Berilgan masalalarni ularga yaqin bo’lgan turdagi masalalarga almashtirish
Bir-biriga yaqin turdagi masalalar jumlasiga miqdorlar bir xil bog’liqlik bilan bog’langan masalalar kiradi.
Masalan to’rtinchi proportsional topishga doir, proportsional bo’lishga va ikki ayirmaga ko’ra noma’lum sonlarni topishga doir masalalar bo’ladi, chunki ularda miqdorlar proportsional bog’liqlik bilan bog’langan.
Bir masalani unga yaqin bo’lgan masalaga kattaliklarning sonli qiymatlari ustida arifmetik amallarni bajarish natijasida almashtirish mumkin.
Bir-biriga yaqin turdagi masalalarning yechish usullarini bunday almashtirish va taqqoslash natijasida bolalarni bunday masalalarni yechish usullarini umumlashtirishga olib keladi.
Ko’paytirish va bo’lish amallarining hadlari va natijalari o’rtasidagi bog’liqlikni ko'rib chiqish hamda «noma’lum ko'paytuvchini, bo’luvchini, bo’linuvchini, topish haqida» qoidalarni ta’riflash oddiy tenglamalarni yechishda amaliy qo’llanishini bildiradi. Ko'paytma va boshqa ko’paytuvchi bo’yicha ko'paytuvchini topish ko’paytirish jadvali bilan bir vaqtda tuziladigan va u bilan uzviy bog’langan bo’lish jadvalini tuzishda ham qo’llaniladi.
Topshiriqlar.
306. «Noma’lum ko’paytuvchini topish» mavzusi bo'yicha darsning asosiy didaktik maqsadini aniqlang.
Berilgan darsning turli variantlarini ko’rib chiqing va har birini baholang. Qaysi variantni eng aniq va to'g’ri, deb hisoblash mumkin?
I-variant.
O’qituvchi «Matematika –2» darsligi bilan ishni tashkil qildi. U bolalarga topshiriq berdi: «Rasmlarni va ularga tegishli bo’lgan tengliklarni ko’rib chiqing. Har bir tenglik nimani ifodalaydi? Siz nimani sezdingiz? Ikkinchi tenglikni birinchi tenglik bilan taqqoslang». Ikkinchi va uchunchi rasmlarni ko'rib chiqshda shunga o'xshash savollar keltiriladi. Bundan keyin qoidaga ta’rif beriladi.
II- variant Doskada rasm.
O’qituvchi rasm bo'yicha o’quvchilarga misollar tuzushni (bittasi ko’paytirishga, ikkinchisi bo'lishga) va ularni yechishni taklif qiladi. O’quvchilar daftarlarga quyidagi yozuvlarni yozadilar:
4x2=8 8:2=4 8:4=2
Shunga o'xshash ish yana ikkita rasm bo’yicha olib boriladi. Bundan keyin qoidaga ta’rif beriladi.
Doskada rasm. O’qituvchi berilgan rasm bo’yicha ko’paytirishga doir masala tuzishni va uni yechishni taklif qiladi. (Yozuv: 4x2=8).
Keyin rasm o'zgartiriladi. Berilgan rasm bo'yicha bo’lishga doir masala tuzish va uni yechish taklif qilinadi. (8:2=4). Keyin 8:4=2 yechilishi bo’yicha bo’lishga doir masala tuziladi.
4x2=8, 8:2=4, 8:4=2 yozilgan tengliklar taqqoslanadi. Xulosa chiqariladi.
307. O'qituvchi o’quvchilarga quyidagi topshiriqlarni qanday maqsadda beradi? Har bir topshiriqni bajarish metodikasini tushuntiring.
1. Namuna bo'yicha misollar yeching:
8x2=16 7x3=21 6x4=24
16:8= ……... ………
16:2= ……… ………
2. Jadvalni to’ldiring:
3. Ko’paytirishga doir misoldan bo'lishga doir 2 ta misol tuzing:
8x3= 5x4=
4. Noma’lum ko’paytuvchini toping: X x 5 = 25
308. Quyidagi topshiriqlarni bajarishda o'quvchilarning mumkin bo’lgan fikrlashlarini keltiring: «Ko'paytirishga doir yechilgan misollardan foydalanib, bo'lishga doir misollarni yeching: 42:7, 56:8, 36:4, 48:8; 8x6=48, 9x4=36, 7x6=42, 8x7=56».
«Ko’paytirish va bo’lish» mavzusini o'rganishning qaysi bosqichida o’quvchilar berilgan topshiriqni bajara oladilar? «Matematika – 2» darligida o’quvchilarga xuddi shu maqsadda berish mumkin bo’lgan topshiriqlarni toping.
309. «Matematika – 2» darsligida berilgan rasmlardan foydalanib, «Noma’lum bo'linuvchi va bo’luvchini topish» mavzusi bo'yicha darsda yangi materialni tushuntirishning lavhasini keltiring.
310. Ko'paytirish va bo'lish amallarining hadlari va natijalari o’rtasidagi bog’liqlikka doir bilimlarni mustahkamlovchi 3 ta o’zaro teskari masala tuzing.
311. Quyidagi yozuvlarga topshiriq tuzing:
8:4= 6:3= 9:3= 10:5=
4x2=8 3x2=6 3x3=9 5x2=10
Bu topshiriqni bajarishda o'quvchilar qanday fikrlashlari mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |