www.ziyouz.com
кутубхонаси
81
degan umiddamiz.
Mavlono Muhammad Qozining «Silsilat ul-orifin» asarida shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli
Shoshiy hayotlariga oid yana bir lavha Keltirilganki, yuqoridagi lavhada bayon etilgan voqealardan
so’ng sodir bo’lganligi uning mazmunidan anglashiladi. Bu lavha quyidagichadir:
Ayturlarki, shayx Abu Bakr Muhammad Qaffol G’azo shahriga borgan yillaridan birida bag’dodliklar
tarafida turib, rumliklar bilan urushganlar. Bu urushda bag’dodliklar yengilib, ko’plari, jumladan shayx
hazratlari ham rumliklarga asir tushgan ekanlar. Asirlarni ko’zdan kechirgan Rum sultoni hazrati
shayxga qarab shunday debdi:
– Sen bag’dodliklarga o’xshamaysan. Rostini ayt qayerliksan?
Shayx hazratlari shunday javob beribdilar:
– Men Shoshdan bo’laman.
Rum sultoni aytdi:
– Sen mening xatimga ibri tilida go’zal javob yozgan kishi emasmisan?
Shayx hazratlari aytdilar:
– Xuddi shunday.
Rum sultoni Shayx hazratlariga qarab dedi:
– Tavrotni biz uchun arab tiliga o’girib ber! Agar bu ishni bajarsang, seni va boshqa asirlarni ozod
qilib, ko’pgina in’om ham berurmen.
Shayx hazratlari aytdilar:
– Juda yaxshi. Faqat shartim shuki, Tavrot qanday nozil bo’lgan bo’lsa, o’sha nusxani menga
keltirib ber, uni arab tiliga tarjima qilib beraman. Ammo hozir qo’llaringizda bo’lgan Tavrot tahrir
qilingan nusxadir. Bu nusxani esa Men arab tiliga tarjima qilmayman.
Rum sultoni bu gaplarni eshitib, darg’azab bo’ldi-da, shunday dedi:
– Agar tarjima qilmasang, seni va boshqa asirlarni ham halok qilgum.
Shayx aytdilar:
– Nima xohlasang qil, ammo Men Tavrotning Haqdan nozil bo’lgan nusxasinigina arab tiliga tarjima
qilurmen.
Nihoyat, Rum sultoni ulamo va mamlakat oqsoqollari bilan kengashdi. Ular shayx hazratlarining
shartlarini bajarishga rozilik berib, shunday dedilar:
– Mayli, Sen aytgan nusxani yetkazurmiz, uni tarjima qilgil, ammo biz undagi Muhammadga
bag’ishlangan madhlarga kelganda, ulardan ko’z yumib o’tarmiz...
Alqissa, shayx hazratlari Olloh taolo inoyatlariga shukronalar aytib, Tavrotning nozil qilingan
nusxasini Tezlik bilan arab tiliga o’girishga kirishdilar...
Tavrot arab tiliga o’girilgach, Rum sultoni shayx hazratlariga ko’p tuhfalar berib, boshqa asirlarni
ham ozod qilibdi va o’z mamlakatlariga jo’natibdi.
Bu lavhada ham shayx hazratlarining beqiyos xizmatlaridan hikoya qilingan. Biz Haq taolo
tomonidan nozil qilingan muqaddas kitoblardan biri bo’lmish Tavrotning arab tiliga tarjimalari tarixi
bilan qizikqanimizda bu ish X asrda amalga oshirilgani haqida ma’lumotga ega bo’ldik.
Demak, shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy o’z bilimdonliklari bilan ahl al-kitobga Beqiyos
xizmat qilib, hatto mamlakatlar orasida yuz berishi mumkin bo’lgan nizolarning oldini olish, ko’plab
kishilarning asirlikdan ozod qilinishlariga sabab bo’lganlar, insonlarning bir-biriga nisbatan bo’lgan
samimiy, do’stona munosabatlarini mustahkamlaganlar. Agar biz Shayx hazratlari faoliyatiga doir ikki
lavhani ham diqqat bilan kuzatsak, unda yuqoridagi fikr isbotlanadi.
Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshiy shuning bilan bir qatorda Qur’oni karim tafsiri va fiqh
– qonunshunoslik sohalarida yuksak qiymatga ega bo’lgan ko’plab kitoblarni ham yozganlarki,
«Shavohid ul-nubuvva», «Daloil al-qibla» kabilar aytilganlarga misol bo’la oladi. Bu va boshqa asarlari
keyingi davrning mashhur allomalari Imom G’azzoliy, Imom Navaviy va Imom Roziylar tomonidan
hurmat bilan mutolaa qilib qolinmagan, balki ular o’z asarlarida Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffoli
Shoshiy aytgan fikrlarni ko’plab Keltirganlar.
Buyuk ma’naviy murshid
Do'stlaringiz bilan baham: |