Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc



Download 405,96 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/69
Sana23.06.2021
Hajmi405,96 Kb.
#99500
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   69
Bog'liq
2 5219945304136091790

www.ziyouz.com kutubxonasi 

23

do‘stim shofyor yigit. 



— Qo‘y, zo‘rlama! — deb uning so‘zini bo‘ldi Boytemir. — Xotini kutayotgan ekan. Isming nima 

seni? 


— Ilyos. 

— Mayli, boraver, Ilyos. Rahmat senga, bizni qutqarganing uchun. 

Boytemir mashina zinasida turib meni to yo‘lgacha kuzatib qo‘ydi. U indamay qo‘limni qisdi-da, 

mashinadan sakrab tushib qoldi. 

Tog‘ tepasiga ko‘tarilayotib, kabinadan boshimni chiqarib qaradim. Boytemir hamon yo‘lda 

turardi. Qo‘lida shapkasini g‘ijimlab, kallasini quyi solganicha allanimalar haqida o‘ylardi. 

Bor gap shu, ana shunday qilib biz ajrashdik. 

Ammo o‘sha kecha tuni bilan qiynalib chiqdim. Shamollab qolgan ekanman. Uyga kelganimda 

hech narsani sezmagan edim. Tezda ovqatlanib oldim. Asalga voqeani batafsil gapirib o‘tirmadim. 

Lekin yo‘lda odamlarga yordamlashganim uchun kechikib qolganimni aytdim, xolos. Men o‘z 

hayotimni qaylig‘imdan yashirmasdim. Ammo, menimcha, bunday narsalarning hammasini aytaverish 

ham zarur emas edi. U busiz ham mendan doim xavotir olib o‘tirardi. Bundan tashqari, men bunday 

nojo‘ya ishlarni takrorlash niyatida ham emas edim. Hayotimda bunday voqea bir bo‘ldi, dovon bilan 

kuch sinashib ko‘rdim, bas. Ehtimol, yo‘ldan og‘rib qaytmaganimda, buni ertasigayoq unutgan bo‘lar 

edim. Uyga bir amallab yetib keldim-u holdan toyib yiqildim. Nima bo‘ldi, qanday bo‘ldi, bilmayman. 

Hadeb alahlardim, go‘yo mashinani shatakka olib, Do‘landa kelayotgandek bo‘laverdim. Kuchli qor 

bo‘roni yuzimga urilar, nafas ololmay qiynalardim, baranka xuddi paxtadan yasangandek, aylantirsam 

qo‘llarimga yopishib qolardi. Oldinda esa cheki chegarasi yo‘q dovon. Mashina radiatori tinmay 

guvillab ko‘kka qarab tirmashib borar va yana balandlikdan pastga tomon shuvillab tushib ketar edi... 

Aftidan, bu kasallik dovoni bo‘lsa kerak. Uni men uchinchi kuni yengib, yengil torta boshladim. Yana 

ikki kun yotdim. O‘zimni yaxshi his etardim, o‘rnimdan turmoqchi ham bo‘ldim, ammo Asal hech 

ko‘nmadi. To‘shakda yana ikki kun yotishga majbur qildi. Unga qararkanman, hayratda qoldim. Men 

kasal bo‘ldimmi yoki umi? Shunchalik qiynalib tashvish tortibdiki, kishi tanib bo‘lmaydi, ko‘zlarining 

osti ko‘kimtir halqa-halqa bo‘lib, ozib ketibdi, qattiqroq puflasang yiqilib ketayotgandek, uning ustiga, 

qo‘lida bolasi. Yo‘q, bunaqasi ketmaydi, degan qarorga keldim. Taltayib yotishga haqim yo‘q. U dam 

olishi kerak. O‘rnimdan turib, kiyina boshladim. 

— Asal! — deb chaqirdim sekin. O‘g‘ilcham uxlab yotardi. — Qo‘shnilar bilan gaplashib ko‘r, 

ko‘nishsa Samadni qoldirib, kinoga borib kelamiz! 

U karavot yoniga chopib keldi-da, meni yana yotqizib qo‘ydi. Xuddi birinchi marta ko‘rayotgandek 

mendan ko‘zini uzmasdi. Ko‘z yoshlarini tutishga urinardi-yu, ammo ular kipriklari ostida yiltirab, 

lablari titrardi. Asal ko‘ksimga yuzini qo‘yib, yig‘lab yubordi. 

— Senga nima bo‘ldi, Asal? Nima bo‘ldi? — deb dovdirab qoldim men. 

— Sizning sog‘ayib ketganingizdan o‘zimda yo‘q xursandman. 

— O‘zim ham xursandman, ammo yig‘lashning nima keragi bor. Sal mazam qochsa qochibdi-da. 

Qaytaga uyda sen bilan bir necha kun birga bo‘ldim, Samad bilan ham o‘ynab xumordan chiqdik. — 

O‘g‘limning allaqachon emaklay boshlagan, endi esa yurishga shaylanayotgan eng yaxshi, eng shirin 

chog‘lari edi. — Rostini aytsam, yana bir shunday kasal bo‘lsam qaniydi! — dedim hazillashib. 

— Qo‘ysangizchi shunaqa gapni, keragi yo‘q! — deb jerkib berdi Asal. 

Shu payt karavotchada uxlab yotgan o‘g‘ilcham uyg‘onib qoldi. Asal uni iliqqinaligicha ko‘tarib 

keldi. Uchovimiz karavotga ag‘anab, to‘polon qilib hazillashardik, Samad esa ayiqchadek u yokdan-bu 

yoqqa o‘rmalab, bizni tepkilar edi. 

— Mana ko‘ryapsanmi, qanday yaxshi! — dedim unga. — Sen bo‘lsang... Tura tur hali, yaqinda 

ota-onangning oldiga — ovulga boramiz. Qani gunohimizni kechirmay ko‘rishsin-chi. Samadni 

ko‘riboq zavqlanib ketib, hammasini unutib yuborishadi... 

Ha, ovulga kechirim so‘rab borish niyatida edik. Ammo avvalo otpuska olish, so‘ngra Asalning 



Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa) 

 

 




Download 405,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish