www.ziyouz.com
кутубхонаси
22
risolalari, Sayyid Qosim Anvor, Kamol Xo’jandiy, Abu Sayyid Abulxayr kabilar manzum asarlari va
boshqalar. Ko’rinadiki, Xoja Ahror o’sha zamon uchun mutolaa qilinishi shart bo’lgan Qur’oni Karim va
Rasululloh hadislari, sarf va naxvlar bilan bir qatorda islom huquqshunosligi – fiqh, falsafa – tasavvuf,
She’riyat va nasr namunalarini o’zbek, ozarboyjon, fors-tojik va arab tillarida mutolaa qilib, kerakli
joylarda ulardan foydalangan, she’rlarni yod olib, fikrlarining isboti uchun ularni o’qigan Xoja Ahror
yod olgan va suhbatlarda ulardan foydalangan She’rlardan Muhammad Qozi o’z kitobida ancha
namunalarni keltirgan. Biz bu o’rinda ulardan ayrimlarini Keltirish bilan cheklanmoqchimiz. Jumladan:
Xoja Ahror aytur edilarki, shayx Farididdin Attor buyurmishlar:
Dil zi pur guftan bimirad dar badan,
Garchi guftorat buvad durri Adan.
Mazmuni: Agarchi so’zlaring Adan durlaridek bo’lsa ham, ko’p gapirmoq badanda ko’ngilni o’ldiradi.
Yana: Hoja Ahror bu baytni ko’p takrorlardilar:
Chu shakkar mexo’ri bo gul biyomez,
Ki dar tarkib boshad naf’i bisyor.
Mazmuni: Shakar yesang uni gul bilan aralashtirgil, chunki ikkovining qorishuvidan ko’p naf yetadi. Bu
baytni ham ko’p o’qir edilar:
Roh ba vahdat nazad har ki nashud dar talab
Jumlai zarrotro az dilu az jon murid.
Mazmuni: Kimki barcha zarralarga butun vujudi bilan murid bo’lmagan bo’lsa, ul kishi vahdat sari yo’l
ola olmaydi. Yana bir misol:
Xoja Ahror shayx Sa’diddin Hamaviyning ruboiylarini ko’p o’qir edilar va buni Tez-tez ayturdilar:
Onam, ki jahon chu huqqa dar mushti man ast,
V-in quvvati Haq zi quvvati pushti man ast.
V-in kavnu makon va har chi dar olam ast,
Dar qabzai qudrati du angushti man ast.
Mazmuni:
Men ul manki, jahon mening kafimda koptokdekdir,
Va haqning quvvati mening belimdagi quvvatdandir.
Bu kavnu makon va olamda nima bor bo’lsa,
Barchasi mening ikki barmog’im qudratidandir.
Bu ruboiy nihoyatda chuqur falsafiy mazmunga ega bo’lib, unda Inson va Koinot, Inson va Haq
munosabatlaridan bahs yuritiladi va yuqorida uqtirganimiz hurufiylar ta’limotiga yaqin fikrlar bayon
etilgan. Xoja Ahror tomonidan bu ruboiyning yod olinib tez-tez tilga olinishi bejiz ko’rinmaydi. Bunda
Sayyid Qosim Anvor bilan Xoja Ahror orasida bo’lgan muloqot va suhbatlar ta’sir ko’rsatgan ko’rinadi.
Ma’lumki, Xoja Ahror birinchi marta Samarqandda bo’lib, mavlono Qutbiddin sadr madrasasidan hujra
olib o’qishni boshlab, kasalligi tufayli uni davom ettirolmagan edi. Ana shu vaqtda Sa’diddin
Qoshg’ariy uning qoshiga kelib, Sayyid Qosim Anvorning Samarqandga kelganini xabar qiladi va
ziyoratiga borish lozimligini aytadi. Shunda Xoja Ahror kamquvvatligini, mavlononi keyinchalik ziyorat
qilajagini aytadi. Bu voqea 1428 yili sodir bo’lgan edi. Amir Sayyid Qosim Anvor (1366–1434) o’z
asrining alloma va shoirlaridan bo’lib, asarlari va erkin fikrlari bilan shuhrat qozongan edi. Uning
Buyuk ma’naviy murshid
Do'stlaringiz bilan baham: |