Arqoq ipini to'qima chetiga jipslashtirish deganda xomuzaga tashlangan arqoq ipini to'qima qirg'og'i tomon siljishi natijasida to'qimani yangi elementini hosil bo'lishi hamda bu arqoq ipini tanda ipi bilan kuch va ishqalanish ta'sirida ularga to'lqinsimon shakl berishlik tushuniladi. Tanda ipini to'qimaga o'tish chizig'i to'qima qirg'og'i deyiladi.
To'qima hosil bo'lish zonasi deb, arqoq va tanda iplarini bir-biriga nisbatan ko'chish qobiliyatini saqlab qolishi va o'z holatlarini o'zgartira olishi natijasida shakllanayotgan to'qima qismiga aytiladi.
SHakllanayotgan to'qima tuzilishini aniqlovchi asosiy omil jipslashtirish ja- rayonida tanda va arqoq iplarini o'zaro ta'siri hisoblanadi.
Arqoq ipini to'qima chetiga jipslashtirishni uchta usuli mavjud:
Do'stlaringiz bilan baham: |