Microsoft Word Boymur\340tov tm


Pnevmatik arqoq tashlash usuli



Download 12,1 Mb.
bet51/156
Sana01.02.2022
Hajmi12,1 Mb.
#421028
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   156
Bog'liq
toquvchilik texnologiyasi

Pnevmatik arqoq tashlash usuli


Pnevmatik arqoq tashlash to'quv dastgohlari tezlik bo'yicha birinchi ekan- ligi haligacha davom etmoqda. Hozirgi kunda pnevmatik to'quv dastgohlari yordamida 1500 - 2800 m/min va undan yuqori tezlik bilan enli to'qimalar ishlab chiqarayapti.


1914 yili J.S. Brooks (AQSH) pnevmatik arqoq tashlash usuliga Amerika patentini olgan va 1927 yili o'zini eski ipak to'qimasini ishlab chiqaruvchi dastgohi asosida havo yordamida arqoq tashlashni ommaga havola etgan (3,47-rasm). Biroq pnevmatik arqoq tashlovchi to'quv dastgohlaridan sanoat darajasida keng foyda- lanish 2-jahon urishidan keyin boshlangan.

3.47-rasm. Birinchi yaratilgan S.Brookning ikki soploli pnevmatik to'quv dastgohi



  1. kulachok vali, 2-kulachok, 3-ventil, 4-havo trubasi, 5,6-saplolar, 7-arqoq bobina- si, 8-ip yo'naltirgich, 9-sektor, 10- tishli g'ildirak, 11-tishli reyka.

1929 yili Ballou pnevmatik arqoq tashlash usuli bo'yicha patent olib, uning ishida arqoq dastgohning bir tomonidan havo yordamida tashlanib, ikkinchi tomo- niga esa Ballou so'ruvchi saplo o'rnatdi hamda dastgohda maxsus shaklli tig'dan foydalandi. 1949 yili esa Svaty (Chexoslavakiya) patent olib, havoni yo'naltiruvchi konfuzordan foydalanishni taklif etgan. 1979 yili Nissan kompaniyasi ishlab chiqarilayotgan to'quv dastgohlarida plastikli konfuzorli tig'dan foydalnishni boshlagan. 1980 yildan boshlab, pnevmatik to'quv dastgohlarida tunnelli tig'dan va estafetali saplolardan foydalanish asosiy yo'nalish bo'lib kelmoqda.


Pnevmatik to'quv dastgohlari xomuzaga arqoq ipini tashlash bo'yicha yuqori samarali bo'lib, engil va o'rta og'irlikdagi to'qimalar, halqali sochiqlar, mebelbop to'qimalar, jinsi va x.k.z to'qimalar ishlab chiqarishda yuqori unumdorlikka egadir. Rapirali va mitti mokili arqoq tashlash usullariga taqqoslaganda arqoq tashlovchi elementni og'irligi pnevmatik usulda juda ham kichkinadir. Buning hisobiga yuqori tezlikda arqoq tashlash imkoniyatini berdi.
Birinchi sanoat sohasidagi bir saploli pnevmatik to'quv dastgohi 1958 yili HTMKda namoyish etigan. 1967-1968 yillarini eng katta ilmiy texnik yutuqlaridan biri estafetali saplolarga ega bo'lgan eni 165 sm, arqoq tashlash tezligi 530 m/min bo'lgan to'kuv dastgohini eratilishi bo'lgan.Oxirgi o'n yilliklarda pnevmatik to'quv dastgohlarida yangi texnologiyalar qo'llanishi natijasida arqoq tashlash tezligi 2000dan 2900 m/min.gacha etkazilab, ishlab chiqarilayotgan to'qimani eni esa190 dan 340 smgacha etkazildi. 3.48-rasmda pnevmatik arqoq tashlash printsipi keltirilgan.
Arqoq bobinasidan 1 arqok ipi 2 chuvalib chiqib, yo'naltiruvchi ko'zchasi- dan va taranglovchi moslamadan 3 o'tadi, o'lchash moslamasi 4 yordamida kerakli uzunlikdagi arqoq ipi (to'qima eniga qarab) o'rab olinib, arqoq ipi uchini tormoz ushlab turadi. So'ngra ma'lum bosimdagi havo truba 7 orqali saploga beriladi va tormoz arqoq ipini bo'shatishi bilan arqoq ipini havo bosimi purkab xomuzaga tashlaydi. Arqoq xomuzaga tashlangandan keyin tormoz yana arqoq ipini ushlab turadi, qaychi D arqoq ipini kesadi, tig' A esa tashlangan arqoq ipini to'qima che- tiga jipslashtirib, to'qima S elementini hosil qiladi. To'qimani ikki yonida o'ramali milk E, F hosil qilinadi.


A-tig',
B-tanda iplari, C-to'qima,
D-qaychi,
E, F-o'ramali milk.
1-arqoq bobinasi, 2-arqok ipi,

  1. yo'naltiruvchi va ta- ranglovchi,

  2. ulchash moslamasi, 5-tormoz,

6-saplo, 7-truba.

3.48-rasm. Pnevmatik arqoq tashlash printsipi



Download 12,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish