www.ziyouz.com
кутубхонаси
11
haqida bundan oldin A. Po’lodiy bilan bo’lgan ko’pgina suhbatlarda so’z borgan edi.
Kitobni mutolaa qilishga kirishdimu, A. Po’lodiyning naqadar mas’uliyatli vazifani oldimga
qo’yganlarini his eta boshladim. Chunki Xoja Ahror va uning faoliyati haqidagi qarama-qarshi
tushunchalar va nuqtai nazarlar mavjudligini, eng donishmand olimu adiblarning bu mavzuga qo’l urib
turli xildagi asarlarni yozganliklarini ham bilardim. Ana shunda hazrat Mir Alisher Navoiyning «emas
oson bu maydon ichra turmoq» degan misralari xayolimdan ham o’tdi. Ha, bu sohada mo’’tabar Xoja
Ahror hazratlari ruhlaridan ijozat so’ramoq va madad istamoq niyatida ul zotning nurli maqbaralarini
ziyorat qildim, so’ngra Buxoroi sharifga borib, hazrat Bahovuddin Naqshband oromgohlarini tavof
etdim. Nihoyat Samarqand viloyati ro’znomasi «Ovozi Samarqand» muharririyatining topshiruviga
ko’ra bu mavzuda bir maqola yozishga kirishim. Ammo aytiladigan gaplar bir maqola hajmiga
sig’madi, u Kengayib Ketdi. Shunday bo’lsa-da, ro’znoma muharririyati uni 1990 yilning sentyabr-
Dekabr oylari davomida o’n to’qqiz sonida e’lon qildi. Bu maqola jumhuriyat ro’znomasi «Ovozi tojik»
(«Haqiqati O’zBekiston») muharririyatining diqqatini ham o’ziga tortgan ekan, maqolaning tahrir
qilingan nusxasini, 1991 yil 3–10 yanvar sonlarida e’lon qildi. Natijada maqola bilan tanishuv doirasi
Kengaydi. Faqat viloyat, Respublika mushtariylarigina emas, balki qardosh Respublikalardagi muxlislar
ham uning bilan tanishdilar. Eng muhimi, maqola haqida ularning taassurotlari, fikri, ya’ni uni davom
ettirib, risola holiga Keltirish kabi takliflar Menga ma’lum bo’ldi. Bu esa mening uchun muhim bir
dalda edi. Yana bir muhim tomoni va meni bu ishga dadillashtirgan omil «Muloqot» oynomasi
muharririyatining shu mavzuda maqola yozishni taklif qilgani bo’ldi. Bu taklifni mamnuniyat bilan
qabul qilib, maqolani yozdim va oynomaning 1991 yil 3-4 sonlarida nashr ettirildi. Shuni eslatish
lozimki, «Ovozi Samarqand» hamda «Ovozi tojik» («Haqiqati O’zBekiston») ro’znomalarida bosilgan
maqola tojik tilida yozilgan edi. «Muloqot» oynomasi uchun esa, o’zbek tilida yozildi. Demak, ikki tilda
so’zlashuvchi muxlislar bu ishni ma’qullagan ekanlar, endi risolani yozish mumkinligiga qat’iy ishonch
hosil qilindi. Bu o’rinda shuni eslatish lozimki, keyingi vaqtda Xoja Ahror haqida respublikamiz
matbuotida, jumladan, Samarqand viloyat ro’znomalari «Zarafshon» («Lenin yo’li»)da M.Mahmudov
(1990 y. avgust), X.Barakayev (1990 y. 29-30 noyabr, 1 Dekabr) «Ovozi Samarqand»da X.Bahromov
(1990 y. 30 oktyabr), «O’zbekiston adabiyoti va san’ati» haftanomasida Ye.berezikov (1990 y. 25
yanvar), «Guliston» oynomasida K.Kattayev (1991 y. 3-son), «Sirli olam» oynomasida M.Mahmudov
(1991 y. 3-son)larning maqolalari ham nashr ettirildi. Turli xarakterdagi bu maqolalardagi umumiy
ruh Xoja Ahrorga xolisona baho berishdan iboratdir.
Shunday qilib, muhtaram o’quvchilar diqqatiga taqdim etilayotgan ushbu risola maydonga keldi.
Ammo u kamchiliklardan xoli emas. Chunki biz Xoja Ahror haqidagi hamma manbalarni ko’rib chiqdik,
Deya olmaymiz. Shunday bo’lsada, jur’at etdik va buning uchun kaminani ma’zur tutgaysiz.
Maqsadimiz bu mo’’tabar zot haqida ozmi-ko’pmi ma’lumot berish va uni tanishga da’vat etishdan
iboratdir, xolos. Vallohu a’lam bissavob!
Do'stlaringiz bilan baham: |