Microsoft Word Boymur\340tov tm


Rapiralarga harakat uzatish



Download 12,1 Mb.
bet49/156
Sana01.02.2022
Hajmi12,1 Mb.
#421028
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   156
Bog'liq
toquvchilik texnologiyasi

Rapiralarga harakat uzatish


Rapiralarga harakat uzatish mexanizmi dastgoh mexanizmlari bilan mexani- kaviy bog'langan. Rapiralarga harakat uzatish mexanizmi to'liq boshqarilganligi sababli arqoq ipini tashlash davridagi har qanday holati aniq nazoart qilinadi. Ra-
piralarga harakat uzatishni turli xil variantlari mavjud. Xozirgacha harakat uzatish takomillashtirila borilib, arqoq tashlashni ravon, dastgoh tezligini esa yuqori bo'lishiga harakat qilinadi. Rapiralar harakati arqoq ipini uzatuvchi rapiradan qabul qiluvchi rapiraga o'tkazilish vaqtida keskin ip tarangligini oshmaslini ta'min- lashi talab etiladi. Rapiralar harakatiga arqoq ipini bobinadan chuvalib chiqish te- zligi katta ta'sir ko'rsatadi, ya'ni chuvalish tezligi yuqori bo'lsa, rapiralar harakati ham katta bo'ladi. 3.36-rasmda egiluvchan rapirani tebranma harakat uzatish orqali harakatga keltirish ko'rsatilgan. Harakat yo'li ekstsentrik orqali rostlanadi.

3.36-rasm. Egiluvchan rapiraga tebranma harakat berish


3.37-rasmda "Snoeck" va "Nuovo Pignone" egiluvchan rapirali to'kuv dastgohida rapiraga harakat berish ko'rsatilgan. Bu erda rapirani harakatini asosiy valga o'rnatilagan ekstsetrikni ariqchasi belgilaydi.

3.37-rasm. "Snoeck" va "Nuovo Pignone" egiluvchan rapirali to'kuv dastgohida rapiraga harakat berish
Draper DSL egiluvchan rapirali to'quv dastgohidat rapiraga harakat berish 3.38-rasmda ko'rsatilgan. Rapira harakatini asosiy valga o'rnatilagan ekstsetrikni ekstsentriteti belgilaydi.

3.38-rasm. Draper DSL egiluvchan rapirali to'quv dastgohida rapiraga hara-


kat berish
3.39-rasmda SMITH egiluvchan rapirali to'quv dastgohida rapiraga harakat uzatish keltirilgan. Bu dastgohda harakat shakldor (sferik) tirsakli val orqali rapiralarga harakat uzatiladi. Buning natijasida:

    • rapiralarga minimum zarb kuchi berilishi;

    • arqoq ipi chiqindisi kam bo'lishi;

    • arqoq tashlash tezligini rostlash imkoniyati va yuqori samaradorlik kabi afzalliklarga ega bo'ladi.


3.39-rasm. SMITH egiluvchan rapirali to'kuv dastgohida rapiraga harakat uzatish


3.40-rasmda Somet Super Excel egiluvchan rapirali to'kuv dastgohida ra- piraga harakat uzatish keltirilgan. Bu dastgohda rapiralarga harakat pozitiv ku- lachok yordamida beriladi. Pozitiv kulachokni maxsus profilli qilib tayyorlanadi, natijada o'rta holat miqdori, jipslashtirish burchagi va boshqa omillarni elektron nazorat qilish va boshqarish imkoniyatini beradi.

3.40-rasm. Somet Super Excel egiluvchan rapirali to'kuv dastgohida rapiraga harakat uzatish


1- bosh val, 2,3- kulachoklar, 4- rolik, 5- val, 6- ko'ndalang val, 7- tishli g'ildirak,
8- uzatish vali, 9- shatun, 10- egiluvchan rapira, 11- rolik, 12-batan ostki vali.
3.41-rasmda Picanol Gamma egiluvchan rapirali to'kuv dastgohida rapiraga harakat uzatish keltirilgan. Bu dastgohda rapiralarga harakat pozitiv kulachok yordamida beriladi. Bu mexanizmda chap rapira arqoq ipini olayotgan paytda un- ing tezligi past bo'lishi ta'minlangan. Tezlikni past bo'lishi arqoq ipini ishonchli olish ehtimoli yuqori bo'ladi.Arqoq ipini boshlang'ich tarangligi arqoq tashlash mobaynida ham doimiy qoladi. Arqoq ipi xomuzaga tashlangandan so'ng rapiradan ipni bo'shatish jarayonidan oldinroq rapira tezligi sekinlashtiriladi, bu holat arqoq ipini uzilishlarini kamaytiradi. Bunday mexanizmdan foydalanish arqoq ipi uzilish- larini kamaytirib, ishlab chiqarilayotgan to'qima sifatini oshishini ta'minlaydi.

3.41-rasm. Picanol Gamma egiluvchan rapirali to'kuv dastgohida rapiraga harakat uzatish


Germaniyaning «Dornier» firmasi ko'p yillardan beri ikki tomondan hara- katlanuvchi qattiq rapirali dastgohlarni ishlab chiqaradi. Bunda arqoq ipi ochiq homuzada tashlanadi. Boshqariladigan rapiralarning yuritmasi qo'shaloq ku- lachoklardan harakatlanadi. Dastgoh paxta, jun, kimyoviy tola; elementar va metall iplardan shisha tola, sim, asbest, uglerod tolali iplardan mebelbop, dekora- tiv, kiyimbop, astarbop, texnik, parashyut va boshqa to'qimalarni ishlab chiqarish uchun mo'ljallangan.
Firma ishlari dastgohlarning unumdorligi va ishonchliligi, tanda va arqoq bo'yicha uzilishlarni bartarab etishda to'xtash vaqtini kamaytirishga qaratilgan. Bundan tashqari firma halqa tukli to'qimalar uchun dastgohlarni ishlab chiqaradi.
3.42-rasmda Dornier qattiq rapirali to'kuv dastgohida arqoq tashlash sxe- masi keltirilgan. Ip arqoq bobinasidan 1 chuvalib chiqib, arqoq tormozi 2, arqoq to'xtatgich 3, ip to'plagichlardan o'tib 4 chap rapiraga 5 beriladi. Rapira harakatlana borib, arqoq ipini o'ng rapira 7 ga uzatiladi va xomuza bo'ylab tashlanadi.

3.42-rasm. Dornier qattiq rapirali to'kuv dastgohida arqoq tashlash


1-arqoq bobinasi, 2-arqoq tormozi, 3- elektron arqoq to'xtatgich, 4-ip to'plagich, 5- chap rapira boshchasi, 6-qaychi, 7- o'ng rapira boshchasi.
3.43-rasm. Dornier qattiq rapirali to'kuv dastgohida rapiraga harakat uzatish sxemasi keltirilgan. Bu erda tebranma harakat valdan (A) richag (V) orqali polzunga (S) uzatiladi. Polzun (S) o'qda qisqichli plastinalar (J) bilan mahkam- langan shakldor richag (D), sektor (F), tishli g'ildirak (G) va rapiraga harakat beri- ladi.

3.43-rasm. Dornier dastgohi qattiq rapirasiga harakat uzatish
A-val, B-richag, C-polzun, D-richag, E-val, F-sektor, G-gildirak, H-tishli g'ildirak, J-qisqich plastinalari, H-rapira.
Mokisiz dastgohlar ichida bu guruh ishlab chiqaruvchi firmalar soni bo'yicha hamda xilma-xilligi bo'yicha eng katta hisoblanadi. Bunday dastgohlar quyidagi afzalliklarga ega:

  • o'zining sodda konstruktsiyasiga qaramay, bu dastgohlarda turli chiziqiy zichlik va tola turidagi to'qimalar ishlab chiqarish mumkin;

  • yuqori unumdorlikka ega – 1500 m arqoq/min;

  • ko'p rangli arqoq ishlatilishi, bunda rang ko'pligi dastgoh tezligiga ta'sir qilmaydi;

  • shoda ko'taruvchi karetkalar va jakkard mashinalarining oson o'rnatilishi;

  • universalligi va energiyaning kam sarflashi.

  • yuqori samaradorligi

  • universalligi - (paxta, jun, kimyoviy iplar, yakka va eshilgan iplar, qattiq tolali iplar (kanop, zigir, penka, rami), metall va shishali iplarni qayta ishlash;

  • nafis, engil to'qimalar, mebelbop, og'ir texnik to'qimalar ishlab chiqarish imkoniyatiga egaligi;

  • 4-16 xil rangli arqoq ipi bilan ishlash imkoniyati.

Zamonaviy rapirali dastgohlar shakldor va elementar iplarni qayta ishlashda, mebelbop va dekorativ gazlama ishlab chiqarishda, plyush, velvet, halqa tukli va texnik to'qimalarni ishlab chiqarishda qo'llaniladi. Barcha turdagi homuza hosil qi- lish mexanizmlari va 12 tadan ko'p rangli asboblar hamda zamonaviy nazorat va boshqarish tizimlari bilan jihozlanishi mumkin.

        1. Download 12,1 Mb.

          Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish