Bo’stonul orifiyn. Abu Lays Samarqandiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
117
tabiatni – quruqlik, namlik, issiqlik va sovuqlikni kiritdi
va jasadning foydasi uchun
nafsda to'rtta narsani yaratdi. Jasad faqat shular bilangina qoim turadi: qora pufak,
sariq pufak, qon va balg'am. Quruqlikning o'rnini qora pufakda, namlikning o'rnini sariq
pufakda, issiqlikning o'rni qonning ichida va sovuqlikning balg'amning ichida qildi.
Qaysi
jasadda bu to'rttalasi mo''tadil bo'lsa, salomatlik komil bo'ladi, agar birortasi
boshqasidan ortib ketsa, kasallik tug'iladi, qay biri kamaysa, zaiflik kiradi. Bu tabiatlar
xulqdagi fitrat –
tabiatga aylanadi, quruqlikdan qasd-qat'iylik, namlikdan muloyimlik,
issiqlikdan qiziqqonlik, rashk, g'azab va sovuqlikdan sabr, bardosh paydo bo'lgan. Agar
bulardan birortasi ko'payib
yoki kamayib ketsa, shu tomonidan sog'liqda nuqson paydo
bo'ladi. Alloh taolo boshda har bir narsadan manfaatning bir turini joyladi, ko'rishni
ko'zda, eshitishni quloqda, hidlashni burunda, so'zlashni tilda qildi.
Shuningdek, qorinda
har bir narsa uchun bir makon qildi: kulgu va xursandchilik o'rnini taloq va jigarda,
qo'rquv va haybat o'rnini o'pkada, g'azab o'rnini jigarda, ilm va tushuncha – farosat
o'rnini qalbda, aql o'rnini dimog'da, xursandchilik va xafachilik o'rnini
buyrakda,
(yurakda deb ham aytiladi) qildi. Jasadda Alloh taolo 360 ta tomirni va 240 ta suyakni
yaratdi va bu Alloh taoloning:
"(Ey insonlar), erda (undagi tog'u toshlar va vodiy-daralarda, dengizlar va daryolarda,
hayvonot va nabotot olamida) hamda o'zlaringizda (ushbu hayotga
kelib-ketishingizdan
tortib, vujudlaringizdagi har bir a'zoyingizda, balki har bir hujayrangizning naqadar nozik
tartib-intizom bilan yaratilib, o'z o'rniga joylashtirilganida va o'z zimmasidagi Yaratgan
buyurgan vazifani quloq qoqmasdan ado etib borishida)
ishonguvchi zotlar uchun
(Allohning qudratiga dalolat qiladigan) oyat-alomatlar bordir" (Zoriyot, 20–21-oyatlar),
degan so'zidir.
Ali (roziyallohu anhu): "Aql qalbda, rahmat jigarda, muloyimlik taloqda va nafas o'pkada
bo'ladi", deganlar, va yana aytganlar: "Bolaning jasadi 21 yoshgacha, aqli 28
yoshgacha
o'sadi, bundan keyin uning aqlida o'sish bo'lmaydi, faqat tajribasi oshadi".
Ba'zi hukamolar: "Aqlning o'rni dimog'da va ahmoqlikning o'rni ko'zda, botilning o'rni
quloqda, hayoning o'rni yuzda, ruhning yo'li burunda, hayotning o'rni og'izda, tashvish-
g'amning o'rni yurakda, kulgining o'rni taloqda, rahmat va g'azabning o'rni yurakda,
xafachilik va xursandchilik o'rni qalbda, kasbning o'rni ikkala qo'lda, qiyinchilikning o'rni
ikkala oyoqda", deyishgan. Alloh subhonahu va taolo biluvchiroq.
Do'stlaringiz bilan baham: