www.ziyouz.com
кутубхонаси
10
buzilgani ta’kidlangan. Ko’rinadiki, Mirzo Ulug’bek qurdirgan rasadxonaning buzilishiga Xoja Ahrorning
hech qanday aloqasi yo’q, bu sohada u gunohkor ham emas.
Naqshbandiya va uning vakillari faoliyatiga baho berishda nihoyatda ehtiyotkorlik va xolisona
yondashish haqidagi mulohazalar o’tgan asrning 40-yillardayoq bayon etilgan edi. Bu jihatdan Ye.E.
bertelsning harakatlarini A.N.Boldirev samimiyat bilan eslab, o’tgan asrning 60-yillarda bu masalaga
e’tiborni qaratgan E. Rustamovni ham esdan chiqarmaydi. Nihoyat o’tgan asrning 70-yillarda olima
O.D.Chexovichning tashabbusi bilan nashr ettirilgan «XV–XVI asrlar Samarqand hujjatlari (Xoja
Ahrorning O’rta Osiyo va Afg’onistondagi mol-mulki haqida)» asarida shu masalaga doir ko’pgina
muhim hujjatlarning, jumladan, 1454 yil aprel oyining 1-kunida Xoja Ahrornnng Bayramxoja o’g’li
Hasandan sotib olgan hovli vasiqasi, 1470 yil yanvar oyning 25 kunida Xoja Ahrorning Samarqandda
qurdirgan madrasasi uchun vaqfga aylantirgan, ajratilgan joy va mulk vaqfnomasi, 1480, 1483, 1489
yillarda ham shunday vaqfga ajratilgan joy va mulklarning vaqfnomalari va boshqalarni ilmiy
muomalaga kiritib, sharh va izohlar bilan ta’minlangani diqqatga sazovorligini uqdirmoq kerak. To’g’ri,
bu asar uchun yozilgan kirish so’zida Xoja Ahror faoliyatiga baho berishda hali tub o’zgarish bo’lgani
kamroq seziladi. Lekin unda qayd qilingan hujjatlarning nashri, Xoja Ahrorga bag’ishlangan manoqib
va maqomotlarning tavsifi asarning qiymatini belgilaydigan fazilatlardan hisoblanadi.
Shuni eslatish lozimki, mamlakatimizda o’tgan asrning 15–70-yillari davomida Xoja Ahror haqida
yuqorida ko’rilgan yo’nalish – uning faoliyatini iloji boricha qoralashga intilish davom etayotgan bir
vaqtda xorijiy Sharq va G’arb mamlakatlarining allomalari tariximiz sahifalarini, jumladan, Xoja Ahror
faoliyatini yoritayotganda xolisona yondashishga amal qilgan ko’rinadilar. Masalan, sharqshunoslikda
katta e’tibor qozongan «Fors adabiyoti» asarining muallifi ingliz sharqshunosi Charlz Ambrouz Stori
Xoja Ahrorni «yirik vali Ubaydulloh Ahror» tarzida eslatib o’tgan. Chex olimi Feliks Tauer esa «Xoja
Ahror nomi bilan mashhur bo’lgan Nosiriddin Ubaydulloh ibn Mahmud Shoshiy Turkistonning shuhratli
mash’ali (azizu avliyosi), naqshbandiya tariqatining shayxidir» deb baholagan. Afg’onistonning taniqli
olimi Abdulxay Habibiy o’zining 1965 yili e’lon qilingan «Komiy tariqati» maqolasida Xoja Ahror haqida
shunday yozgan edi: «Sa’diddin Qoshg’ariy va Xoja Ahror o’z asrining buyuk ruhoniy peshvolari
edilar... Xoja Ahror o’shal zotki, Movarounnahrda shuhrat va shohona buyuklikka ega bo’lib,
Abdurahmon Jomiy to’rt marta uning bilan muloqot qilishga otlangan edi. Xoja Ahror faqirlik kiyimida
shohona tantana sohibi edi, uning tadbir-choralari tufayli faqirlik (faqr) shohona kiygandi.
Chu faqr andar qaboi shohi omad,
Ba tadbiri Ubaydullohy omad».
Nihoyat, Xoja Ahror va uning faoliyatiga baho berishga tub o’zgarish yasash lozimligi jihatidan
o’tgan asr 80-yillarning o’rtasida professor A.N. Boldirevning maqolasi xotimasida Xoja Ahrorning
faoliyatiga hamda naqshbandiya tariqatiga (umuman sufiyaga) mavjud qarashlarni xolisona qayta
ko’rib chiqishga to’la asos bor, Deyilgan mazkur satrlar muallifining bu masalaga murojaat etishiga
bois bo’lgan omillardan biridir. Chunki XV asr ilmiy, adabiy va madaniy hayoti bilan uzoq yillar
shug’ullanib kelish, tolibi ilmlarga ma’ruza o’qish jarayonida bu masala hamma vaqt ko’ndalang bo’lib
turar va uni xolisona yoritish zarurligi ehtiyoji hamma vaqt Sezilardi. Ikkinchi tomondan, bu mavzuga
murojaat etishga turtki bo’lgan omillardan biri 1989 yili 91 yoshli donishmand otaxon Abdulhamid
Po’lodiy menga o’z shaxsiy kutubxonalaridagi bir kitobni hadya qila turib, shunday deb aytganlari ham
bo’ldi: Men bu kitobni faqat o’qish uchun taqdim etayotganim yo’q. Asosiy maqsadim va iltimosim
ham shundan iboratki, shu kitobda so’z borgan zot haqida yozsangiz. Men sizning bu zot bilan qiziqib
yurganingizni bilganim uchun ham shunday Deyapman.
Kitobni olar ekanman, uning nomi, kimga bag’ishlanganini bilmasdim. Muhtaram otaxonning
so’zlari esa, meni kitobni Tezroq ochib ko’rishga undar va unga bo’lgan qiziqishimni orttirardi. Bu
kayfiyatimni sezgan otaxon shunday Dedilar: Bu kitob Xoja Ahrori Vali haqida yozilgan «Silsilat ul-
orifin»dir. Buni eshitgach, ancha tinchlandim. Chunki Xoja Ahror va u kishiga bag’ishlangan asarlar
Buyuk ma’naviy murshid
Do'stlaringiz bilan baham: |