www.ziyouz.com kutubxonasi
144
deyishdi. Shunda u kishi: "Agar qodir bo'lganimda, nafsimni taloq qilar elim", dedilar.
"Arablarda bir gap bor: "Uylanish bir oy xursandchilik, bir zamon qayg'u, mahr og'irligi
va orqani kesishdir".
Abu Hurayra Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladilar: "Uch toifaga yordam
berish Alloh zimmasidagi haqdir: Alloh yo'lida jihod qiluvchi, Alloh harom qilgan
narsadan saqlanib, nikohlanuvchi, ozod bo'lishni xohlagan mukotab qul".
Xabarlarda keltirilishicha, Bani Isroildan bir kishi: "Yuzta odam bilan maslahat
qilmagunimcha, uylanmayman!" dedi. 99 tasi bilan maslahatlashib, biri qoldi. Ertasiga
birinchi uchragan kishi bilan maslahatlashib, uning fikriga amal qilishni o'ziga qasd qildi.
Tong ottirib uydan chiqqan vaqtda, qamishga minib olgan jinnini uchratdi. Birinchi
uchragan kishi bilan maslahatlashish haqidagi ahdidan chiqishga chora topa olmadi va
jinniga yaqinlashdi. Jinni unga: "Otimdan ehtiyot bo'l, seni urib yubormasin", dedi. Kishi
unga: "Men sendan bir narsani so'ramoqchiman, otingni to'xtat", dedi. So'ng: "Men
uylanmoqchiman, qanday ayolga uylanay?", deb so'radi. Shunda jinni unga: "Ayollar uch
xil bo'ladi: biri sening foydanga, biri sening zararingga va biri sening foydangga yoki
zararingga", dedi. So'ng: "Otimdan nari tur, turtib yubormasin", deb yo'lida davom etdi.
Haligi kishi: "Bu nima degani bo'ldi", dedi-da, ortidan bordi. "Ey to'xta,– dedi unga
yaqinlashib.–Tushuntirib gapir, nima deding?". Shunda jinni: "Sening foydangga bo'lgani
bokira ayol, uning qalbi va muhabbati seniki, u sendan boshqa birontani bilmaydi. Senga
ziyoni bo'lgan ayol farzandli, er ko'rgan ayol, u sening molingni eb, avvalgi eriga
yig'laydi. Sening foydangga yoki zararingga bo'lgan ayol – er ko'rgan, lekin bolasi yo'q
ayol, agar sen avvalgi eridan yaxshi bo'lsang, u sening foydangga, agar bunday
bo'lmasa, sening ziyoningga", dedi. So'ng yo'liga ketdi. Haligi kishi yana uning ortidan
borib: "Vayl bo'lsin senga, hakimlarning gapini gapirasan-u, qilayotgan ishing
jinnilarniki", dedi. U: "Bani Isroil meni qozi qilmoqchi bo'ldi, men bosh tordim, shunda
ular meni so'kib, haqorat qilishdi. Men o'zimni jinnilikka soldim va ulardan najot
topdim", dedi.
Xabarlarda aytilishicha, bir kishi Dovud alayhissalomga kelib: "Men uylanmoqchiman,
qanaqasiga uylanay?", deb so'radi. Dovud alayhissalom: "O'g'lim Sulaymonga bor va
undan so'ra", dedilar. O'sha paytda Sulaymon alayhissalom yetti yoshda edilar. Kishi
Sulaymon alayhissalomning oldlariga bordi. U kishi bolalar bilan o'ynayotgan edilar.
Kishi o'sha savolni so'radi. Sulaymon alayhissalom: "Qizil oltin bilan oq kumushni
mahkam tut, seni tepib yubormasligi uchun otdan ehtiyot bo'l", dedilar. Kishi bu gapga
tushunmadi. So'ng kishi Sulaymon alayhissalomning javobini Dovud alayhissalomga
aytib berdi. Dovud alayhissalom: "Qizil oltin – bokira ayol, oq kumush – yosh juvon,
tepadigan ot – kampir yoki bolali ayol", dedilar.
Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) tug'adigan ayolga uylanishga buyurganlar,
tug'maydigan ayoldan qattiq ogohlantirganlar va: "Sevikli yoqimtoy ayollarga
uylaninglar, chunki men sizlarning ko'pligingiz bilan qiyomat kunida payg'ambarlarga
faxrlanaman", deganlar.
Abdulloh ibn Umar va Ibn Abbosdan rivoyat qilinadi. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam):
"Ogoh bo'linglarki, Alloh to'rt toifani la'natladi va maloikalar unga iymon keltirdi: Alloh
unga xasislik qilmagan holda ziqnalik qilgan kishini, Alloh uni ayol qilib yaratgan holda
Bo’stonul orifiyn. Abu Lays Samarqandiy
Do'stlaringiz bilan baham: |