Tanda iplarini
pastga tortish ele- mentlari
|
Pastga tortish kuchi, sN
|
Yuk
|
26 sN texik to'qimalar uchun, 34 sN mebelbop
to'qimalar uchun, 40 sN odeyallar uchun
|
Elastik shnur
|
30 sN ipak to'qimalar uchun, 50 sN ensiz to'qimalar
uchun, 50 sN mebelbop to'qimalar uchun
|
Prujinalar
|
20-30 sN ipak to'qimalar uchun, 50-75 sN gilofli to'qimalar uchun, 80 sN xalkali sochiklar uchun, 180
sN odeyallar uchun
|
Jakkard mashinalarida ishlab chiqariladigan to'qimani o'rilishi asosida kar- ton tayyorlanadi. Karton tayyorlash uchun maxsus karton tayyorlash mashinalari- dan foydalaniladi. Quyida karton tayyorlash bosqichlari ko'rsatilgan (2.58-rasm).
2.58-rasm. Karton tayyorlash bosqichlari va mashinasi
Elektron boshqaruvli jakkard mashinalarida to'qimani o'rilishi kompyuter yordamida tayyorlanadi. Jakkard mashinasini turiga qarab turli dasturlardan foyda- laniladi. Hozirda avtomatik loyihalash tizimi (ALT) keng qo'llanilmoqda (2.59- rasm).
Avtomatik loyihalash tizimi loyihalanayotan to'qimani kompyuter yordami- da imitatsiya qilish (Modellashtirish), to'kimani avvaldan ko'rish, tekshirish, xato- larini to'g'rilash kabi amallarni bajarish imkoniyatini beraradi. Buning uchun jak- kard mashinasi va to'quv dastgohi turiga qarab, maxsus dastur (CAD/J Win, JacqCAD master, Weave, ArahPaint va x.k.z) bilan ta'minlanadi.
2.59- rasm. Avtomatik loyihalash tizimi
Loyihalanayotan to'qimani kompyuter yordamida imitatsiya qilish quyidagi afzaliklarni beradi:
to'qimani dastgohda to'qiщdan oldin ko'rish mumkin;
to'qima tuzilishi, iplarni chiziqli zichligi va turi kabi turli ko'rsatgichlarni dar- hol o'zgartirish mumkin;
to'qimani imitatsion ko'rinishini qog'ozga tushirib, xaridorga ma'qullash uchun jo'natish mumkin;
amaldagi to'quvchilikka xos emas;
naqsh tayyorlash vaqti va sarfi juda kam;
modellashtirilgan to'qima naqshini saqlab quyish mumkin.
Zamonaviy elektron boshqaruvli jakkard mashinalari mexanik mashinalarga nisbatan bir necha afzalliklarga ega.
qo'llanishi- mokisiz to'quv dastgohlarida;
tezligi yuqori;
naqsh turini tez va oson o'zgartirish;
naqshni tuzatish (korrektirovka) qilish imkoniyati mavjud;
mashina xotirasida ko'plab naqshlarni saqlash imkoniyati mavjud;
mashina quvvati – 15000 ignagacha (maksimum).
Zamonaviy jakkard mashinalari nisbatan qimmat. Xozirda dunyo to'kuvchiligida Staubli, Bonas, Muller, Fimtextile, Van De Ville, Vitek, Teks- tima kabi jakkard mashinalari keng ko'lamda ishlatilmoqda.
2.5-jadvalda qo'lda va avtomatik loyihalash tizimi orqali to'qima naqshini tayyorlashdagi qiyosiy tavsifi keltirilgan.
2.5-jadval
Loyihalash tizimlarini qiyosiy tavsifi
Do'stlaringiz bilan baham: |