XULOSA VA TAKLIFLAR
Mamlaktimiz taraqqiyotini pirovard maqsadi ozod va obod Vatan, erkin va
farovon hayot kechirishga qaratilgan ekan, demak, iqtisodiy ko‘rsatkichlar faqat
o‘rtacha ish haqi yoki boshqa o‘rtacha ko‘rsatkichlar bilan emas, balki har bir
shaxs, fuqaroning farovonligi bilan belgilanadi.
Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, kichik tadbirkorlikni
rivojlantirish, o‘tkazilayotgan chuqur tub islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri
hisoblanadi. Bu esa iqtisodiy raqobatni rivojlanishini, iste’mol bozorini tovarlar va
hizmat turlari bilan to‘ldirishni, shuningdek, kichik biznes korxonalarini va
tadbirkorlikning keng qatlamini yaratishni taqozo etadi.
Kichik biznesni rivojlantirish mamlakat iqtisodiyotini yuksaltiribgina
qolmasdan, oila farovonligini ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Oila
farovonligini manbai bozor munosabatlari sharoitida tubdan o‘zgardi. Chunki,
oldin oila daromadi asosan ish haqidan tarkib topgan bo‘lsa, endilikda bu manba
biznesga asoslangan oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi lozimligini hayot
taqozo qilmoqda. Ammo, shuni alohida ta’kidlash joizki, aholining, ayniqsa
oilalarning turmush sharoitini, ya’ni farovonligini ifodalash uchun tegishli
ko‘rsatkichlar yoki ularni aniqlovchi usullar mamlakatimiz olimlari tomonidan
hamon ishlab chiqilmoqda.
1.
Bizning fikrimizcha, iqtisodiyotni modernizatsiyalash va mamlakatni
isloh qilish sharoitida ustuvor vazifa aholini ish bilan ta’minlashni yanada
yaxshilash va farovonligini oshirishning eng muhim yo‘nalishi sifatida KBXT,
xizmat ko‘rsatish va kasanachilik sohalarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishni
rag‘batlantirishdan iborat.
2. Mehnat bozori va aholining optimal bandligini ta’minlash, turmush
farovonligini uzluksiz o‘sib borishini ta’minlash maqsadida hamda O‘zbekiston
Respublikasining tegishli qonunlaridan kelib chiqqan holda, mamlakatimiz
mintaqalaridagi maxalliy hokimliklarning vazifalari quyidagilardan iborat bo‘lishi
56
lozim:
· aholini ish bilan ta’minlash va turmush farovonligini oshirib borish
sohasidagi davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish;
· aholini ish bilan bandligini ta’minlash va farovonligini oshirish yuzasidan
xududuiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
· mehnat bozorining barqarorligiin ta’minlashga ko‘maklashuvchi chora
tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
3. Fikrimizcha, joylarda aholini ish bilan ta’minlash va turmush farovonligini
oshirishning hududiy dasturining vazifalarini quyidagilar bo‘lmog‘i kerak:
· mehnat bozorini tartibga solish;
· aholining iqtisodiy faolligini oshirib borish;
· mehnat resurslaridan unumli foydalanish;
· ishsizlik darajasining yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan me’yorlardan oshib
ketishini oldini olish;
· turli mulkchilik shakllari va tarmoqlar bo‘yicha ish joylari yaratish sur’atlari
va hajmlarini ta’minlash;
· ish bilan bandlar va ishsizlarning ijtimoiy muhofazasi kilish.
4. Aholi turmush farovonligi va bandligini oshirishning hududiy dasturlarini
ishlab chiqishda ma’lumot manbalari sifatida quyida keltirilgan manbalar xizmat
qiladi:
· Ishsiz fuqarolar monitoringi
· aholi soni demografik prognozlari
· Xududdagi infratuzilma
· Ish o‘rinlari tashkil etish uchun bino, inshootlarni mavjudligi
· Sotish bozorlarining kengayishi
· Yangi ish o‘rinlarini tashkil etishning moliyaviy imkoniyatlari
· Maxalliy xokimlikning va boshqa davlat idoralarining imkoniyatlari
5. Aholini ish bilan ta’minlash va turmush farovonligini oshirish hududiy
dasturlarining asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilarni taklif etamiz:
57
· Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish;
· Uy mehnati va yirik sanoat korxonalar bilan kasanachilik xizmatlarini
rivojlantirish
· Xizmat ko‘rsatish va servis sohalarini yanada jadal rivojlantirish
· Yangi ishlab chiqarish ob’ektlarini ishga tushirish va mavjud quvvatlaridan
unumli foydalanish, korxonalarni kengaytirish hisobiga ish o‘rinlarini ko‘paytirish;
· Bozor va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish
Hozirgi paytda oilalar daromadining ikkidan bir qismi tadbirkorlik evaziga
paydo bo‘lmoqda. Kelajakda oila ehtiyojining 60 % ni shu yo‘l bilan qoplanishiga
erishish lozim.
Bu bizning mamlakatimiz uchun o‘ta muhimdir. Chunki, Yevropa
mamlkkatlarida bir ishlovchiga 0,7 kishi mehnat yoshiga yetmagan bolalar va
nafaqadagi qariyalar to‘g‘ri kelsa, bu ko‘rsatkich bizda 2,7 kishini tashkil qiladi.
Tabiiyki, bunday sharoitda faqat oylik maosh bilan oilaning ehtiyojini to‘liq
ta’minlab bo‘lmaydi. Shu tufayli, kelajakda har bir oilaning farovonligini
ta’minlash uchun oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadga muvofiqdir.
Xulosa o`rnida ishonch bilan aytish mumkinki kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik o`sishi bilan biz mamlakatimizda tayanchimiz bo`lgan mulkdorlar
o`rta sinfini shakllantirish vazifasini bevosita hal qilishga erishamiz. Kichik biznes
va xususiy tadbirkorlik aholi bandligini ta’minlaydigan va uning asosiy daromad
manbai bo`lgan muhim bo`g`inga aylanadi. Iqtisodiyotni izchil rivojlantirishning
eng muhim omili, jamiyatimiz ijtimoiy va siyosiy barqarorligining kafolati,
mamlakatimizni taraqqiyot yo`lidan olg`a yetaklaydigan faol harakatlanuvchi
kuchi sifatida amal qiladi.
58
Do'stlaringiz bilan baham: |