51-bob Tahorat va namoz odoblari Faqih Abu Lays (rahimahulloh) aytadilar: Kishi tahorat qilishni xohlasa, hojatxonaga
"Bismilloh, ey, Parvardigor, men Sendan shaytoni rajim tomonidan bo'lgan najas, xabis
ifloslik va nopoklikdan panoh tilayman", deb chap oyog'i bilan kirishi lozim. Chunki Nabiy
(sollallohu alayhi vasallam): "Albatta, bu pichan nopokdir (ya'ni, shayton uni iflos
qilgan). Agar birortangiz hojatxonaga kirsa, Allohdan shaytoni rajimdan panoh
tilasin",deganlar. O'ng qo'l bilan istinjo qilish makruh, chunki Nabiy (sollallohu alayhi
vasallam) bundan qaytarganlar va o'ng qo'lni pokiza, chap qo'lni nopok ishlarga
buyurganlar. Oishadan (roziyallohu anho) rivoyat qilinadi: "Rasulullohning (sollallohu