Omillar
|
"C" diapazoni
|
"B" diapazoni
|
"A" diapazoni
|
Arqoq ipi zichligi,
arq/sm
|
8-200
|
4-100
|
1,3-25
|
Tanda bo'shatish
nisbati:
|
1/4
|
1/2
|
1/1
|
To'qima tortish va
o'rash nisbati:
|
1/4=z 24/96
|
1/2=z 40/80
|
1/1=z 60/60
|
To'quv g'altagi: o'zak diametri, mm
gardish diametri, mm
|
219
800-1000
|
219
800-1000
|
219
800-1000
|
Maksimum tanda ipini
tortish kuchi, kg
|
2000
|
900
|
700
|
5.10-rasmda arqoq bo'yicha to'qima zichligini o'zgartirish dasturlash ekrani ko'rsatilgan. To'qimada arqoq bo'yicha zichlik uch xil o'zgartiriladi.
Operator (ishchi) kerakli to'qima zichligi qiymatini kiritadi ( A = Manual).
Arqoq zichligi to'qima o'rilishida beriladi (o'zgaruvchan zichlik) va mexanizm dastgohning SOCOS ichki dasturidan qiymatni oladi.
Arqoq zichligi kiymatini Elektron Jakkard mashinasidan oladi.
5.10-rasm. Arqoq bo'yicha to'qima zichligini o'zgartirish ekrani
5.11- rasmda elektron to'qima rostlagichining (ETR) printsipial chizmasi keltirilgan. To'qima rostlagichining 1-elektrodvigatelidan Z1, Z2, Z3, Z4, Z5, Z6 tishli g'ildiraklari , Z7 chervyagi va Z8 chervyak g'ildiragi orqali harakat valyanga 2 uzatiladi.
A - A
6
5.11-rasm. Elektron to'qima rostlagichi
1- elektrodvigatel; 2-valyan; 3-mikroprotsessor; 4-o'zgartiruvchi moslama; 5-tishli disk; 6,7- datchiklar.
3-mikroprotsessorga to'qimaning arqoq bo'yicha kerak bo'lgan zichlik qiymati kiritiladi. Mikroprotsessor o'z navbatida 4-o'zgartiruvchi moslamaga beril- gan xabarlarni etkazib beradi. O'zgartiruvchi moslama bu xabarlarni elektr tokiga aylantiradi va 1-elektrodvigatelga berilayotgan tok miqdorini zichlikka mos rav- ishda belgilaydi O'zgarmas tokda ishlovchi 1-elektrodvigatel belgilangan tezlikda (tok miqdoriga qarab) aylanadi va tishli uzatmalar orqali valyanni aylantiradi va
to'qima tortib olinadi. Ayni paytda 5-tishli disk va 6,7-datchiklar yordamida
eletrodigatelning amaldagi tezligi nazorat qilinadi. Agar elektrodvigatelning amal- dagi tezligi belgilangan tezlikka mos kelmasa, mikroprotsessor jarayonga kerakli o'zgartirishlar kiritib, amaldagi tezlikni belgilangan tezlikka tenglashtiradi. Agar amaldagi tezlikning belgilangan tezlikdan o'zgarib ketishi muntazam ravishda sodir bo'laversa dastgoh to'xtab qoladi. Ikkita datchikning mavjudligi dastgoh to'xtab turgan paytda to'qimani tortib olish yoki bo'shatish jarayonlarini nazorat qilish im- koniyatini beradi.
Quyida ayrim to'quv dastgohlarida to'qimani arqoq buyicha zichligini ta'min- lash diapazoni keltirilgan (5.3-jadval).
5.3-jadval To'kuv dastgohlarining to'qimani arqoq buyicha zichlik diapazoni
Do'stlaringiz bilan baham: |