Microsoft Word бми р. С 2016 (лотин)


BOB. AHOLI TURMUSH DARAJASINI O‘RGANISHNING



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/31
Sana30.12.2021
Hajmi0,61 Mb.
#194758
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi u

1.BOB. AHOLI TURMUSH DARAJASINI O‘RGANISHNING 

NAZARIY ASOSLARI 

 

1.1.Aholining turmush darajasi mazmun- mohiyati va uni tavsiflovchi 



ko‘rsatkichlar. 

 

Mustaqil  O‘zbekistonning  ilk  kunlaridan  beri  izchil  va  oqilona  olib 



borilanayotgan keng qamrovli  islohot tadbirlarning zaminida asosiy  va  yagona bir 

maqsad  yotibdi  -  xalqimizning  hayot  darajasi  va  sifatini  yuksaltirishdir. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimovning  mamlakatimizni  2015  

yilda    ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  yakunlari  va  2016  yilga  mo‘ljallangan 

iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan O‘zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2016  yil  15  yanvar  kuni  bo‘lib  o‘tgan 

majlisidagi  ma’ruzasida    davlatimiz  va  jamiyatimiz  uchun  muhim  bo‘lgan 

yo‘nalishlari va ustuvor vazifalari belgilandi. Ular orasida aholining hayot darajasi 

va sifatini izchil oshirilishini ta’minlash ana shunday yo‘nalish va vazifalardan biri 

ekanligi ta’kidlandi

2



Aholi  turmush  darajasi  deganda    aholi  farovonligi,  ne’matlar  va  xizmatlar 



iste’molining  darajasi,  insonlarning  asosiy  hayotiy  ehtiyojlarini  qondirish 

me’yorini tavsiflovchi sharoitlar va ko‘rsatkichlar majmui tushuniladi. 

Aholi  turmush  darajasi  murakkab  iqtisodiy  kategoriya  bo‘lib,  u  biron-bir 

alohida  ko‘rsatkich  bilan  ifodalanmaydi.  Shu  sababli  BMTning  Statistika 

komissiyasi quyidagi ko‘rsatkichlarni tavsiya etadi: 

Ø 

 aholining  demografik  tavsifi  (tug‘ilish,  vafot  etish,  kasal  bo‘lish, 



kelajakda ko‘radigan umrining o‘rtacha uzunligi); 

Ø 

 sanitariya-gigiena sharoitlari; 



Ø 

 oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish darajasi; 

Ø 

 uy-joy  hamda  uzoq  muddat  davomida  foydalaniluvchi  jihozlar 



(avtomobil, muzlatgich, televizor va hokazo) bilan ta’minlanganlik; 

                                                        

2

Karimov  I.A.  Mamlakatimizni  2015  yilda  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish    yakunlari  va  2016 



yilga  mo'ljallangan  iqtisodiy  dasturning  eng  muhim  ustuvor  yo'nalishlariga    bag'ishlangan 

Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi. – “Xalq so'zi” gazetasi, 2016 yil 16 yanvar. 




 

Ø 



 ta’lim va madaniyat; 

Ø 

 bandlik va mehnat sharoitlari; 



Ø 

 aholining daromad va xarajatlari; 

Ø 

 yashash qiymati va iste’mol narxlari; 



Ø 

 transport vositalari; 

Ø 

 dam olish, fizkultura va sportni tashkil qilish; 



Ø 

 ijtimoiy ta’minot; 

Ø 

 insonning erkinligi. 



Turmush darajasini umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlardan biri sifatida aholi jon 

boshiga  milliy  daromad  ishlab  chiqarilishi  (AQSh  dollari  yoki  Yevroda) 

qo‘llaniladi.  Biroq  faqat  bu  boradagi  ko‘rsatkichlarning  o‘zi  turmush  tarzi  haqida 

yetarlicha ma’lumot bera olmaydi. Shu sababli undan xalqaro taqqoslashlarda juda 

ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak. 

Turli  mamlakatlarning  statistika  amaliyotida  aholining  turmush  tarzini 

o‘rganish uchun ko‘pincha quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi: 

n nominal va real ish haqi; 

n aholining nominal va real daromadlari; 

n aholi xarajatlari va jamuarmalari; 

n  aholining  uy-joy  va  uzoq  muddat  foydalaniladigan  jihozlar  bilan 

ta’minlanganligi; 

n oziq-ovqat  va  nooziq-ovqat  mahsulotlarining  eng  zarur  turlarini  iste’mol 

qilishi darajasi; 

n bandlik va ishsizlik darajasi; 

n mehnat sharoitlari ko‘rsatkichlari; 

n ta’lim,  sog‘liqni  saqlash,  jismoniy  tarbiya  va  sport,  turizm  va  dam 

olish ko‘rsatkichlari. 

Ulardan eng muhimlarini ko‘rib chiqamiz. 

Oylik  ish  haqi  shartnoma  asosida  yollanib  ishlovchi  shaxslarning  daromadi  

bo‘lib,  ishlab  berilgan  va  ishlab  berilmagan  vaqt  uchun  barcha  pul  va  natura 



 

ko‘rinishidagi to‘lovlarni o‘z ichiga oladi. Ishlab berilgan vaqt uchun to‘lanadigan 



haq quyidagilardan iborat: 

Ø 

normal ish vaqti uchun to‘lanadigan haq; 



Ø 

dam  olish  va  bayram  kunlaridagi  hamda  qo‘shimcha  ish  uchun 

to‘lanadigan haq; 

Ø 

akkord haq to‘lanishi; 



Ø 

komission to‘lovlar; 

Ø turli  xil  qo‘shimcha  to‘lovlar  (staj  uchun,  brigadani  boshqargani 

uchun;  o‘quvchilarni  o‘rgatgani  uchun,  malakasi  uchun).  Indeksatsiya 

to‘lovlari  va  zararli  sharoitlardagi  mehnat  uchun  qo‘shimcha  to‘lovlar  ham 

shu turkumga kiradi. 

Ishdan  tashqari  vaqt  uchun  to‘lovlar  mehnat  ta’tili,  bayramlar,  mavsumiy 

mukofotlar  va  foydadagi  ulushdan  iborat  bo‘ladi.  Ijtimoiy  sug‘urta  va  nafaqa 

fondlariga  to‘lovlar,  moddiy  yordam,  ish  tashlaganlarning  vaqti  to‘lovi, 

korxonadan  ketganda  (armiyaga,  nafaqaga  va  hokazo)  beriluvchi  bir  martalik 

to‘lovlar  ish  haqi  tarkibiga  kirmaydi.  Shu  bilan  birga  xodimlarga  korxona 

tomonidan  oilalarga  beriluvchi  moddiy  yordam  va  uy-joy  ijarasi  uchun  to‘lovlar 

ish haqi tarkibiga kiradi. 

Ish haqi ikki variantda hisoblanadi: 

1. Yalpi (soliq va boshqa majburiy to‘lovlar to‘languncha), 

2. Sof (soliq va boshqa to‘lovlardan so‘ng qo‘lga teguvchi). 

Xalqaro statistikada o‘rtacha ish haqi bir ishchiga emas, balki bir odam-soatga 

nisbatan  hisoblanadi.  Bu jahonning ko‘p mamlakatlarida  ishchilarning katta qismi 

to‘liqsiz ish vaqti bilan band ekanligi bilan izohlanadi. 

Aholining  daromadlari  ish  haqidan  tashqari  boshqa  manbalardan  olingan  

barcha  pul  va  natural  ko‘rinishdagi  daromadlarni  o‘z  ichiga  oladi.  Ularga 

quyidagilar mansub : 

1.  Ish  haqi  shaklida  bo‘lmagan  mashg‘ulotlardan  olinadigan  daromadlar  ( 

qalam  haqi,  shaxsiy  tomorqa  xo‘jaligidan  olingan  daromad,  yakka  tarzda  mehnat 

faoliyatini yuritish tufayli olingan daromad). 



10 

 

2.  Korxonalardan  beriladigan  ish  haqi  shaklida  bo‘lmagan  daromad  (moddiy 



yordam, korxonadan ketganda to‘lanuvchi pul va hokazo). 

3. Nafaqalar, stipendiyalar, kompensatsiya va tovon to‘lovlari. 

4. Xususiy mulkdan olingan daromad (foiz, renta, dividend, ijaraga berishdan 

tushgan daromad va hokazo). 

5. Yutuqlar, meros, sovg‘a, sug‘urta to‘lovlari. 

6. Nolegal  va  yashirin  faoliyat  tufayli olingan daromad; chet eldan olinuvchi 

daromad  (oylik  ish  haqi,  nafaqa,  stipendiya,  grantlarni  o‘tkazish;  insonparvarlik 

yordami va hokazo ). 

Ish  haqi  ham,  aholining  daromadlari  ham  ikki  hil  variantda  aniqlanishi 

mumkin: 


1. Nominal sifatida. 

2. Real tarzda. 

Nominal  ish  haqi    va  nominal  daromadlar  bu  ko‘rsatkichlarning  joriy 

narxlarda  aks  ettirilishidir.  Real  ish  haqi  va  real  daromadlar  o‘z  ish  haqi  va 

daromadlariga sotib olish mumkin bo‘lgan moddiy ne’mat va xizmatlar summasini 

tavsiflaydi.  Real  va  nominal  daromad  (ish  haqi)  o‘rtasida  quyidagicha  aloqalar 

mavjud:   

 


Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish