128
C) 654 yili;
D) 805 yili
63. Turk xoqonligi nechanchi yili ikki mustaqil davlatga bo’linib ketadi?
A) 588 yili;
B) 556 yili;
C) 528 yili;
D) 640 yili
64. Sharqiy xoqonlik tashkil topgan hududni aniqlang?
A) Mo’g’uliston;
B)
Tojikiston;
C) Turkmaniston;
D) Orolbo’yi
65. G’arbiy xoqonlik tashkil topgan hudud?
A) Yettisuv;
B) Oltoy;
C) Sharqiy turkiston;
D) Orolbo’yi
66. Turk xoqonligi davrida Zarafshon xududida vujudga kelgan yirik
siyosiy uyushmani aniqlang?
A) Kan;
B) Dovon;
C) So’g’d;
D) Ustrushona
67. Ellinizm davriga oid Oyxonim shahri harobalari qachon topib
o’rganilgan?
A) 1964 – 1965 yillarda fransuz arxeologlari tomonidan;
B) 1974 – 1975 yillarda fransuz arxeologlari tomonidan;
C) 1964 – 1965 yillarda rus arxeologlari tomonidan;
D) 1974 – 1975 yilarda tus arxeologlari tomonidan
68. Kushonlar davriga kelib qaysi vodiylarda butun boshli kanallar
sistemalari vujudga keladi?
A) Baxsh;
B) Zarafshon;
C) Xorazm;
D) Barcha javoblar to’g’ri
113
XULOSA
Markaziy Osiyo insoniyat sivilizatsiyasining eng qadimgi o‘choqlaridan
biri kishilik jamiyati taraqqiyotining ilk davrlari Ashel,
Shel davriga oid
manzilgohlarning topilishi mazkur mintaqa odamzod kelib chiqqan makon-
lardan ekanligini uzil-kesil isbotladi. O‘rta va so‘nggi paleolitga oid man-
zilgohlarning topilishi o‘lkada zamonaviy qiyofadagi odam shakllanganligini
asoslab berdi. Shu asosda aytish mumkinki, Markaziy Osiyo insoniyat paydo
bo‘lgan hududlardan biridir. Kishilik taraqqiyotining keyingi bosqichlari
mezolit va neolit erasida muzlik davrining barham topishi natijasida minta-
qada ilk sivilizasion jarayonlar ya’ni ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik
paydo bo‘ldi. Bu davrga kelib Markaziy Osiyoda uchta tarixiy-madaniy ma-
kon shakllandi. Ular Joytun madaniyati (dehqonchilik), Xisor tog‘oldi mada-
niyati (dehqonchilik va chorvachilik) va Kaltaminor madaniyati (markaziy va
shimoliy hududlar, asoson, ovchilik va baliqchilik).
Eneolit va bronza davriga kelib sug‘orma dehqonchilik, yer haydab
ziroatchilik qilish va hunarmandchilikning rivojlanishi oqibatida aholining
urbanizatsiya darajasi nihoyatda kuchaydi. Bu esa
dastlabki shahar tipidagi
aholi manzilgohlarining vujudga kelishiga olib keldi. Eramizdan oldingi 1
ming yilliklarga kelib temirning kashf qilinishi ijtimoiy-iqtisodiy hayotda
keskin, tub o‘zgarishlarga olib keldi. Ortiqcha mahsulotning paydo bo‘lishi
aholi o‘rtasida mulkiy tabaqalanishning kuchayishiga, bir biridan farq
qiluvchi ijtimoiy guruhlarning shakllanishiga va shu asosda tabaqaviy
jamiyatning paydo bo‘lishiga zamin yaratdi. Oxir oqibatda mulkdorlarga
tayangan ilk davlat uyushmalari jamiyat boshqaruvi mahsuli sifatida tarix
sahnasiga chiqdi. Eramizdan oldingi 1 ming yillikning birinchi yarmida,
Ahamoniylar bosqiniga qadar, Markaziy Osiyoda yirik, qudratli davlatlar
bo‘lganligini yaqindagina yurtimizda keng nishonlangan Samarqandning
2750 va Qarshi shahrining 2700 yillligi, Avesto yaratilganligining 2700
yiliklari yaqqol ko‘rsatib turibdi.
Mintaqa nihoyatda qulay joyda joylashganligi, nihoyatda
boyligi chet el
bosqinchilarinin e’tiborini tortib kelgan. Xalqimiz uzoq yillar davomida
Ahamoniylar, yunon-makedonlarga qarshi murosasiz kurashlar olib bordi.
Antik davrga kelib Markaziy Osiyoda Sharqning qudratli davlatlari Qadimgi
Xorazm, Yunon-Baqtriya davlati, Qang‘ va Kushon davlatlari paydo bo‘ldi
va yuksaldi. Aynan shu davrda jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi
bo‘lgan Buyuk Ipak Yo‘li paydo bo‘ldi. Ilk o‘rta asrlaga kelib, ichki
ziddiyatlar va tashqi hujumlar natijasida mazkur davlatlar zavolga yuz tutdi.
Xalqlarning buyuk ko‘chishi natijasi o‘laroq Markaziy Osiyo hududlariga
ko‘chmanchi turkiy qabilalarning ommaviy kelib joylashishi, o‘troqlashishi
114
yuz berdi. Aholining tilida, madaniyatida turkiylashuv elementlari kuchaydi.
Buyuk turkiy davlatlar Xioniylar, Kidariylar, Eftalitlar va Turk xoqonligi shu
jarayonlarning mahsuli sifatida tarix silsilasida o‘z o‘rnini egalladi. Shunday
qilib, Markaziy Osiyo Arab xalifaligiga qadar
uzoq va murakkab iqtisodiy,
ijtimoiy va madaniy jarayonlar girdobida qoldi.
127
56. Zardushtiylik dinini birinchi bo’lib qabul qilib, Zardushtga boshpana
bergan hukmdor bu…
A) To’g’ri javob D va C;
B) Axamoniylar hukmdori;
C) Vishtasp;
D) Aryonam Vayjo qavisi
57. Zardo’shtiylik dini qanday dinlar jumlasiga kiradi?
A) Dualizmga asoslanga;
B) Ko’pxudolilik;
C) Yakkaxudolilik;
D) Ateistik
58. “Avesto”ning qismlari qanday ataladi?
A) Nask;
B) Yamna;
C) Yasna;
D) Gat
59. Zardo’shtiylik dini bo’yicha muqaddas narsalar, bu…
A) suv,olov, yer va havo;
B) suv va havo;
C) olov;
D) yer va osmon
60. Hozirgi Qozog’istonning
janubi sharqida joylashib, Balxam ko’li,
shimolda Sassiqko’l, janubda Tangritog’, janubi Jo’ng’or olotovi orasida
joylashgan hududning qadimiy nomi?
A) Yettisuv;
B) Oltoy;
C) Ustrushona;
D) Sharqiy Turkiston
61. VI asr o’rtalarida Oltoy, Janubiy Sibir, Yettisuv, sharqiy Turkiston
hudularida vujudga kelgan davlatni aniqlang.
A) Turk xoqonligi;
B) Toxariston;
C) So’g’d;
D) Dovon
62. Nechanchi yilda turkiylar tomonidan Movaraunnaxr egallanib, Buyuk
Ipak yo’li ularning nazoratiga o’tadi?
A) 571 yili;
B) 671 yili;
126
49. Tunyabg’u xoqon qachon vafot etgan?
A) 618 yil;
B) 630 yil;
C) 620 yil;
D) 616 yil
50. Toza kumush pul birligi nima deb atalgan?
A) D va B;
B) draxmi diantrik;
C) gurt;
D) nokortik
51. Ustrushona qaysi hududlarda joylashgan?
A) Zarafshon va Qashqadaryo daryolari vohasidagi ba’zi
bir hududlar;
B) Jizzax va Xo’jand tumanlari tog’ va tog’ oldi hududlari;
C) Toshkent vohasi
D) Amudaryoning quyi oqimi
52. Baqtriya joylashgan hududni aniqlang?
A) Amudaryoning quyi oqimida, uning ikki tomonida joylashgan hudud;
B) Koppettog’ning shimoliy yonbag’rlarida;
C) Amudaryoning quyi oqimida;
D) Murg’ob daryosi quyi oqimidagi Marv vohasi
53. G’ildirak qachon paydo bo’lgan?
A) er.avv.3 – 4 ming yillik;
B) er.avv.III – II asrlar;
C) er.avv.V – IV asrlar
D) er.avv.II – I asrlar
54. Birinchi g’ildirak qayerda paydo bo’lgan?
A) Janubiy Turkmaniston;
B) Shimoliy Afg’oniston;
C) Qozog’izston;
D) O’zbekiston hududlari
55. Zardushtiylik dinining asoschisi Zardushtning ota – onasi to’g’ri
ko’rsatilgan javobni aniqlang?
A) Pourushaspa, Dug’dova;
B) Pourushaspa, Dingilja;
C)
Vishtaspa, Dug’dova;
D) Vishtaspa, Dingilja
115
Do'stlaringiz bilan baham: