www.ziyouz.com
kutubxonasi
35
— Hali otdaysiz, rais bova, otday!
— Yo bir Mrskvaga borib-kelsammikin? O’rtoq Leninni ziyorat etsammikin? O’rtoq
Lenin, turing, joyingizdan — yurtingizdan kapitalizm hidi anqib qoldi, desammikin?
Kapitalizm... nomini eshitib, o‘rtoq Lenin... go‘rida tikka turib ketsa kerak? O’zi o‘rtoq
Leninda... go‘r bormi? Mana o‘z oti bilan mavzoley, KPSS qasri. Unda, o‘rtoq Leninni...
go‘ri qaerda?
Botir firqa kitobni varaqlab-varaqlab o‘yladi. Choy ho‘plab-ho‘plab o‘yladi. Oxiratni
o‘yladi. Besh kunlik dunyoni o‘yladi...
— Ammo-lekin inson dunyoga bir keladi, inson dunyodan bir ketadi, — dedi. — Inson
dunyodan ketar vaqti — uch kun. Jon berdimi — uch kun ichida ketishi kerak bo‘ladi.
Uch kun! Aytishlaricha, marhum uch kun mobaynida yerga ko‘milmasa, marhum qabrga
kirmaydi, shunday, qabrga kirmaydi. Marhum jisman qabrga kiradi, ammo-lekin arvohi
qabrga kirmay qoladi. Marhumni o‘zi yer ostida bo‘ladi, arvohi esa... yer ustida qoladi!
Shu boisdan-da, uch kunlik o‘lik g‘oyatda azob chekadi, g‘oyatda kiynaladi. Uch kunlik
o‘lik falak bilan yer o‘rtasida arosatda qoladi: tiriklar orasiga qaytay deydi — qaytish
yo‘lini bilmaydi. O’liklar orasiga boray deydi — borish yo‘lini bilmaydi. Uch kunlik o‘lik —
arosat azobini tortadi, sarsonlik azobini tortadi.
— Oqibat, tiriklarni qiynab boshlaydi. Tiriklarni qon-qaqshatib boshlaydi, tiriklarni
kuydirib boshlaydi.
— Ha, yasha. Nihoyat, uch kunlik o‘lik... tiriklardan alam oladi, tiriklardan xun oladi.
Motam hovlida bir nima... chirq-chirq uchadi.
— Ana o‘sha... uch kunlik o‘lik arvohi, rais bova, uch kunlik o‘lik arvohi. Ana shu arvoh
tiriklardan... o‘ch olish uchun uchadi. Tiriklardan qasos olish uchun... chirq-chirq etadi.
— Arvoh chirq-chirq etib... tiriklar ko‘ngliga g‘ulg‘ula soladi, tiriklar qalbiga tahlika
soladi. Ana shu arvoh chirq-chirq etib... tiriklarni adoyi tamom qiladi! Shu bois — uch
kun! Marhum uch kun mehmon bo‘ladi.
— O’lmak, o‘lmakni ishi ko‘mmak, deydilar.
— O’rtoq Lenin esa, yetmish yil... yetmish yildan buyon... ko‘milmaydi! Yetmish yildan
buyon o‘rtoq Lenin arvohi chirq-chirq etadi. Yetmish yiddan buyon o‘rtoq Leninni arvohi
chirq-chirq etib... sovet xalqlarini qiynaydi! Yetmish yildan buyon o‘rtoq Leninni arvohi
chirq-chirq etib... sovet xalqlaridan qasos oladi!
— Uch kunlik o‘lik yetmish yildan buyon arosatda yotadi, deng. Arvohi... allaqachon
xilqatda sayr etib yuribdi, deng.
— O’rtoq Leninni miyasi... Davlat Bankasida saqlanadi, shunday, Davlat Bankasida.
Ichak-chavoqlari... o‘sha vaqtdayoq olib tashlangan. O’zini ustidan esa... Siyosiy byuro
a’zolari qator bo‘lib yuradi! Bayram oti bor, parad oti bor — Siyosiy byuro a’zolari o‘rtoq
Lenin ustida... saf bo‘lib turadi, ura-ura deya, qo‘l silkib turadi. O’rtoq Lenin ustidan...
tepkilab-tepkilab turadi. Mana, yetmish yildan buyon o‘rtoq Lenin... Siyosiy byuroga
oyoqosti bo‘ladi!
— Bechora Lenin... na tiriklar orasida bor, na o‘liklar orasida bor!
— Men senga bir nima aytaymi, kampir? Shu... mavzoleyga o‘rtoq Leninni ko‘rish
uchun kirgan odam, u yerdan chiqib... bir boshqa bo‘lib qoladi! Ha, odam mavzoleydan
chiqib... ajabtovur bo‘lib qoladi!
— O’lik — o‘z oti bilan o‘lik-da.
— Mavzoleydan chiqqan odamlar bir boshqa bo‘lib... uy-uylariga tarqaladi. Chirq-
chirq... tovushlar ostida tarqaladi. Chirq-chirq... ovozlar og‘ushida tarqaladi. G’arb
mamlakatlari sovet davlatini «yovuzlik imperiyasi», deb ataydi. «Yovuzlik imperiyasi»
deb atalishi — shu... mavzoley bois emasmikin? Shu mavzoleydan kelib chiqmish...
Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod
Do'stlaringiz bilan baham: |