Pnevmatik arqoq tashlash sistemalari:
bir purkagichli – konfuzor yunaltirgichli, ikkinchi tomondan surib oluvchi (3.49a-rasm);
ko'p purkagichli – yunaltirgichli (3.49b-rasm);
ko'p purkagichli maxsus tig'li (profilli) (3.49v-rasm).
Bir purkagichli pnevmatik to'quv dastgohlari: Investa, Elitex, Sulzer Ruti va x.k.z.
Ko'p purkagichli pnevmatik to'quv dastgohlari: Sulzer Ruti, Gunne, Tsu- dakoma, Picanol, Jettis va x.k.z.
3.49-rasm. Pnevmatik arqoq tashlash sistemalari
3.50a-rasmda bir purkagichli pnevmatik arqoq tashlash sistemalari keltiril- gan. Arqoq ipi arqoq bobinasidan 1 chuvalib chiqib, ip taranglagich 2, o'lchash roliklaridan 3,4 o'tadi. Maxsus qisqichlar 5 arqoq ipini ushlab turadi, so'ngra bosh purkagich 6 yordamida arqoq ipi xomuzaga havo bosimi yordamida tashlaydi. Yo'naltiruvchi konfuzorlar 8 to'qima eni bo'yicha o'rnatilgan bo'lib, ular havo bosimini tarqalib ketishini oldini olib, arqoq ipini xomuzada yo'naltiradi va ipni ikkinchi uchini so'rib oluvchi quvur 9 tortib oladi. Arqoq ipi xomuzaga tash- langandan so'ng qaychi yordamida kesiladi. 3.50b-rasmda ham bir purkagichli pnevmatik arqoq tashlash sistemalari keltirilgan. Arqoq ipi quvurga havo orqkali so'rilib, so'ngra ip taranglagichdan o'tib asosiy purkagichga beriladi.
a) b)
3.50-rasm. Bir purkagichli pnevmatik arqoq tashlash
1-arqoq bobinasi, 2-taranglagich, 3,4- o'lchash roliklari, 5-maxsus qisqichlar,6- bosh purkagich, 7- qaychi, 8-yo'naltiruvchi konfuzorlar, 9-so'rib oluvchi quvur.
A-bobina, B-o'lchash diski, C-tortish roligi, D-ipli ilmoq, E-taranglik, F- asosiy purkagich, G-quvur, J-xavo so'rgich.
3.51-rasmda to'qima hosil qilish jarayonida konfuzorni egallagan joylari ko'rsatilgan. Arqoq ipi xomuzaga tashlangandan so'ng jipslashtirish paytida batan mexanizmi to'qima cheti tomon harakatlanadi, arqoq ipi esa konfuzordan chiqib xomuza ichida qoladi. Arqoq ipini to'qima chetiga jipslashtirish paytida konfuzor to'qimani pastiga tushadi.
3.51-rasm. To'qima hosil qilish jarayonida konfuzor holati
3.52-rasmda ko'p purkagichli maxsus tig'li pnevmatik arqoq tashlash tizimi ko'rsatilgan. Arqoq ipi arqoq bobinasidan chuvalib chiqib, qo'shimcha va bosh purkagichlardan o'tadi. Bosh purkagich arqoq ipini havo yordamida estafetali purkagichlarga uzatiladi va estafetali purkagichlar esa birin-ketin arqoq ipini bir- biriga havoni purkash yo'li bilan uzatib, xomuzaga tashlaydi. Estafetali purkagichlardan foydalanish dastgohda enli to'qimalar ishlab chiqarish imkoniyati- ni kengaytiradi.
3.52-rasm. Ko'p purkagichli, maxsus tig'li pnevmatik arqoq tashlash
arqoq bobinasi, 2-arqoq to'plagich, 3-qo'shimcha purkagich, 4-bosh purkagich, 5-qaychi, 6-shaklli tig', 7-estafetali purkagichlar.
3.53-rasmda ko'p purkagichli estafetali purkagichlar o'rnatilgan pnevmatik arqoq tashlash ko'rsatilgan. Ko'p purkagichli dastgohlarda havo oqimini yo'naltiruvchi konfuzorlar o'rniga mahsus shaklli tig' tishlari va qo'shimcha purkagichlar o'rnatiladi. Dastgohdagi boshqaruv markazi orqali asosiy va qo'shimcha purkagichlarga mos ravishda kerakli havo bosimi bilan ta'minlash boshqarib turiladi.
3.53-rasm. Ko'p purkagichli pnevmatik arqoq tashlash printsipi
3.54-rasmda Zultser Ryuti L5100 pnevmatik to'quv dastgohining estafetali purkagichlari ko'rsatilgan. SHaklli tig'dan foydalanish havo bosimi orqali arqoq ipini yo'naltirib, uni tanda ipidan ajratib turadi. Bunday shaklli tig'ni tunnelli tig' deyiladi.
3.54-rasm. Zultser Ryuti L5100 pnevmatik to'quv dastgohining estafetali purkagichlari
3.55-rasmda shaklli tig' va purkagich turlari keltirilgan. Purkagichlar dastgoh turi, arqoq ipining turi va chiziqli zichligi kabi ko'rsatgichlarga qarab tan- lab olinadi.
3.55-rasm.Shaklli tig' va purkagich turlari
ko'p teshikli; b) bir teshikli.
3.56-rasmda Elitex pnevmatik to'quv dastgohini texnologik sxemasi keltiril- gan. Dastgohni kam joy egallashi uchun 36 keyinchalik 450 qiyalikda ishlab chiqarilgan. Biroq bunday ishlanma dastgohni taxilash, unga xizmat ko'rsatish pay- tlarida noqulayliklar keltirganligi uchun xozirda ishlab chiqarilmaydi. Dastgoh te- zligi 1200 ayl/min, arqoq tashlash tezligi esa 1920 m/min. ga etgan.
3.56-rasm. Elitex pnevmatik to'quv dastgohi Dastgohni afzalligi:
kam joy egallashi;
tanda g'altagi va to'qima valigini bir tomondaligi;
shodalar 450 da joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |