Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Bugungi kunda aholi turmush
darajasini va farovonligini yanada oshirish muammolariga, shuningdek, davlat
tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy siyosatining mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy
barqarorligiga
hamda
aholi
faravonligini
o‘sishga
ta’sirini
o‘rganish
muammolariga bag‘ishlangan ko‘plab ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Mamlakatimizda ijtimoiy himoya tizimi va siyosatining iqtisodiy barqarorlik,
aholi faravonligiga va aholi daromadlarini shakllanishiga ta’siri ilmiy qiziqish
predmeti bo‘lib kelmoqda. Mazkur masalalar Respublikamiz olimlaridan
Abdurahmanov Q.H., Umrzoqov B., O‘lmasov A. va Sharifxo‘jaev M. kabilarning
ilmiy-tadqiqot ishlarida yoritib berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |