Kamchiliklari:
iplarni o'tkazishni noqulayligi;
to'qima enini chegaralanganligi, faqat 110 smgacha;
faqat 2-8 shodali kulachokli xomuza hosil qilish mexanizmidan foydalanish;
og'ir to'qimalarni ishlab chiqarish imkoniyatini yo'qligi;
iplarni qayta ishlash imkoniyatini chegaralanganligi, 20-100 dtex.
3.57-rasmda Sulzer L9400 pnevmatik to'quv dastgohini estafetali arqoq tashlash sxemasi keltirilgan. Dastgoh ilmiy texnika yutuqlarini oxirgi ishlanma- laridan foydalagan holda ishlab chiqarilgan. Bunda kam havo sarfi bilan yuqori samaraga erishish asosiy omil qilib olingan. Dastgohda ikkita havo rezervari 9, 10 o'rnatilgan bo'lib, ulardagi havo bosimi har xil bo'ladi. Sistemada ikkita havo rezervaridan 9,10 foydalanish chiziqli zichligi yuqori bo'lgan iplarni ham kayta ishlash imkoniyatiga ega bo'lingan.
Dastgohda eni 430, 460 va 540 sm bo'lgan to'qimalar ishlab chiqarish im-
koniyati mavjud. Arqoq bobinasidan 1 arqoq ipi 6 chuvalib chiqib, arqoq to'pla-
gich 2, dastlabki saplo 3, asosiy saplolardan 4 o'tib, tig' kanali 5 orqali xomuzaga tashlanadi. Sensor 7 arqoq ipini etib kelgan yoki kelmaganligini tnazorat qilib tu- radi. Estafetali saplolarga 8 , havo ikkita rezervuarlardan etkazilib turiladi. Sensor 7, vaqt nazoratchisi 11 va kompressor 12 bir-biriga bog'liq holda ishlaydi.
3.57-rasm. Sulzer L9400 pnevmatik to'quv dastgohini estafetali arqoq tashlash sxemasi
arqoq bobinasi, 2-arqoq to'plagich, 3- dastlabki saplo, 4-asosiy saplo, 5-tig' kanali, 6- arqoq ipi, 7- sensor, 8-estafetali saplolar, 9,10- rezervuarlar, 11-vaqt nazoratchisi, 12-kompressor.
Pnevmatik arqoq tashlash usulida havo bosimi eng asosiy ko'rsatgich bo'lib, uning miqdori qator texnologik omillarga (to'qima eni, ipning chiziqli zichligi, tanda iplarini soni, dastgoh tezligi, ip tarngligi va x.k.z.) bog'liq bo'ladi. Arqoq tashlash tezligi havo bosimiga bevosita bog'liq bo'lib, havo bosimini ortishi arqoq tashlash tezligini ortishiga olib keladi (3.58-rasm).
3.58-rasm. Arqoq tashlash tezligi va havo bosimini bog'liklik grafigi
3.59-rasmda arqoq tashlash va dastgoh tezligini to'qima eniga bog'liq grafigi keltirilgan. Dastgohda ishlab chiqariladigan to'qima enini ortishi bilan arqoq tash- lash tezligi ortib, dastgoh tezligi esa kamayib boradi. To'qima enini ortishi bilan arqoq tashlash vaqti ham mos ravishda ko'payib boradi va bu esa dastgoh tezligini kamayishiga olib keladi.
3.59-rasm. Dastgoh (1) va arqoq tashlash (2) tezliklarini to'qima eniga bog'liqligi
3.60-rasmda zamonaviy Mythos (Promatech, Italiya) pnevmatik to'quv dastgohi ko'rsatilgan. Dastgoh quyidagi texnologik imkoniyatlarga ega:
dastgohni tig' bo'yicha eni, sm - 190-380;
arqoq tashlash tezligi, m/min - 2500;
iplarni qayta ishlash imkoniyati, yigirilgan ip - 7÷143 teks,
filament ip - 20÷1100dtex,
to'qima og'irligi, g/m2 - 800 gacha;
arqoq ipi zichligi, arq/sm - 4-200
arqoq ipinazoratchisi - sensorli.
3.60-rasm. Zamonaviy Mythos (Promatech, Italiya) pnevmatik to'quv dastgohi Pnevmatik arqoq tashlash usulini afzalliklari:
yuqori unumdorligi;
arqoq tashlash tezligini yuqoriligi (1200 ayl/min, 2900 m/min gacha);
boshqarishni oddiyligi va harakatlanuvchi detallarni kamligi ularni ishdan chiqishini kamayishini ta'minlaydi;
dastgohni kam maydon egallashi;
dastgoh titrash darajasi va shovkinini kamligi;
dostgoxni arzonligi;
milk chikindisini kamligi (fakat bir tomonda bo'ladi);
Do'stlaringiz bilan baham: |