Microsoft Word бми р. С 2016 (лотин)


 Aholi bandligi va turmush farovonligini oshirishda kichik biznes va



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/31
Sana30.12.2021
Hajmi0,61 Mb.
#194758
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi u

2.2. Aholi bandligi va turmush farovonligini oshirishda kichik biznes va 

xususiy tadbirkorlikning o‘rni. 

 

O‘zbekistonda  amalga  oshirilayotgan  tub  islohotlar  maqsadi  inson  va  uning 

manfaatlari,  farovonligini  ta’minlash  hamda  insonni  har  tomonlama  kamolga 

yetkazishga  qaratilgandir.  Bu  maqsad  birinchi  marta  1990  yil  5  iyunda 

Prezidentimiz  I.  Karimov  tomonidan  «O‘tmishdan  saboq  chiqarib,  kelajakka 

ishonch  bilan»  deb  nomlangan  ma’ruzasida  «biz  butun  iqtisodiyotga  ijtimoiy 

yo‘nalish  baxsh  etishni,  uni  insonga,  uning  talab  va  ehtiyojlarini  qondirishga 

qaratishni o‘zimizning asosiy vazifamiz deb bilamiz» - deb baralla aytilgan. 

Iqtisodiyotning va xizmatlar sohasining barqaror yuqori o‘sish sur’atlari aholi 

daromadlarini, insonlar turmush darajasi va sifatini oshirish uchun mustahkam asos 

yaratdi.  Byudjet  tashkilotlari  xodimlarining  ish  haqi,  pensiya  va  stipendiyalar 

miqdori  21,9  foizga,  aholi  jon  boshiga  jami  real  daromadlar  esa  9,6  foizga  oshdi. 

Tadbirkorlik  faoliyatidan  daromadlar  ulushi  2010  yildagi  47,1  foizga  qaraganda 

2015 yilda 52 foizga oshdi. 980 mingtadan ortiq ish o‘rinlari tashkil etildi, ulardan 

60 foizdan ziyodi qishloq joylardadir, kasb-hunar kollejlarining 480 mingdan ortiq 

bitiruvchilari  ishga  joylashtirildi.  “Keksalarni  e’zozlash  yili”  Davlat  dasturining 

barcha  tadbirlarini  amalga  oshirish  ta’minlandi.  Davlat  dasturi  tadbirlarini 

moliyalashtirishga  barcha  manbalar  hisobidan  2  trillion  246  milliard  so‘m  va  225 

million dollardan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi.  

Mamlakatimizda kichik biznes  va  xususiy  tadbirkorlik davlat  va jamiyatimiz 

rivojida  alohida  o‘rin  egallaydi.  Bugungi  kunda  biz  bu  sohani  rivojlantirmasdan 

turib iqtisodiyotimizning kelajagini ta’minlay olmaymiz. Kichik biznes va xususiy 

tadbirkorlik  sohasi  ichki  bozorimizni  raqobatdosh  va  sifatli  mahsulotlar  bilan 

to‘ldirishda, aholini ish bilan ta’minlash va shu asnoda ularning munosib daromad 

topishi,  farovonligining  oshib  borishiga  erishishda  eng  asosiy  omillardan  biri 

hisoblanadi hamda jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy tayanchi va poydevori bo‘lgan 

mulkdorlar  sinfining,  ya’ni  o‘rta  sinfning  shakllanishi  va  mustahkamlanishini 

ta’minlaydi.  Shuningdek,  bu  soha  hozirda  jamiyatimizdagi  ijtimoiy  va  siyosiy 




43 

 

barqarorlikning  kafolati  va  tayanchiga,  yurtimizni  taraqqiyot  yo‘lidan  faol 



harakatlantiradigan kuchga aylanib bormoqda.  

Kichik  biznes  sohasining  iqtisodiyotdagi  ahamiyati  uning  iqtisodiyotda 

raqobat  muhitini  ta’minlash,  yirik  korxonalar  uchun  mahsulot  va  xizmatlar 

yetkazib  berish,  yangi  ish  o‘rinlarini  yaratish  va  ikkilamchi  bandlikni  ta’minlash, 

bozor  tizimining  moslashuvchanligini  oshirish,  ilmiy-texnikaviy  taraqqiyotni 

jadallashtirish,  resurslarni  ishlab  chiqarishga  safarbar  etish,  soliq  tushumlari 

hajmining o‘sishini ta’minlash, aholi daromadlari darajasini barqarorlashtirish kabi 

omillar bilan belgilanadi.  

So‘nggi  yillarda  kichik  biznes  sub’ektlarining  mamlakatimizda  yangi  ish 

o‘rinlarini  tashkil  qilish,  aholi  daromadlari  va  farovonligini  oshirishning  muhim 

omili sifatidagi natijalari salmoqli bo‘lib bormoqda (2.2.1-jadval).  


Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish