobaynida bo‘lsa Asal va o‘g‘ilchamni sog‘inib yurak-bag‘rim ezilib ketdi. Tunlari uxlay 

olmay chiqardim. Samadning kulib, nozik oyoqchalarida zo‘rg‘a tik turgani ko‘zimga ko‘rinaverardi. 




Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa) 

 

 




Download 405,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish