www.ziyouz.com
кутубхонаси
17
Ayturlarkim, shayx Abu Bakr Qaffol G’azoga borgan yili ular rumliklar bilan urishib, yengilgan
edilar. Shunda boshqa bag’dodliklar kabi shayx hazratlari ham rumliklarga asir tushgan edilar. Ularni
ko’rgan Rum sultoni hazrati shayxga qarab Dedi: Sen bag’dodliklarga o’xshamaysan. To’g’risini ayt,
qayerliksan? Shayx hazratlari Men Shoshdan bo’laman, dedilar. Rum sultoni aytdi: Sen mening
xatimga ibri tilida javob yozgan kishi emasmisan. Shayx aytdi: xuddi shunday. Rum sultoni shayx
hazratlariga qarab, bizga Tavrotni arab tiliga o’girib ber. Agar shu ishni bajarsang, Sen va boshqa
asirlarni ozod qilib, ko’pgina in’om ham berurman, Dedi. Shayx hazrati aytdi: juda yaxshi. Faqat
shartim shuki, mavjud bo’lgan Tavrot ancha o’zgarishga uchragan. Men esa bunday nusxani tarjima
qilolmayman. Sulton darg’azab bo’lib, agar tarjima qilmasang Seni ham, barcha asirlarni ham halok
qilgumdur, Dedi. Shayx aytdi: nima xohlasang qil, ammo men Tavrotning nozil qilingan nusxasinigina
arabchaga o’girurman. Rumliklar o’zaro maslahatlashib, aytdilar: mayli o’sha nusxani yetkazurmiz,
tarjima qilgil, ammo biz Muhammad haqidagi boblarga kelganda, undan ko’z yumib o’tarmiz. Alqissa,
hazrati shayx Tavrotning o’shal nusxasini olib, Tezlik bilan arabchaga o’girishga kirishdilar... Tavrot
arab tiliga o’girilgach, Rum sultoni shayx hazratlariga ko’p to’hfalar berib, boshqa asirlarni ham ozod
qiladi, Qaffoli Shoshiy Toshkentga qaytadi va shu yerda vafot etadi. Qaffoli Shoshiy dafn etilgan joy
hozirgi kunda Toshkentda Hasti imom (hazrati imom) mozori tarzida eslatiladi.
Bundan ko’rinadiki, Xoja Ahrorning ota tomoni ajdodi va ular muloqotda bo’lgan mashhur shaxslar
xonadonning bir necha asrlar davomida falsafiy qarashlar, jumladan, tasavvuf sohasida o’ziga xos
mavqyega ega ekanligidan guvohlik beradi.
Xoja Ahrorning ona tomonidan ajdodlari ham shunday mavqyega ega bo’lgan xonadonga mansub.
Jumladan, Xoja Ahror onasining bobosi hazrati shayx Xovandi Tahur (hozir Shayhontahur tarzida
mashhur) xojagon tariqatining ko’zga ko’ringan vakillaridan bo’lib, ancha shuhrat qozonganlardan
biridir. Shayx Xovandi Tahur xojagon tariqati masalalaridan bahs yurituvchi risolaning muallifi hamdir.
Bu risolani mutolaa qilgan Xoja Ahror bobosining tavhidni sharhlashga bag’ishlangan fikrlaridan
ayrimlarini o’z suhbatlari vaqtida iqtibos keltirar ekan. Jumladan: «Shayx Xovandi Tahur o’z
risolalarida shunday debdurlar: shariatda tavhid Haqni bir Demak va bir bilmakdir, tariqatda esa Haq
subhonahudan boshqa narsalardan ko’ngilni yakkalash demakdir».
Xuddi shu fikr keltirilar ekan, hazrat Xoja Abdulloh Ansoriyning «tavhid faqat Haqni yagona
bilmoqgina emas, balki Haq bilan yagona bo’lmoq hamdir», degan aqidasi keltirilib, shayx Xovandi
Tahurning mulohazalari yanada mustahkamlanadi. Xoja Ahror boshqa bir munosabat bilan shayx
Xovandi Tahur risolasidan quyidagi so’zlarni Keltiradi:
«Dilbar jamolsiz bo’lmas, rahbar esa kamolsiz». Demak, bunda so’z rahbar – murshid haqida borar
ekan, har qanday kishi ham murshid rahbar (yo’l boshlovchi bo’lavermasligi alohida uqtirilib, faqat
shu sohada kamolga erishgan shaxsgina rahbar – murshid bo’la olishligi ta’kidlangan. Shunday ekan,
har bir sohada, jumladan, tasavvufda ham shunga doir barcha masalalarni nihoyat chuqur bilgan,
o’zlashtirgan va muammolarni to’g’ri hal eta oladigan bo’lmoq lozimligi masalasi qo’yilgan va shunday
bo’lmoq talab ham qilingan.
Ma’lumotlarga ko’ra, Shayx Xovandi Tahur o’z fikrlarini faqat nasriy tarzda bayon qilgangina emas,
balki shoirlik qobiliyatiga ega bo’lganligi uchun she’riy tarzda ham ifoda etgan ekan. Shunisi ham
borki, Shayx Xovandi Tahur tasavvuf ahli – Abu Sayd Abulxayr, Abdulloh Ansoriylar singari She’rning
to’rtlik – ruboiy janriga murojaat qilgan. Ana shunday to’rtlik ruboiylaridan biri quyida keltirilgan:
Mahbub ba juz habib zebo nabuvad,
Har bog’cha joi tamosho nabuvad.
Dilro ba kase madeh, ki dar olami ishq,
Har jo, ka ravad raxti varo jo nabuvad.
Mazmuni:
Buyuk ma’naviy murshid
Do'stlaringiz bilan baham: |