Mokisiz arqoq tashlash usullari
To'qima ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirishning asosiy yo'nalishi bu- ishlab chiqarish vaqti, energiya sarfi va tannarxni kamaytirishdir. Xozirda og'ir mexanikaviy qismlar o'rnini elektronli yoki mikroprosessorli boshqaruv tizimlari egallamoqda. Oxirgi 2 o'n yilliklarda to'quvchilik texnologiyasi jarayonidagi sama- rali o'sishlar deb, mokili to'quv dastgohlari o'rnini mokisiz to'quv dastgohlari egal- lashi va ular yordamida to'qima ishlab chiqarish unumdorligini va sifat ko'rsat- gichilarini oshirish bo'lgan deyish mumkin.
Mokisiz to'quvchilik to'qimachilik sanoati rivojlanishiga katta ta'sir etadi. Mokili to'quv dastgohlarini mokisiz dastgohlariga almashishi yangi texnologiyalar va og'ir qo'l mehnatidan zamonaviy boshqarish tizimiga o'tishni ta'qoza etib, ishlab chiqrish usulini ham o'zgartirishga olib keldi. Bozor ishlab chiqaruvchilardan
to'qimani uzunligi bo'yicha nuqsonlarni bo'lmasligini talab eta boshladi va bunday to'qimani faqatgina mokisiz to'quv dastgohlarida ishlab chiqarish imkoniyati mavjud bo'lgan. Iqtisodiy nuqta'iy nazardan ishlab chiqarish unumdorligini oshirmay turib, mehnat xarajatlarini (ishchilar maoshi va h.k.z) ko'paytirish foyda- ni kamayishiga olib keladi. Shuning uchun bugungi kunda ishlab chiqaruvchilar- ga shunday mokisiz to'quv dastgohlari kerakki, u dastgohlar yuqori sifatni ta'min- lagan holda eng nafis to'qimalardan tortib, eng og'ir to'qimalargacha ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo'lishi va bu jarayonda paxtali, zig'ir, jun, metal, shishali, mono va ko'pfilamentli va x.k.z iplardan foydalanishini taqoza qildi.
To'quvchilardan doimo "Sifatli to'qima" etkazib berish talab etiladi. Sifatli to'qima deyilganda nima tushuniladi. Quyida sifatli to'qima uchun texnik shartlar keltirilgan:
to'qima bo'lagining eni va uzunligi ruxsat etilgan chegarada bo'lishi kerak;
to'qimaning tuzilishi, ya'ni bo'yicha zichliklari, tanda va arqoq iplarini chiziqli zichligi, iplar aralashmasini foiz ko'rsatgichlari uzunligi ruxsat etil- gan chegarada bo'lishi kerak;
100 metr to'qimada rangli, tukli va boshqa nuqsonlar , belgilangan che- garada bo'lishi kerak;
to'qimani uzilish kuchi belgilangan chegarada bo'lishi kerak;
asosiy nuqsonlardan tanda etishmaslik, arqoq ipini ikkinchi tomonga etib bormasligi, ip o'tkazish jarayonidagi xatolik, qo'shaloq tanda yoki arqoq iplari kabi nuqsonlar ko'z bilan ko'ra olish darajasida bo'lmasligi kerak.
Mokisiz to'quv dastgohlaridan foydalanish quyidagi afzalliklarni beradi:
YAxshi va sifatli to'kima ishlab chiqariladi.
Ishlab chiqarish unumdorligini yuqoriligi.
Doimiy va ishonchli ishlashni ta'minlanadi.
Dastgohlarni universalligi.
Dastgohni assortiment imkoniyatlarini yuqoriligi.
Enli va texnik to'qimalar ishlab chiqarish imkoniyatiga egaligi va x.k.z.
Do'stlaringiz bilan baham: |